Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI
Karimova Go‘zal Ibragimovna · Toshkentshahar Shayxontohur tumani
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kompetensiyaviy yondashuvlarni rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan. Kalitso‘zlar: boshlang‘ich ta’lim,kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik aspekt. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, qulayliklar yaratilmoqda. Ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganinig guvohimiz. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga berilayotgan e’tibor, pedagoglarni o‘z ustida doimiy ravishda ishlashi, ta’lim sohasiga innovatsion g‘oyalarni tadbiq etishi, kelajagimiz egalarini munosib tarbiyalash, ta’lim va tarbiya berish samaradorligini yanada oshirish, ma’nan yetuk va komil insonni tarbiyalash bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Shuning uchun ham “Pedagogika” fani dunyoviy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Pedagogika tushunchasini A. Avloniy “bola tarbiyasining fani” deb atagan. Pedagogik kompetentlik atamaning quyidagi ma’nolari mavjud. “Kompetentlik” ingliz tilida “competence” so‘zidan olingan bo‘lib, “qobiliyat” ma’nosini anglatadi. Kompetentlik bo‘lajak kasb egasi tomonidan egallanadigan va o‘z faoliyatida qo‘llaniladigan nazariy bilimlardan unumli foydalanish demakdir. Ya’ni yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahoratni iqtidorli namoyon eta olish tushunchasi bilan izohlanadi. Kompetentlik tizimida kasbiy kompetentlik asosiy metodologik hodisa bo‘lib, mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinish demakdir. Kompetensiyalar faoliyatning samarali bajarilishini ta’minlaydigan harakatlarning umumlashtirilgan usullari. Bu insonningo‘z malakasini amalda qo‘llash qobiliyatidir. Zamonaviy pedagogikada mutaxassislarni tayyorlash uchun turli xil yondashuvlar ma’lum. Ular orasida taniqlilari fanlararo yondashuv, ma’lumotli yondashuv, tizimli yondashuv, faoliyatli yondashuv sanalib, yaqin orada paydo bo‘lgan yangi vaziyatli yondashuvi, axborot, konseptual, ergonomik yondashuvlarham mavjud. Pedagogikada kompetensiyaga asoslangan yondashuv tushunchasi XX-asrning 80-yillarida “Perspektivlar” deb nomlangan jurnalda ilk bor tilga olingan. V.D. Landsherning mazkur mavzuda “Minimal vakolat” konsepsiyasi nomli maqolasi yozib, yondashuvlar haqida ma’lumot beradi. Dastlab yondashuv haqida emas, balki faqat “kompetensiya”, “kasbiy kompetensiya” tushunchalari, shuningdek, ta’limning maqsadi va natijasi sifatida shaxsning kasbiy 705 kompetensiyasi haqidagi fikrlar maydonga keldi. U yerda kompetensiya atamasi “mavzuni chuqur bilish” deb tushunilgan. Keyinchalik kompetensiya atamasiga keng ma’no izoh berilib, uningqo‘lamiva mazmunini yoritishga harakat qilindi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,April 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik yondashuvlar ma’lum toifalarga ajratiladi. Ularning shakllanishiva rivojlanishihaqida olimlarningfikrlari mavjud. Rus pedagogi A.M. Mityayeva ko‘p darajali ta’limni loyihalashtirishning uslubiy prinsipi sifatida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirishda ta’lim tizimi keyingi bosqichga o‘tishi haqida ma’lumot beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni ta’limning maqsadi va natijalarining sifat normalari, modellashtirish usuli sifatida belgilaydi, ta’lim natijasini ajralmas shaklda bitiruvchining ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi belgilarining tizimi sifatidaaks ettiradi. Bo‘lajak mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ma’lumotli yondashuvga asoslanib, bo‘lajak o‘qituvchilari tomonidan kompetensiyaga asoslangan yondashuv konsepsiyasini o‘zlashtirish masalasi ularning ma’lumotli yondashuvga asoslangan oliy ta’limning uslubiy strategiyasini bilishlari dolzarbdir. Pedagogikada shaxsning o‘qish-o‘rganish natijasida o‘zlashtirgan bilim ko‘nikmalari hajmi, yo‘nalishi va darajasiga ma’lumot deyiladi. Ta’lim-tarbiya hamda mustaqil o‘rganish jarayonida ma’lumot olinadi, ongli faoliyati jarayonida rivojlanantirib boriladi. Ongli faoliyat jarayoni ta’limning ham obyekti, ham subyekti bo‘lmish insonning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab, oilada, so‘ngra uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida ma’lum bir ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlarida belgilangan hajm va yo‘nalishdagi ma’lumoto‘zlashtirib boriladi. Ma’lumotni o‘zlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlaridan iborat. Ma’lumot olish manbalari darslik, qo‘llanma, qo‘shimcha adabiyotlar, atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, ma’lumot olish vositasi o‘quv qurollari hamda mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. Ma’lumot oila, bog‘cha, maktab, akademik lisey yoki kasb-hunar maktabi, oliy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kompetensiyaviy yondashuvlarni rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kompetensiyaviy yondashuvlarni rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik aspekt., boshlang‘ich ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026