К содержанию
РецензированоUZ2025

INKLYUZIV TA’LIMNING TAMOYILLARI VA UNGA BO’LGAN EHTIYOJLAR, UNING SABABLARI, BOSQICHLARI

UNING SABABLARI · Davronova OdinaxonBaxodirjonqizi

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Mamlakatimizda inklyuziv ta’lim bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Inklyuziv ta’limning rivojlanishi yurtimizda yangi ta’lim tizimini shakllanishiga sabab bo’ladi va bu o’z navbatida bolalarning ijtimoiy hayotga moslashishida katta ahamiyatga egadir. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni sog’lom bolalar bilan ta’lim olishini ta’minlash doirasida ularni ijtimoiy hayotga adaptatsiyasini rivojlantirish yotadi. Ularga sog‘lom bolalar bilan bir xil sharoitda ta‘lim olish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, inklyuziv ta'limni tadbiq etishda bir nechta tamoyillarga asoslaniladi. Maqolamda shuniyoritib o‘taman. Kalit so’zlar: inklyuziv ta'lim, integratsiya, tamoyil, sindrom, ta’lim, tarbiya, alohida ta‘lim ehtiyojlari borbolalar, kompensatsiya. Inklyuziv ta'lim — bu barcha bolalarning, jumladan, jismoniy, ruhiy, aqliy yoki boshqa muammolari bo'lgan bolalarning umumiy ta'lim muassasalarida, o'z tengdoshlari bilan birga, ularning ehtiyojlariga mos sharoitlarda ta'lim olishini ta'minlaydigan ta'lim jarayonidir. Inklyuziv ta'limning asosiy tamoyillari: 1. E'tirof etish tamoyili: Bu tamoyil inklyuziv ta'limni qonuniy va ijtimoiy jihatdan tan olishni anglatadi. 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta'lim muassasalarida o'qitish borasida bir qancha xalqaro deklaratsiyalar va qarorlar qabul qilingan. Ammo ularni hayotga tatbiq etishda hali ham muammolar mavjud. Shuningdek, aholining nogiron bolalarga nisbatan noto'g'ri fikrlashiga qarshi kurashish ham muhimdir. 2. Barcha uchun ochiqlik tamoyili: Inklyuziv ta'lim shahar va qishloq hududlaridagi barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olishi kerak. Ko'pincha qishloq joylarida maxsus ehtiyojli bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqda yoki ota-onalar ularni shahardagi maxsus muassasalarga yuborishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun inklyuziv ta'lim barcha hududlardaamalga oshirilishilozim. 3. Bog'lanish tamoyili: Bu tamoyil ta'lim jarayonida barcha ishtirokchilar — o'quvchilar, o'qituvchilar, ota-onalar va jamiyat o'rtasida samarali aloqalarni o'rnatishni nazarda tutadi. 4. Markazlashtirilmaganliktamoyili: Ta'lim tizimini markazlashtirmasdan, mahalliy sharoit vaehtiyojlargamoslashgan holda tashkil etishmuhimdir. 5.Kompleks yondashuv tamoyili: Inklyuziv ta'limda o'quvchilarning turli ehtiyojlarini 650 qondirishuchun kompleks yondashuv qo'llanilishi zarur. 6. Moslashuvchanlik tamoyili: Ta'lim jarayoni o'quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ravishdamoslashuvchan bo'lishi kerak. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. 7. Malakaviylik tamoyili: O'qituvchilar va ta'lim xodimlarining malakasini oshirish orqali inklyuzivta'lim sifatinita'minlash lozim. Inklyuziv ta'limga bo'lgan ehtiyojlar va uning sabablari: Inklyuziv ta'lim jamiyatda teng imkoniyatlarni ta'minlash, nogiron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish kabi maqsadlarni ko'zlaydi. Bu ta'lim tizimi barcha bolalarning o'z qobiliyatlarini to'liq namoyon etishlariga imkon beradi va ularni jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatidashakllantiradi. Inklyuziv ta'limga o'tish bosqichlari: 1. Izlab topish va jalb qilish bosqichi: Nogiron bolalarni aniqlash va ularni ta'lim jarayoniga jalbetish. Bu bosqichda ota-onalar vajamiyat o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlariolib boriladi. 2. Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug'ullanish bosqichi: Umumta'lim muassasalarida maxsus ehtiyojli bolalar uchun o'quv-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 3. Reabilitatsiya bosqichi: Bolalarning nogironligi tufayli bajara olmaydigan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlarini rivojlantirishvaularning imkoniyatlarini kengaytirish. 4.Integratsiya bosqichi: Inklyuziv tarzdao'qitilgan va reabilitatsiya qilingan nogiron bolalarni ijtimoiy jamiyatga to'liq kiritish. Bu bosqichda ular teng huquqli ravishda kasb tanlash va ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shuningdek, inklyuziv ta'limni samarali amalga oshirish uchun o'qituvchilarning malakasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va jamiyatda inklyuziv madaniyatni shakllantirish muhimahamiyatga ega. Yuqoridagi tamoyillar va bosqichlar inklyuziv ta'limni muvaffaqiyatli joriy etish va rivojlantirishdamuhimahamiyatga ega. 651 Originalarticle

Доказательный фрагмент

«Mamlakatimizda inklyuziv ta’lim bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mamlakatimizda inklyuziv ta’lim bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ta’lim, alohida ta‘lim ehtiyojlari bor bolalar, kompensatsiya., sindrom, inklyuziv ta'lim, tamoyil, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники