Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G’AFUR G’ULOM ASARLARIDA O’XSHATISH VOSITALARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI (“SHUM BOLA” QISSASI MISOLIDA)
Qarshiyeva Sevinch
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article discusses the linguistic analysis of artistic similes, which are important in the text of a work of art. One of the famous Uzbek writers, Gafur Ghulom, used similes very widely in his works. Below we will analyze the similes used in Gafur Ghulom's works and their lexical, semantic and stylistic characteristics. Keywords: Similes, traditional similes, allegory, object and subject of simile. ЯЗЫКОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СРАВНЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ГАФУРА ГУЛАМА (НА ПРИМЕРЕ РАССКАЗА «ШУМ БОЛА») Аннотация. В статье рассматривается лингвистический анализ художественных сравнений, имеющих важное значение в тексте художественного произведения. Гафур Гулом, один из известных узбекских писателей, широко использовал сравнения в своих произведениях. Ниже мы проанализируем сравнения, используемые в произведениях Гафура Гулама, а также их лексические, семантические и стилистические характеристики. Ключевые слова: сравнения, традиционные сравнения, метафора, объект и субъект сравнения. Atoqli o’zbek yozuvchisi, shoiri va ‘’Buyuk xizmatlari uchun’’ ordeni sohibi G’afur G’ulom ijod olamiga nazar tashlaydigan bo’lsak, asarlarida so’zdan naqadar mohirona, oqilona 1 30 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ foydalanganligiga guvoh bo’lamiz. O’rnida qo’llangan so’zlar asarning muvaffaqiyatga erishib, kitobxonlar ko’nglidan joy olishida muhim ahamiyat kasb etadi. G’afur G’ulom ana shunday kitobxonlar muhabbatiga sazovor bo’lgan bir qancha asarlar yaratgan so’z ustasidir. G’afur G’ulom asarlari ustida juda ko’p mehnat qilgan. Adibning tilida kitobxonni maftun qiladigan birinchi xislat – tabiiylikdir. G’.G’ulom asarlaridagi o’xshatishlar o’quvchi hayratini oshiradi. Dunyoni bilishning eng qadimiy usuli sifatida e‘tirof etilgan o’xshatishlar, nutqimizning ajralmas bir bo’lagidir. O’xshatishlarda muayyan xalqning taffakkur tarsi, urf-odati, madaniyati, so’z boyligi o’z aksini topadi. Har bir tilning, har bir davrning o’ziga xos o’xshatishlari mavjud. O’xshatish tasviriy ifodaning eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib, Aristotel poeziyani o’xshatish san’ati deb ataydi. Uning fikricha, inson boshqa mavjudotlardan o’xshshatish qobiliyati borligi bilan ajralib turadi, hatto u dastlabki bilimlarni aynan o’xshatishlardan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bag’ishlaydi. O’xshatish o’zbek mumtoz adabiyotshunosligining an’anaviy vositalaridan biri bo’lib, XV asr badiiy san’atlar ilmining donishmandi Atoulloh Husayniy uni shunday ta’riflagan: ’’Tashbeh vasfta bir nimani bir nimaga o’xshatmoqdin iborattur. Anikim, tashbeh qilurlar, mushabbah bix derlar va ul vasfini vajx-i- shibx (o’xshatish tomoni) derlar. O’zbek tilshunosligida o’xshatishlar haqida tadqiqotni boshlab bergan olim M.Mukarramov hisoblanadi.Olim bu san’at turini uch asosdan iborat ekanliligi,o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz o’xshatishning sharti ekanligini ta’kidlaydi. O’xshatish vositasi asos sifatida hisobga olinmaydi. O’xshatishlar haqida maxsus tadqiqot olib brogan D.Xudoyberganova o’xshatishlar 4 komponentdan iborat ekanligini, ayrim o’xshatish konstruksiyalarida bu komponentlarning biri uslub talabi bilan ifodalanmay qolishini ko’rsatadi.Olima o’xshatish asoslarining bu xilda birining ifodalanmasligini uning ma’nosini boshqa qismlar orqali anglanishi bilan izohlaydi. O’xshatishlar quyidagi qo’shimchalar orqali hosil qilinadi: -day qo’shimchasi. O’zbek tilshunosligida va badiiy nutqda o’xshatish hosil qiluvchi eng sermahsul vositadir. Bu qo’shimcha yordamida hosil qilingan o’xshatishlar oddiyligi bilan ajralib turadi:ohuday hurkak,buloqdek sof. -O’xshatishning badiiy funksiyasi nutqning badiiy obrazliligini oshirish, shu orqali kishida estetik ta’sir uyg’otishdir. 1 30 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Biz quyida atoqli adib G’afur G’ulomning barchamizga tanish “Shum bola” qissasida qo’llanilgan o’xshatishlarga misollar keltiramiz va ularning leksik-semantik va lingvokognitiv tomonlarini tahlil qilamiz: “Agar u badbaxt, imildoq xotin o’t yoqishda yana davom etaversa, tandirda kabobday jizg’anak bo’lar edim”. (89-bet) Bu gapda yozuvchi o’xshatishni hosil qilishda –day (-dek) qo’shimchasini qo’llagan bo’lib, o’xshovchi predmet – kabob, o’xshatilayotgan predmet shum bola (bu yerda ism keltirilmagan ammo mazmundan bilib olsa bo’ladi); -day o’xshatish vositasi. “Men sekin –sekin go’yo darchaning pardasini tortganday, loytuvoqni ustimga yopdim”. 90-bet) Bu gapda qissadagi shu vaziyatni yodga oladigan bo’lsak, shum bola domlaning xo’kizini emas Buxoroyi sharifdan 3 tilloga sotib olgan eshagining bo’g’ziga pichoq tortib yuborganidan so’ng, bir oshxonaninggg mo’risiga yiqilib tushgan holatidan keying voqealar. Shum bola tandirning ichida qolib ketgan uy egasi tandirning ustiga o’tirib olgan edi, undan oldin shum bola ular sezib qolmasin deb loytuvoqni ustiga yopib ol
Доказательный фрагмент
«The article discusses the linguistic analysis of artistic similes, which are important in the text of a work of art.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the linguistic analysis of artistic similes, which are important in the text of a work of art. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Similes, traditional similes, allegory, object and subject of simile, o’xshatish obyekti va subyekti., O’xshatishlar, tashbeh, an’anaviy o’xshatishlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014