Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSIYALAR VA INTEGRATSIYALAR
INNOVATSIYALAR VA INTEGRATSIYALAR · Ibadullayeva Shaxnoza Ibadullayevna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The introduction of innovations and integrations in the process of teaching mathematics in primary grades is important. This article analyzes the use of innovative methods in teaching mathematics, such as interactive learning, multimedia tools, gamification and interdisciplinary integration. Innovations increase interest in mathematics and develop students' mathematical thinking. Interdisciplinary integration creates the opportunity for students to connect the acquired mathematical knowledge with other subjects, which helps to understand knowledge more deeply. The article provides guidance to teachers in primary grades in the application of modern pedagogical approaches in mathematics education and serves to improve the quality of education. 17 8 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Keywords: Primary grades, mathematics teaching methods, innovations, integration, interactive learning, multimedia tools, game methods, interdisciplinary integration, differentiated teaching, pedagogical technologies Matematika, boshlang'ich sinflarda o'qitilishi zarur bo'lgan fundamental fanlardan biridir. Ushbu fan orqali o'quvchilarga nafaqat matematik ko'nikmalar, balki analitik fikrlash, mantiqiy qarorlar qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatlari ham rivojlanadi. Hozirgi kunda ta'lim tizimida innovatsion metodlarni qo'llash muhim o'rin egallamoqda. Innovatsiyalar va integratsiya matematika fanini o'qitishda nafaqat samaradorlikni oshirish, balki o'quvchilarning qiziqish va ishtiyoqini ham oshiradi. Matematika fanini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash innovatsion yondashuvlar sifatida keng tarqalmoqda. Bular orasida interfaol metodlar, multimedia vositalari va o’yin usullari alohida e'tiborga loyiqdir. Interfaol ta'lim: Bu usulda o'quvchilar o'zaro muloqot qiladilar, guruhlarda ishlashadi va masalalarni birgalikda yechishadi. Bu usul matematika darslarini yanada qiziqarli va samarali qiladi, o'quvchilarda fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Interfaol usullar orqali o’tilgan darslar o’quvchini ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali o’tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni o’zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi bo’lgani kabi interfaol usullarni qo’llashdan maqsad bo’ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o’quvchilarning faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. U o’zining intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etibgina qolmay, balki o’quv sifatini va samaradorligini oshiradi, ta’minlaydi. Multimedia vositalari: Videolar, animatsiyalar va interaktiv ta'lim dasturlari matematikaning abstrakt tushunchalarini aniqroq tushunishga yordam beradi. Bu vositalar o'quvchilarga matematik bilimlarni mustahkamlashda qo'llaniladi. Matematik o’yin metodlari: Matematik masalalarni o'yin shaklida bajarish o'quvchilarda motivatsiyani oshiradi. Masalan, matematik quizlar va masala yechish bo'yicha musobaqalar o'tkazish o'quvchilarning qiziqishini oshiradi. O`yin o`quvchi uchun eng tabiiy holat bo`lib, u o`yin vaqtida o`zini erkin sezishi, qo`rquv va tortinchoqlikni unutishi mumkin, Didaktik o`yin o`quvchining aqliy faolligini oshirish vositasi ham bo`lib, u o`quvchilardagi psixologik holatlarini faollashtiradi va ta’lim jarayoniga qiziqishni orttiradi. Didaktik o`yin – o`quvchilarga bilim berish maqsadida qo`llaniladigan o`yin turi bo`lib, unda bor ta’limiy maqsad o`yin shakli orqali amalga oshiriladi. Didaktik o`yinning asosiy mohiyati shundaki, biror vazifani hal etilishi bolalarga o`yin tariqasida topshirilsa, bu bolalarni qiziqtiradi, beixtiyor diqqatini jalb etadi, natijada ular ko`tarinki ruhda va faol jarayonda bu vazifani bajaradilar.Didaktik o`yinlar qadimdan mavjud bo`lib, ularni matematik ermaklar deb atash mumkin. Matematik ermaklar- qiziqarli masalalar yechish, ham geometrik yasashlar, ham sonli va mexanik boshqotirmalarni o`ylab toppish, ham matematik o`yinlar hamda fokuslar. Ular matematikaga layoqatni, idrok, 17 9 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel mantiqiy mulohazani o`stiradi, xotirani mustahkamlaydi.Matematik ermaklar ta’limni o`yin bilan , mehnatni hordiq bilan birlashtiradi. Matematika fanini o'qitishda fanlararo integratsiya o'qituvchilarga yangi imkoniyatlar yaratadi. Integratsiya yordamida o'quvchilar matematik bilimlarni boshqa fanlar bilan bog'lashadi, bu esa bilimlarni yanada chuqurroq tushunishlariga yordam beradi. Masalan
Доказательный фрагмент
«The introduction of innovations and integrations in the process of teaching mathematics in primary grades is important.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe introduction of innovations and integrations in the process of teaching mathematics in primary grades is important. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Primary grades, mathematics teaching methods, innovations, integration, differentsial o'qitish, multimedia vositalari, matematika o'qitish metodlari, o’yin metodlari, fanlararo integratsiya, innovatsiyalar, interfaol ta'lim, pedagogik texnologiyalar, Boshlang'ich sinflar, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014