К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK MA’RIFATCHILIGI RIVOJIDA JADIDLARNING O‘RNI

Jalilova Sevinch Muhiddin qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

In this article, the Jadid movement in Central Asia is subjected to a conceptual analysis.. Special attention is paid to the movement of the Jadid enlighteners, where the struggle of the Jadids for the renewal of social reality in Turkestan was most vividly reflected. And as well, without journalism, the entire history of the educational movement in Central Asia would not be under- stood. Keywords: jadidism; culture; journalism; intellectual and spiritual phenomenon; aesthetic characteristics; spiritual life; ideology; educational concept; education. Shavkat Mirziyoev: “Jadidlar gʼoyasi — Yangi Oʼzbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uygʼun va hamohang” Jadidlar gʼoyasi — Yangi Oʼzbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uygʼun va hamohang. 1811 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Bu haqda Shavkat Mirziyoev 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʼilishida aytib oʼtdi. “Mamlakatimiz oʼz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi gʼarb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”, “Maʼrifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor boʼlib xizmat qilishi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yoʼqmi, xalqimiz jadid bobolarimiz koʼrsatib bergan yoʼldan ogʼishmay borishi kerak. Chunki ularning gʼoya va dasturlari Yangi Oʼzbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uygʼun va hamohangdir”, — dedi prezident. Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbeklar madaniyatida intellektual va ma’naviy hodisa bo‘lgan jadidchilik hozirgi davrda alohida va maxsus tarixiy-madaniy, falsafiy-axloqiy va konseptual harakteristika talab etadi. Sho‘rolar davlati tarixchilari, faylasuflari, adabiyotshunoslari jadidchilikni reaksion ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida baholadilar. Taniqli davlat arbobi, olim, akademik B. G‘. G‘afurov o‘zining "Tojik xalqi tarixi" ("История Таджикского народа ") nomli asarining dastlabki ruscha nashrida (Москва: "Наука, 1949), mazkur asarga atoqli sharqshunos olim I. S. Braginskiy mas’ul muharrirlik qilgan, shunday yozadi: "jadidchilik hech qachon mutaraqqiy harakterga ega bo‘lmagan, u hech qachon milliy- ozodlik harakati tusini olmagan. Jadidchilik Markaziy Osiyoda xalqqa qarshi, burjua-millatchi, aksilinkilobiy harakat bo‘lgan. Diniy fanatizm tuyg‘ularini qo‘zg‘atib, bir millat mehnatkashlarini boshqasiga karshi gijgijlab, jadidlar ushbu millatlarning va buyuk rus xalqining umumiy zolimlarga qarshi birgalikdagi inkilobiy kurashiga ulkan ziyon etkazdilar". I. S. Braginskiy o‘zining Sadriddin Ayniyning ijodi tahliliga bag‘ishlangan "Из истории персидско-таджикской литературы" asarida yozadiki: "Ayniy o‘shanda jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ydi: o‘zning ma’rifatparvarlik faoliyatini u jadidchilik harakti bilan bog‘ladi". Jadidchilik va jadidlar masalasida akademik Z. Sh. Radjabov ham yanada keskinroq fikr bildiradi. O‘zbekiston olimlari jadidchilik harakatini yagona va yaxlit harakat sifatida qarab, ularning ijodini jadidlar yashagan o‘sha real tarixiy voqelik bilan chambarchas bog‘ladilar. Arab, Eron va Turk dunyosida ma’rifatparvarlik qanday vazifani bajargan bo‘lsa, Markaziy Osiyoda jadidchilik ham mohiyatan aynan shunday tarixiy vazifani bajardi. Misrda, Turkiyada, Eronda, Hindistonda qudratli ma’rifatparvarlik harakati shakllandiki, bu Markaziy Osiyo shaharlaridagi jadidchilik harakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning Misrda, Abdurauf Fitratning Turkiya, Eron va Rossiyada, Mirza Sirojning Evropada va boshqa yerlarda bo‘lishi jadidlarning intellektual va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ko‘maklashdi. 1812 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Jadidlar Markaziy Osiyoda hayotning barcha jabhalarida o‘zgarishlar uchun yetilgan ijtimoiy ehtiyojni o‘tkir his eta boshladilar. Zero, jadidlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar Markaziy Osiyoda hayotning barcha sohalariga daxl qilganligi bejiz emas. Ular O‘rta asr ijtimoiy munosabatlarini qoralab chiqdilar, ijtimoiy taraqqiyot va insonlar hayotini sivilizatsiya me’yorlariga mos ravishda yangilash g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash muammolari jadidlar dasturida ustuvor o‘rin egalladi. Ular ta’lim tizimini isloh qilishga intildilar, o‘qitishning yevropacha shakldagi yangi usullariga ega yangi maktablarning tashabbuskori va tashkilotchilari sifatida bo‘y ko‘rsatdilar. O‘zlari darsliklar yozdilar, ta’lim dasturlarini tuzdilar, madaniy-ma’rifiy muassasalar tarmog‘ini yaratdilar, turk va fors tillarida gazeta, jurnal, kitoblar chop etdilar va tarqatdilar. Agar jadidlar faoliyatiga ijtimoiy va gumanitar nuqtai nazardan yondashilsa, ularning faoliyati yaxlit holda ma’rifatparvarlik xarakteriga ega ekanligini qayd qilish mumkin. Jadidlar, jumladan, Ahmad Donish juda katta qalb iztirobi bilan o‘z o‘lkalarining qoloqligi hamda hokimiyat vaki

Доказательный фрагмент

«In this article, the Jadid movement in Central Asia is subjected to a conceptual analysis..»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the Jadid movement in Central Asia is subjected to a conceptual analysis.. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jadidism, culture, journalism, intellectual and spiritual phenomenon, estetik xarakteristika, tarbiya., jadidchilik, ma’naviy hayot, ma’rifiy konsepsiya, intellektual va ma’naviy mavjudlik, mafkura, madaniyat, publitsistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники