Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADAGI KONFLIKT VAZIYATLAR XUSUSIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH · Haydarov Fahod Irnazarovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola bo‘lg‘usi sport psixologlarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada sport sohasida psixologik yordam ko‘rsatish jarayonida kommunikatsiya ko‘nikmalarining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Bo‘lajak mutaxassislarning sportchilar, murabbiylar va boshqa jamoa a’zolari bilan samarali muloqot o‘rnata olish, empatiya ko‘rsatish, faol tinglash va konstruktiv fikr bildirish kabi kompetensiyalari muhimligi asoslab beriladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida sport psixologiyasi yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik strategiyalar va metodlar ko‘rib chiqiladi. Maqola sport psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar, o‘qituvchilar, talabalar va ushbu soha bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: Sport psixologiyasi, kasbiy kommunikativ kompetentlik, muloqot ko‘nikmalari, sportchi, murabbiy, empatiya, faol tinglash, pedagogik strategiyalar, kasbiy rivojlanish. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoniga muvofiq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovasion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsad qilib olingan. Mazkur konsepsiyasining uchinchi bobi “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanib, ushbu bobda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovasion infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek, jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy tadqiqotlarni tor va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash, ushbu yo‘nalishlarda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan1.. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,3 million nafardan oshiq talaba tahsil olmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, Oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonFarmoni 20 4 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel hozirgi kunda respublikamizda oliy ta’lim muassasalari soni 211 tani tashkil etadi. Ular – 112 ta davlat, 30 ta xorijiy va 69 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi. Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 43 foizga yetkazildi. 2023/2024 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarini jami 197 319 nafar, shundan bakalavriatni 192 376 nafar, magistraturani 4943 nafar talaba tamomlagan. 2024/2025 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida jami 1 mln 167 ming nafardan ortiq, jumladan, ikkinchi va undan yuqori kursda 652 ming nafar, birinchi kursda 215 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Yangi tahridagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasida ham mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilandi2. Mazkur hujjatlarga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimi uchun kasbiy qobiliyatli, zamonaviy ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim, ko‘nikma va malakalarga ega, xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodini tayyorlash yaxlit tizimining vujudga kelishi sport psixologiyasi bo‘yicha ham yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 232-bandida jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq vazifalar belgilangan edi. Bu o‘rinda sport psixologlarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. sport psixologlarining zamon talabiga mos faoliyat olib borishlarida esa uning kasbiy-kommunikativ qobiliyati muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy-metodik manbalar, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishda sport psixologlarining pedagogik mahorati
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola bo‘lg‘usi sport psixologlarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola bo‘lg‘usi sport psixologlarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konflikt oqibatlari, kommunikatsiya, o‘zaro tushunish, Oilaviy konfliktlar, oilaviy munosabatlar, kelishmovchilik sabablari, konfliktni hal etish, psixologik farovonlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025