Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLMA QURTI VA UNGA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLARINI SAMARALI YO‘LLAR BILAN BARTARAF ETISH
Nabiyev Inomjon Ziyoviddin o‘g‘li · Maxmudov Oʻtkirjon Toʻlqinjon oʻgʻli · Oʻlmasova Robiya Karimjon qizi · COMBAT IT
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Currently, the world's population is increasing, which causes problems such as food shortages. Therefore, protecting agricultural products from harmful organisms is becoming an urgent issue. The article provides information on the bioecology of the apple worm, its harm and biological protection against it, the use of pheromone traps, the use of goldfish entomophagous, the use of chemical preparations in pest control. Keywords: Apple worm, fruit, leaf, phase, pheromone trap, goldfish. ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ УНИЧТОЖЕНИЯ ЯБЛОЧНЫХ ЧЕРВЕЙ И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ Аннотация. В настоящее время население мира увеличивается, что вызывает такие проблемы, как нехватка продовольствия. Поэтому защита сельскохозяйственной продукции от вредных организмов становится актуальной проблемой. В статье приведены сведения о биоэкологии яблонной огневки, ее вредоносности и биологической защите от нее, применении феромонных ловушек, использовании златоглазых энтомофагов, применении химических препаратов в борьбе с вредителем. 1764 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Ключевые слова: яблонная огневка, плод, лист, фаза, феромонная ловушка, золотая рыбка. Kirish. Dunyo miqyosida mevachilik ko‘plab mamlakatlar qishloq xo‘jaligida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Jahonda har yili 5 million gektardan ortiq maydonda olma yetishtiriladi. 2022 yilda uni yetishtirish hajmi 80 million tonnani tashkil etgan. Respublikamiz hududlarida barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 342 ming gektar maydonda meva va rezavorlar parvarishlanib kelinmoqda. Bunda ham an’anaviy uslubdagi, ham intensiv bog‘dorchilik, shuningdek, yaqinda yangi tashkil etilgan bog‘lar ham hisobga olinmoqda. Shundan 2021-yilda hosil beradigan 233 ming gektar bog‘larda 2 852 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi. Jami bog‘larning 146 ming gektarini yoki 42,6 foizini olma bog‘lari tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda fermer xo‘jaliklarining jami 120,6 ming gektar olma maydondaridan 31,6 ming gektari intensiv usulda parvarishlanadigan bog‘lardir.2021-yilda xosil beradigan 111,5 ming gektar olma bog‘laridan terib olingan hosil 1238,2 ming tonnani tashkil etdi.Shundan fermer xo‘jaliklaridagi 86,9 ming gektar hosil beradigan maydondan 827,3 ming tonna, dehqon xo‘jaliklari va axoli tomorqalari olma maydolarinining hosil beradigan 24,6 ming gektar maydonidan 410,9 ming tonna olma yetishtirilgan. Joylarda 2022-yilning iyul oyigacha o‘tkazilgan monitoring natijalariga asosan respublikada 328 ming tonna olma yetishtirildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Har gektar yerdagi hosildorlik o‘rtacha 8- 10 tonnadan 12-13 tonnaga ko‘tarildi. Yuqori mahsuldor va salbiy tashqi omillarga eng chidamli navlarni ekish, kasallik va zararkunandalarga o‘z vaqtida ishlov berish, ekish va paravarishlashda zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi agrotexnika tadbirlarining sifatli bajarilishi hosildorlikning oshishiga turtki bermoqda. O‘z navbatida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi ekinlarning bir maromda va o‘z vaqtida sug‘orilishini, mikroelementlar bilan boyitilishini ta’minlab, mineral o‘g‘itlar sarfini masalan, tomchilatib sug‘orishdan foydalanishda kamaytirishga imkon yaratmoqda. So‘nggi haftalarda havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi avvalo mevalarning yetilishiga, birinchi navbatda o‘rtapishar va kechpishar navlarga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Hosilning bir qismi deyarli bir oy oldin pishib yetildi. Shu bilan birga olmaning kechki navlaridan “Renet Simirenko”, “Starkrimson”, “Fuji” navlari o‘zining yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. Prognozlarga ko‘ra, ushbu navlarni yetishtirayotgan fermer va dehqonlar yuqori hosil olish bilan birgalikda sifatli mahsulot yetishtirishlari aniq. 1765 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Respublikamizning turli mintaqalarida mahalliy olma navlarining mavjudligi hamda xilma-xil introduksiya qilingan navlar olma narxi keskin o‘zgarishining oldini oladi. Olma navlarining xilma-xilligi, pishib etilish muddatlari va vaqtidagi farq har bir yangi hosilni yig‘ib olish va bozorlarga yetkazib berish muddati o‘rtasidagi oraliqlarni qisqartirib, narx barqarorligini saqlashga yordam beradi. Azaldan O‘zbekiston sharoitida olmaning tezpishar ko‘chatlari ekib kelingan, shundan ma’lumki tez o‘suvchi va yarim pakana payvandtagdagi ko‘chatlarning tabiiy shakli mevalarni quyosh urishidan himoyalaydi. Bu an’anaviy bog‘larga tegishli. Intensiv bog‘dorchilikda shox-shabbasi kam, mevalari mo‘l bo‘lgan pakana payvandtaglardan foydalaniladi. Intensiv usulda pakana payvandtagdagi olma ko‘chatlari maxsus ustunlarga bog‘lanib, bog‘ning ustiga quyoshdan himoyalovchi to‘rlar tortiladi. Bu to‘rlar mevani bir xil rangda pishib yetilishiga ham xizmat qiladi. Bugungi kunda respublikaning dehqon bozorlarida olmaning o‘rtacha narxlari 8000 - 15000 so‘m/kgni tashkil qilayotgan bo‘lsa, 2021-yilda o‘rtacha 6000-8 000 so‘mni tashkil etgan. Tadqiqot maqsadi. Mazkur tadqiqotdan maqsad Toshkent viloyati Bo
Доказательный фрагмент
«Currently, the world's population is increasing, which causes problems such as food shortages.»
Образец извлечения
Демо-превьюCurrently, the world's population is increasing, which causes problems such as food shortages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Apple worm, fruit, leaf, phase, pheromone trap, goldfish, faza, meva, barg, Olma qurti, feromon tutqich, oltinko’z.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025