Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY AHAMIYATI
FOYDALANISHNING NAZARIY AHAMIYATI · Qazaqova SarvinozJahongirqizi
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda ona tili fanida qo`llaniladigan va o`quvchilarni faolligini oshiradigan metodlar, didaktik materiallar vaenerjayzerlar aks ettirilgan. Kalitso’zlar: Interfaol metod,ta’limmetodlari ,pedagogika,sxema,Blum Mamlakatimizda ta‘lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni , ularda yangi bilim va ko‗nikmalarini shakllantirishni, o‘z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida ona tili fanini o‘qitish metodikasiga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy vazifalardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, fikrini himoya qila olish , sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, tafakkuri rivojlanib boradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini ta’minlashga, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy baxs munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi,kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi- o’quvchilarning muloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, jamoa tarkibida ishlashga, o’quvchilar orasida emotsional aloqalar o’rnatishiga yordam beradi, o’z o’rtoqlarining fikrini tinglashga o’rgatadi va shu orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B. Blum bilish va emotsional sohalardagi pedogogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. U Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. Qo’llash – darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalananish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, hal etish. 746 Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Bilish – dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish,mustahkamlay olish,taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tavsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish,qaytatuzish, yoritib berish, sharhlash,oydinlashtirish. Tahlil - darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash. Umumlashtirish – darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, bir necha sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish,yaratish, tuzish,loyihalash. Baholash – darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Shu o`rinda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda ona tili fanida qo`llaniladigan va o`quvchilarni faolligini oshiradigan metodlar, didaktik materiallar vaenerjayzerlar aks ettirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang`ich sinflarda ona tili fanida qo`llaniladigan va o`quvchilarni faolligini oshiradigan metodlar, didaktik materiallar vaenerjayzerlar aks ettirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim metodlari, pedagogika, Interfaol metod, Blum, sxema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026