Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKI XALQ DILBANDI MAQSUD SHAYXZODA
ElmurodovHamidillo Otabek oʻgʻli
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir. Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada dunyoga kelib, taqdir taqozosi bilan uning hayoti va ijodi O’zbekiston bilan bog’lanadi. Ushbu maqolada, serqirra ijodkor, ikki xalqning chinakam dilbandi bo’lgan va ozar va o’bek adabiyotiga ulkan hissa qo’shgan ijodkor Maqsud Shayxzoda faoliyati va ijodi haqida fikr va mulohazalarqilinadi. Kalit so’zlar: Maqsud Shayxzoda, o’zbek adabiyoti, serqirra ijodkor, tarjima asarlari, vatanparvarlik vabirdamlik tug’ulari, ta’lim,tarjimonlik. Maqsud Shayxzoda 1908-yil 7-noyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Uning otasi Ma’sumbek nafaqat shifokor, balki ilm-fan va adabiyotga ham chuqur mehr qo‘ygan kishi bo‘lib, oilada ilmiy va badiiy muhit shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Yosh Shayxzoda oilasidagi bu ma’rifatli muhit ta’sirida shakllandi, Pushkin, Lermontov, Shekspir, Balzak, Firdavsiy va Navoiy asarlarini o‘qib ulg‘aydi. U yoshlik yillarida ilm olishga ishtiyoqi baland bo‘lib, Boku Oliy pedagogika institutida tahsil oldi. Uning mehnat faoliyati esa Dog‘istonda boshlanib, u yerda muallimlik, jurnalistika va adabiy faoliyat bilan shug‘ullandi. Lekin uning taqdiri o‘zbek adabiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishitaqdiryozug‘idabor edi Maqsud Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelib, tez orada o‘zbek adabiy hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. U dastlab turli gazeta va jurnallarda ishladi, keyinchalik esa Fanlar Qo‘mitasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi. U adabiyotga yangicha nazar bilan qarar, zamonaviy she’riyatga o‘ziga xos ovoz olib kirgan ijodkor edi. Shayxzoda o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur o‘rganib, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodiy merosini ilmiy jihatdan tadqiq etdi. Uning ilmiy ishlari filologiya sohasida ham muhim o‘rin tutadi. 1935- 1938 yillarda Fanlar Qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida ishladi. 1938-yildan umrining so‘ngiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida xizmat qilib, malakali kadrlar yetishtirishgao‘zhissasiniqo‘shdi. Shayxzodaning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlangan bo‘lib, uning dastlabki she’riy to‘plamlari – “O‘n she’r” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934) va “Jumhuriyat” (1935) asarlari adabiyotga o‘ziga xos ovozga ega bo‘lgan shoir kirib 453 kelayotganidan darak berdi. Shoirning ijodi mustahkam milliy ruh, Vatanga bo‘lgan sadoqat va insoniyqadriyatlargachuqur hurmat bilan yo‘g‘rilgan edi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. 1958-yilda Shayxzoda o‘zining mashhur “Toshkentnoma” lirik dostonini yaratdi. Ushbu doston qadimiy va ayni paytda zamonaviy Toshkent shahriga bag‘ishlangan bo‘lib, shoirning o‘z ona yurti bo‘lmish Ozarbayjondan uzoqda yashasa-da, o‘zbek xalqi madaniyatiga qanchalik chuqur singib ketganini ko‘rsatadi. U nafaqat lirik shoir, balki dramaturg sifatida ham yuksak iste’dod sohibi bo‘lib, 1960-yilda yozgan “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida buyuk o‘zbek olimi va ma’rifatparvar hukmdoriningyorqin obraziniyaratdi. Shayxzoda tarjimon sifatida ham katta ishlarni amalga oshirgan. U Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”, Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va ko‘plab she’rlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Bundan tashqari, Shekspirning “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’riy asarlarini, shuningdek, ozarbayjon shoirlari ijodini ham tarjima qilgan. Uning tarjimalari faqat so‘zma-so‘z o‘girish bilan cheklanmay, asarlarning badiiy ruhini, estetik qiymatini saqlab qolishga qaratilgan edi. Adib o‘zbek adabiyoti tarixi, xalq og‘zaki ijodi, xususan, Alisher Navoiy merosini o‘rganish borasida ham muhim ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U filologiya fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘lib, o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Uning ilmiy ishlari nafaqat o‘zbek,balki jahon adabiyotshunosligidaham e’tirof etilgan. Shayxzoda 1967-yil 19-fevralda vafot etdi va Toshkentning Farobiy qabristoniga dafn etildi. U Ozarbayjon tuprog‘ida tug‘ilgan bo‘lsa-da, taqdir taqozosi bilan o‘zbek diyoriga kelib, bu yurtda butun borlig‘i bilan ijod qilib, xalq e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Uning nomi o‘zbek adabiyoti tarixidaabadiy saqlanib qoladi. Xulosa qilib aytganda, Maqsud Shayxzoda nafaqat iste’dodli shoir va dramaturg, balki milliy adabiyotimizning yirik namoyandalaridan biri sifatida tan olinadi. Uning ijodi milliy iftixor, Vatanga muhabbat, insoniylik va adolat kabi tushunchalar bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan. Shoirning asarlari, uning ma’rifiy faoliyati va tarjimamerosi keyin
Доказательный фрагмент
«Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vatanparvarlik va birdamlik tug’ulari, tarjima asarlari, ta’lim, Maqsud Shayxzoda, o’zbek adabiyoti, tarjimonlik., serqirra ijodkor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024