К содержанию
РецензированоRU2026

TISH QATTIQ TO’QIMASI REMINERALIZATSIYASINING KARIYES PROFILAKTIKASIDAGI O’RNI

PROFILAKTIKASIDAGI O’RNI · Khayitova Mokhinur Dzhuraevna

Современная наука и исследования · 2 · 118-119 · 2026

Аннотация

Tooth enamel remineralization is the restoration of the balance of minerals that helps strengthen and prevent dental diseases. Keywords: demineralization, remineralization, caries, fluoride, mineral salts, enamel. РОЛЬ РЕМИНЕРАЛИЗАЦИИ ТВЕРДЫХ ТКАНЕЙ ЗУБОВ В ПРОФИЛАКТИКЕ КАРИЕСА Аннотация. Реминерализация зубной эмали — это восстановление минерального баланса, способствующее укреплению и профилактике заболеваний зубов. Ключевые слова: деминерализация, реминерализация, кариес, фторид, минеральные соли, эмаль. Tishlar emal qobig`i kariyesga nisbatan turg`unligini saqlab qolishi uchun unga doimo samarali ta’sir qiluvchi vositalar bilan ishlov berib turish talab qilinadi. Emal kristallini hosil qiluvchi biologik apatitlar reshetkalarida bo`sh joylar yoki nuqsonlar-atomlar yetishmasligi, ustunlarning to`liq emasligi mavjud bo`ladi. Ba’zan kristall faqat ustunlardan iborat bo`lib, kristall reshyotkalari bo`lmasligi mumkin. Bu hol o`z navbatida emal qobig`ining o`tkazuvchaniligi oshganligidan darak beradi. Natijada organik kislotalar kristalllar o`qi bo`ylab singib kirish tezligi 500 angstrem/sek.ni hosil qiladi. Kristallizatsiya jarayonini to`liq kechishida uning organik matriksi ham muhim o`rin tutadi. Matriks tarkibida kalsiy bog`lovchi oqsil molekulasi mavjud bo`lib, u kristallanish markazini (nukleatsiya) tashkil qiladi va kristalllar o`sishini hamda ftor ionlarining atrof muhitdagi konsentratsiyasini nazorat qiladi. Emal qobig`ining yuza qavati o`zining yuqori ohaklanganligi, mustahkamligi, zichligi, mikroelementlarga boyligi va kariyesga nisbatan turg`unligi bilan ostki chuqur qatlamlardan farq qiladi. Organik kislotalarning bevosita ta’siri ostida sodir bo`ladigan dekalsinatsiya oqibatida emal gidroksiapatit kristalllarning shakli, o`lchamlari, joylashish joylari o`zgaradi. 1801 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Kariyes kasalligining boshlanishida patologik jarayon asosan emalning yuza qatlamlarida joylashadi va uniig fizik-kimyoviy hususiyatini o`zgartirishi oqibatida tish sathida oq dog`lar paydo bo`ladi. Tish kariyesi kasalligida emal demineralizatsiyasining darajasi emalning kimyoviy tarkibi, kalsiy, fosfor, ftor komplekslarining neytral konsentratsiyasi va organik kislotalar konsentratsiyasiga bog`liqdir. O`choqli demineralizatsiya jarayonining shakllanishida asosan dekalsinatsiya ko`proq muhim o`rin tutadi. Ion almashinuvi davrida vodorod ionlari ma’lum bir chegaragacha emal tomonidan yutilib turadi, bunda emal strukturasida o`zgarish bo`lmaydi. Ammo Sa/R koefitsiyenti ancha pasayadi. Bunday hol emal to`qimasining kislotalarga nisbatan bufer sistemasini o`ynashini ko`rsatadi. Kariyes jarayoni kechishi davrida og`iz so`lagi tarkibida kalsiy miqdori sezilarli darajada kamayadi. Bu hol o`z navbatida kalsiy elementining emalga o`tishini sekinlashtiradi va shu bilan birgalikda og`iz so`lagi va emal chegarasidagi minerallar almashinuvi dinamik muvozanatini demineralizatsiya jarayoni tomoniga suradi. Kariyes oq dog`lik davrida remineralizatsiyaga beriluvchan bo`ladi. Bu davrda emalning organik matritsasi asosi hali to`liq erib ketmagan va u kristalizatsiya uchun nukleatsiya markazi rolini o`ynaydi. O`choqli demineralizatsiyani muvaffaqiyatli davolash uchun emal kristallari to`ridagi yetishmovchilik nuqsonlarini to`ldiruvchi moddalar saqlovchi preparatlarning ishlatilishi emal turg`unligini kislotalarga nisbatan oshiradi, emal strukturasining kerakli mineral tuzlar bilan to`yinishi uning o`tkazuvchanlik xususiyatini pasaytiradi. 1802 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Remineralizatsiya bu emal to`qimasida mineral tuzlar yuvilib ketishi oqibatida vujudga kelgan shikastlanishni va emal zichligini qisman qayta tiklanishidir. Bunga emal tarkibiga, emal yuzasiga passiv yoki aktiv ta’sir etish yo`li bilan erishiladi. Tishlar taraqqiyoti va mineralizatsiyasi davrida emal to`qimasining kimyoviy tarkibiga ta’sir qilib, uning turg`unligini oshirishga qaratilgan tadbir choralar kariyes profilaktikasida muhim o`rin tutadi. Tishlarning chiqish muddatlarini hisobga olgan holda remineralizatsiya davo tadbirlari bola 6 yoshga to`lganda boshlansa maqsadga muvofiqdir. Bu tadbir emal to`qimasining turg`unligini oshirishi uchun uni avvalombor kalsiy, fosfat moddalariga to`yintirish va undan keyin ftor preparatlari bilan ishlov berish emal to`qimasining o`tkazuvchanligini pasaytirishga imkon beradi. zichligini oshirib, Tabiiy sharoitda kalsiy, fosfor, ftor elementlarining manbai bo`lib, og`izdagi so`lak suyuqligi hisoblanadi. Yetilgan emal qobig`i so`lak tarkibidagi juda past konsentratsiyali ftor ionlarini ham so`rib olish xususiyatiga egadir. So`lak tarkibidagi mineral tuzlarning tarkibi, so`lak-emal munosabatlari kariyesni oq dog` bosqichida 50% hollarda qayta tiklash- remineralizatsiya qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun qo`shimcha remineralizatsiya qilish vositalaridan imkoni boricha keng foydalanish kerak. Bu vositalar tarkibidagi kalsiy , fosfor, ftor elementlari faqat emal

Доказательный фрагмент

«Tooth enamel remineralization is the restoration of the balance of minerals that helps strengthen and prevent dental diseases.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tooth enamel remineralization is the restoration of the balance of minerals that helps strengthen and prevent dental diseases. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
demineralization, remineralization, caries, fluoride, mineral salts, enamel, ftor, emal., demineralizatsiya, mineral tuzlar, remineralizatsiya, kariyes
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники