К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATNING TAVSIFI

Zikirova Dildora Shuhrat qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qituvchi faoliyatida qobiliyatning pedagogik tavsifi, o‘qituvchining pedagogik qobiliyati uning o‘quvchilarga bilim berish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etishdagi malakalari, metodik ko‘nikmalari, va kommunikatsiya qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘qituvchining pedagogik va psixologik qobiliyatlarining uyg‘unligi, o‘quvchilarning ta'lim olish jarayonini samarali rivojlantirishda qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Qobiliyat, ahloqiy qobiliyat, pedagogik qobiliyat, empatik qobiliyat, perseptiv qobiliyat, pedagogik faoliyat, iste’dod, tushuntira olish qobiliyati, bilish qobiliyati, kinestetik qobiliyat; mantiqiy qobiliyat; kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, motivasion qobiliyat, ko‘nikma, malaka, ijod, fikrlash tezligi, mahorat, kommunikativ qobiliyat, didaktik qobiliyat, asosiy xususiyatlar. Qobiliyatlar biror faoliyatni yuqori darajada bajarish imkoniyatini yaratadi va odamning o‘z maqsadlariga erishishida muhim rol o‘ynaydi. Pedagogika sohasida, masalan, o‘qituvchi o‘zining pedagogik qobiliyatlarini va psixologik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali o‘quvchilarga samarali ta'lim berishi mumkin. Qobiliyat – bu insonning ma'lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan intelektual, jismoniy, emotsional va ruhiy xususiyatlarning yig‘indisi bo‘lib, u tabiiy ravishda rivojlanishi mumkin yoki o‘rganish, tajriba va malaka orttirish jarayonida shakllanadi. Qobiliyat insonning muayyan faoliyat turini bajarishga nisbatan yuqori darajada tayyorligini ifodalaydi va bu tayyorlik uning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, motivatsiyasi, tajribasi, ko‘nikmalari va o‘zini boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qobiliyat har bir insonda o‘ziga xos bo‘lib, turli sohalarda (masalan, san'at, ilm-fan, sport, pedagogika) insonning muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlaydi. A.Xoliqov qobiliyatga quyidagicha ta‘rif beradilar: Qobiliyat - shaxsning individual- psixologik xususiyati bo'iib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka \a ko'nikmalami egallash dinamikasidagi farqlami aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat boigani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qaramaqarshi qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo'yilishi kerak. Qobiliyat o'qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi Bir xil sharoitda qobiliyatli o'qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyat past kishilarga qaraganda ko'proq yutuqlarga erishadilar. Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida en yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi. Pedagogikada o'qituvchi qobiliyati - bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o'qitish va 19 4 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi vayutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug'ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik - insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlaming rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo'lgan sifatlaridir. Pedagogik-psixologivada o'qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo'q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko'payib va o'zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha o‘zgarmas irsiyat nasldan - naslga o'tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlaming uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va shart- sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‘qituvchining o‘zaro fikr almashuvi bilan bog‘liq xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‘qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi: Kommunikativ qobiliyat: o‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim. Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya'ni kuzatuvchanlik muhim rol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘qituvchi faoliyatida qobiliyatning pedagogik tavsifi, o‘qituvchining pedagogik qobiliyati uning o‘quvchilarga bilim berish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etishdagi malakalari, metodik ko‘nikmal…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘qituvchi faoliyatida qobiliyatning pedagogik tavsifi, o‘qituvchining pedagogik qobiliyati uning o‘quvchilarga bilim berish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etishdagi malakalari, metodik ko‘nikmal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunikativ qobiliyat, asosiy xususiyatlar., perseptiv qobiliyat, Qobiliyat, fikrlash tezligi, pedagogik faoliyat, kinestetik qobiliyat, ahloqiy qobiliyat, mahorat, mantiqiy qobiliyat, motivasion qobiliyat, malaka, pedagogik qobiliyat, bilish qobiliyati, iste’dod, ko‘nikma, didaktik qobiliyat, ijod, nutq qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, empatik qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники