Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASVIRIY SAN’ATNING TURLI JANRLARIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Umirov Karim Avaz o‘g‘li · ЖАНРАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In this article, the main genres of visual art were studied and analyzed the peculiarities of working in portrait, landscape, still life and composition in thematic compositions. Each genre highlights compositional methods, its role and importance in giving content, expression, compositional structure and Idea, and also focuses on issues such as the methods of teaching future artists to practical work to master. 1 34 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keywords: Thematic composition, compositional methods, artistic and expressive features. Barchamizga ma’lumki, tasviriy san’at inson tafakkuri, tuyg‘usi va dunyoqarashini badiiy obrazlar orqali ifodalovchi san’at turidir. Uning eng muhim elementlaridan biri bu kompozitsiyadir. Avvalo kompozitsiyaning haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Kompozitsiya bu asarning umumiy tuzilmasi, tasviriy elementlarning joylashuvi, ularning o‘zaro muvozanati va ifodaviy yechimidir. Kоmpоzitsiya lоtincha «Kоmpоsitе» so‘zidan оlingan bo‘lib, to‘qish, tuzish, jоylashtirish, alохida qismlarni butun qilib birlashtirishni anglatadi. U barcha ijodiy jarayonlarga taalluqli bo‘lib, dеyarli hamma san’at turlarining asosini tashkil etadi. Kompozitsiya unsurlari musiqada ham, tеatrda ham fotografiyada ham, adabiyotda ham, haykaltaroshlik va albatta boshqa tasviriy san’at bilan aloqador sohalarda mavjuddir. Kompozitsiya unsurlari bo‘lgan mutanosiblik, muvozanat, yaxlitlik singari sifatlar har bir tabiat voqеliklarida mavjud. Tabiatda har bir narsa ma'lum tamoyil va qonuniyatlar ichida mavjuddir. Ularning shakl o‘lchamlari, tuzilishi, o‘zaro mutanosib ko‘rinishlar kasb etishi unda kompozitsion mutanosiblik, muvozanatning mavjudligidan darak bеradi. Kompozitsiya qanday shakl va mazmunda bo‘lmasin, avvalambor u tafakkur mahsulidir. Buni badiiy ijodning xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda tushunishimiz ma’qul. Chunki tabiatdagi tayyor shakllar bilan badiiy ijod mahsuli bo‘lgan shakllarni o‘zaro farqlashimiz darkor. Ma’lumki kompozitsiya tushunchasining barcha san’at turlariga aloqador umumiy jixatlari va shuningdеk, har bir sohaga oid o‘ziga xos jixatlari bor. Ularni atroflicha o‘rganish, tahlil qilish talabalar ijodiy faoliyatining o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kompozitsiyani uning qonuniyatlarini o‘rganish nazariya va amaliyotga bo‘linishi tabiiy bo‘lib, uni yaxshi o‘zlashtirish uchun nafaqat yillar, balki asrlar davomida bu soxada yaratilgan nazariyalar va tajribalarning tub mohiyatini bilish kеrak. Ma’lumki kompozitsiya so‘zi orqali rassomlar badiiy tasviriy san’at asarining barcha qismlarining o‘zaro munosabatlarining qonuniyatini tushuniladi. Ayrim shunday bog‘liqliklar albatta ko‘z orqali ko‘rib anglashiladi (son jixatlari), boshqalari esa (sifat jixatlari) idroklash, fikrlash orqali qabul qilinadi. Rassom kompozitsiya orqali tasvirlanuvchi shaxslarning moddiy va ma’naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o‘rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi. 1 34 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida ma’lumot bera oladi. Rassomning kasbiy mahorati, kartina ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas o‘ziga xoslik baxsh etadi. Ijodkor asarining muvaffaqiyati uning kompozitsiyasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'z asarlarida kompozitsiya jihatidan yaxshi natijalarga erishgan ijodkomi, u xoh rassom bo'lsin, xoh me’mor bo'lsin, o‘z sohasining kompozitori deb atashgan. Statik kompozitsiya Dinamik kompozitsiya Turli janrlarda kompozitsiya o‘ziga xos bo‘lib, rassom asarning mazmuni, g‘oyasi va ruhini ochib berishda uni har xil yondashuvlar bilan ishlaydi. Kompozitsiya nafaqat tasviriy elementlarning joylashuvi, balki butun asarning mazmuniy va hissiy yukini belgilovchi vositadir. Shuningdek, asarning umumiy tuzilmasi, obyektlarning joylashuvi, hajmiy va rang- baranglik muvozanati, dinamikasi va ritmini belgilaydi. Turli janrlarda ishlangan kompozitsiyalarning umumiy tomonlari bu badiiy g‘oyani to‘liq yetkazish, elementlar muvozanati, kompozitsiya markazining mavjudligi va ifodaviy vositalarning uyg‘unligidir. Ammo har bir janrda kompozitsiyaviy qurilishning o‘ziga xos farqlari bor: bu obraz, tasvir ob’ekti, harakat, vaqt, tafsilotlarga yondashuv, hissiy ta’sir shakli va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Har bir janrda kompozitsiya tushuncha o‘ziga xos mazmun kasb etsa-da, ular orasida umumiylik va farqlar mavjud. Turli janrlarda kompozitsiya ishlashning umumiy tamoyillari va janrga xos farqlari tahlil qilinadi. 1 34 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Barcha janrlarda kompozitsiyaga xos umumiy xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular: Asar markazi ya’ni har bir janrda kompozitsiyaning asosiy markaz
Доказательный фрагмент
«In this article, the main genres of visual art were studied and analyzed the peculiarities of working in portrait, landscape, still life and composition in thematic compositions.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the main genres of visual art were studied and analyzed the peculiarities of working in portrait, landscape, still life and composition in thematic compositions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Thematic composition, compositional methods, artistic and expressive, Mavzuli kompozitsiya, badiiy va ifodaviy xususiyatlar., kompozitsion usullar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025