Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YORDAMGA MUHTOJ BO ‘LGAN BOLALARNI TA’LIM TIZIMIGA JALB ETISHDA OTA-ONALAR,OILA VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH
OILAVAJAMOATCHILIK BILANISHLASH · Rustamaliyeva Sevinch Ulug‘bekovna
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishda ota- onalar,oila van jamoatchilik bilan ishlash muhimligi yoritiladi. Ta’lim olish imkoniyatida chetda qolayotgan bolalarning asosiy sabablari tahlil qilinib,ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatiladi. Shuningdek,ota-onalar va jamoatchilik bolalar ta’limdagi o‘rni,hamkorlik mehanizmlari hamda samarali ish olib boorish usullari muhokama qilinadi. Maqolada bolalarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish,inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va pedagogic yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yichatavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Yordamga muhtoj bolalar, Pedagogik yondashuvlar, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Hamkorlik mexanizmlari, jamoatchilikishtiroki, ta’lim tizimi. Inklyuziv ta’lim – bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’iy nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy-ruhiy ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun, oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi maktabga qatnamaydigan nogironlar aravachasidagi bola yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalar yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishga qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganishga uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. Odatda inklyuziv ta’lim – bu alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan hamma uchun ma’lumot mavjudligini nazarda tutadigan umumiy ta’limni rivojlantirish jarayonidir. “Inklyuziv ta’lim” atamasi zamonaviyroq bo‘lib, nafaqat ta’lim tizimida, balki insonning jamiyatdagi o‘rnida ham yangicha ko‘rinishni aks ettiradi. Inklyuziv imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish muammosini har bir bolani ehtiyojiga mos ravishda ta’lim maydonini, maktab muhitini moslashtirish orqali hal qilishni o‘z ichiga oladi. Amerika pedagogikasi inklyuziv ta’limni ommaviy maktabni rivojlanish muammolari bo‘lgan oddiy bolalar va bolalarning birgalikdagi ta’lim vazifalari va ehtiyojlariga tubdan o‘zgartirish deb qaraydi. Nemis tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda “inklyuziya” atamasi nisbatan kam qo‘llaniladi. Ular “integratsiya”, “hamkorlikda o‘rganish”, “inklyuziya” atamalaridan foydalanishda davom etmoqdalar. Amerika ta’lim modelini boshqaradigan mamlakatlar, shu jumladan Rossiyada “inklyuziya” atamasi tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Inklyuziv o‘qitish va tarbiyalash uzoq muddatli strategiya bo‘lib, u mahalliy ish maydoni sifatida emas, balki umuman barcha sohalar bo‘yicha umumiy ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etishda tizimli yondashish sifatida qaraladi. Inklyuziv ta’lim jarayonida jamoatchilikning bir qismi bo‘lgan psixologning faoliyati bolava uning ota-onasi hayotida katta ahamiyatga ega. Ota-onalar, hatto bolaning rivojlanishida biron bir o‘qish yoki tengdoshlari bilan muloqot qilishda muammolarni ko‘rsalar ham, ko‘pincha unga qanday yordam berishni bilmaydilar. Muammoni payqamaslik-bu imkoniyat emas, bu faqat bolaning axloqiy tushkunligini kuchaytiradi. Jamoada 381 ham har xil muammolar bo‘lishi mumkin. Agar o‘qituvchilar jamoadagi muhitni qanday yaxshilashni bilmasa, unda inklyuziv ta’limning o‘qituvchi-psixologi nafaqat o‘quvchilarga, balki ularning ota-onalariga ham psixologikpedagogik yordam ko‘rsatishi shart. Ta’limning inklyuziv shakli ta’lim jarayonining barcha subyektlariga tegishli: alohida ta’limga ehtiyoji Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalari, odatda rivojlanayotgan o‘quvchilar va ularning oilalari, o‘qituvchilar va ta’lim sohasidagi boshqa mutaxassislar, ma’muriyat hamda qo‘shimcha ta’lim tuzilmalari. Shu sababli umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyati nafaqat alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolani o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus sharoitlarni yaratishga, balki o‘qituvchilar o‘rtasida ham, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar va ularning sog‘lom tengdoshlari o‘rtasida ham o‘zaro tushunishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Inklyuziv ta’lim muhiti – bu alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ta’lim muammosini har bir bolaning ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim maydonini moslashtirish, shu jumladan o‘quv jarayonini isloh qilish, uslubiy moslashuvchanlik va o‘zgaruvchanlik, qulay psixologik iqlim, barcha bolalar ehtiyojlarini istisnosiz qondiradigan va imkoni boricha ta’minlaydigan sinflarni qayta jihozlashni o‘z ichiga oladi hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi to‘liq ishtirokidir. Turli qobiliyatlarga ega bolalarning ta’lim ehtiyojlariga mos keladigan moslashuvchan va o‘zgaruvchan, tashkiliy-uslubiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishda ota- onalar,oila van jamoatchilik bilan ishlash muhimligi yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etishda ota- onalar,oila van jamoatchilik bilan ishlash muhimligi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hamkorlik mexanizmlari, Yordamga muhtoj bolalar, jamoatchilik ishtiroki, Pedagogik yondashuvlar, ta’lim tizimi., Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024