Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT XAVFSIZLIGI VA YOSHLAR IJTIMOIY PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMLARI VA ULARNING TA'SIRI
MEXANIZMLARI VAULARNING TA'SIRI · Choriyeva Ruqiya Ikromovna
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Mazkur maqola axborot xavfsizligi va yoshlar ijtimoiy psixologik himoya mexanizmlarining ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqotda yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashning psixologik va ijtimoiy jihatlari, zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash va internetning tarqalishi bilan yuzaga keladigan xavflar tahlil qilinadi. Maqolada axborot xavfsizligini ta’minlashda yoshlarni himoya qilishning muhim psixologik va ijtimoiy mexanizmlari, ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, shuningdek, yoshlarning onlayn muhitda xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik yondoshuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada axborot xavfsizligi va ijtimoiy psixologik himoya mexanizmlarining ta’sirini tahlil qilish orqali yoshlar orasida ma’lumotlarni himoya qilish, ularning ongini shakllantirish va xavfsizonlayn faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlabchiqilgan. Maqola axborot xavfsizligi sohasidagi zamonaviy muammolarni hal qilishda ijtimoiy va psixologik yondoshuvlarni yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: Axborot xavfsizligi, yoshlar, psixologik himoya, ijtimoiy himoya, onlayn xavfsizlik, psixologik mexanizmlar, ijtimoiy omillar, internet xavf-xatarlari, xavfsiz xulq, texnologiyalar, o'zinihimoya qilish,onlayn muhit, ta’sir, rivojlanish, psixologik yondoshuv Sir emaski, jahonda globallashuv jarayoni tobora shiddatli tus olayotgan, dunyo mamlakatlarining inson manfaatlariga xizmat qiladigan tom ma’nodagi demokratik yo‘lni tanlab olishga bo‘lgan intilishlari kuchaygan bir sharoitda axborotning roli kun sayin ortib bormoqda.Bugungi kunda ishlab chiqarish rivojini axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zamonaviy axborot tizimi kompyuter va axborot tizimi, mahalliy va global tarmoqlar, internet tarmog‘i, multimediali texnologiyalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ular jamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Insoniyat axborotlashuv sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, axborotlashgan jamiyatda yashamoqdamiz. Xo’sh, ayni damda ushbu shiddat bilan kechayotgan jarayonning inson psixikasiga ta’siri qanday? degan savol tug’iladi. Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda -ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzliknimaqsad qilgan esabuningtamomilaaksidir. Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi yoshlar ongi, psixikasi hamda ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Dunyoda axborot almashinuvining o'sishi bilan yoshlar madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar ham insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan yot g’oyalar, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm kabi tushunchalar bilan zaharlovchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga aylanmoqda. Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi 815 globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan «ommaviy madaniyat» niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lmoqda. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar. «Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola axborot xavfsizligi va yoshlar ijtimoiy psixologik himoya mexanizmlarining ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola axborot xavfsizligi va yoshlar ijtimoiy psixologik himoya mexanizmlarining ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik himoya, o'zini himoya qilish, yoshlar, Axborot xavfsizligi, internet xavf-xatarlari, rivojlanish, ijtimoiy omillar, onlayn xavfsizlik, onlayn muhit, ijtimoiy himoya, texnologiyalar, ta’sir, xavfsiz xulq, psixologik yondoshuv, psixologik mexanizmlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014