К содержанию
РецензированоUZ2025

DIQQAT SIFATLARINI TEKSHIRISHDA “SHULTE JADVALLARI” DAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI (SPORTCHILARDA)

FOYDALANISHNING AHAMIYATI (SPORTCHILARDA)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada diqqat sifatlarini tekshirishda “Shultejadvallari”dan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati, metodika orqali sinaluvchilarning diqqat oraligʻi, mustaqil ishsamaradorligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qidiruv tezligi va diqqat miqdorini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Shulte jadvallari, diqqat, xotira, fiksatsiya, konsentratsiya, diqqat oraligʻi, samaradorlik, ruhiybarqarorlik, diqqatning tezligi, diqqat miqdori. Kirish. Shulte jadvallari periferik ko’rishni yaxshilashga, konsentratsiyani rivojlantirishga va vaziyatni tez idrok etish qobiliyatini o’stirishga xizmat qiluvchi texnikadir. Shulte jadvallari turli darajadagi qiyinchiliklarga ega bo’lib, eng ko’ptarqalgan jadvalturi 25 katak ya’ni 5 qator va 5 ustundan iborat kvadratdir. Kataklarda 1 dan 25 gacha bo’lgan sonlar tartibsiz shaklda joylashtirilgan bo’ladi. Jadvaldan foydalanuvchi kishi sonlarni o’sish tartibi bo’yicha yoki teskari tartibda topishi lozim. Ushbu texnika Nemis psixologi va psixoterapevti Valter Shulte tomonidan 1962 yilda fanga kiritilgan. Dastlab texnika inson diqqatining xususiyatlarini o’rganish uchun tajribalar paytida psixodiagnostik test sifatida qo’llanilgan. Shundan so’ng ushbu usul psixiatrlar va psixoterapevtlarning keng doiralarida qo’llanila boshlandi. Usul tadqiqotlar davomida xotira, diqqat va aqlni rivojlantirish uchun samarali ekanligi isbotlandi.Psixiatriya va psixologiya sohasidagi ayrim olimlarning asarlarida shulte jadvalidagi belgilarni izlayotgan odamning holati meditatsiya mashg’ulotlarini bajarayotgan kishining holatiga o’xshatiladi. Bunday holat miyaning ishlash faolligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shulte jadvallarining ahamiyatli tomoni nimada? Aksariyat o`smir sportchilar mashg`ulotlar jarayonida yoki musobaqalashish jarayonida raqib hatti-harakatlarini idrok qilishda turli xil muamolarga duch kelishadi va murakkab qarorlarni tanlovida to`xtalishlar kuzatiladi va bu holat sportchilarlarning natijasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday holatni oldini olishda ushbu jadvaldan foydalanish natijaga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Mavzuning dolzarbligi. Shulte jadvallarini mashq qilish orqali kishida hatti-harakatlar yaxlit ko’rish va vaziyatda to`g`ri keladigan qaror qabul qilish qobiliyati shakllanadi. Usul orqali diqqat, xotira va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad kishi undan muntazam ravishda foydalanib turishi lozim. Maqolaninig maqsadi. “Shulte” jadvallari metodikasi sinaluvchilarning sport mashg`uloti samaradorligini oshirish, periferik ko'rishni o'rgatish va kengaytirish, diqqat oralig'i, mustaqil ish samaradorligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qidiruv tezligi va diqqat miqdori kabi sifatlarini tadqiq qilish maqsadida qo’llaniladi. Mavzu bo‘yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili. Ushbu texnika Nemis psixologi va psixoterapevti Valter Shulte tomonidan 1962 yilda fanga kiritilgan. Keyinchalik Garbov tomonidan qizil va qora stol versiyasi ishlab chiqilgan. 16 0 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Ushbu variant sinaluvchilarning fikrlash qobiliyatini tezlashtirish maqsadida qo’llanadi. Raqamlar qizil va qora rangda berilgan versiyani dastavval, 1dan 24gacha bo'lgan barcha qizil raqamlarni o'sish tartibida, so'ngra 25 dan 1gacha qora raqamlarni kamayish tartibida qidirib topish lozim. Garbov versiyasini qo’llash natijasida qizil va qora ranglar ta’sirida sinaluvchilarning miyasida qonaylanish yaxshilangani tajribalarda aniqlangan. “Shulte” jadvalari metodikasini qayta ishlash orqali sinaluvchilarning ish samaradorligi, vazifani bajarish qobiliyati va aqliy barqarorlik sifatlarini o’lchash me’zonlari psixolog A.Yu.Kozyreva tomonidan ishlab chiqligan. Malkatimizda Z.Nishonova, Z.Ibodullayev, A.Rasulovlar tomonidan metodikaning talabalar bilish jarayonlariga ta’siri va ularda diqqat sifatlarining samaradorlik darajasi o’rganilgan. Maqolaning ilmiy mohiyati.“Shulte”jadvallari dzyudochilarda qo’llash orqali ularning diqqat sifatlarini yanada rivojlantirish mumkin. Metodika dzyudochilarning pereferik ko’rish qobiliyatini rivojlantirish, irodaviy sifatlarini vazifaga safarbar qilish orqali diqqatining kuchini oshirish, chidamlilik sifatini shakllantirish orqali tashqi ta’sirlarga chalg’imaslik, raqib hatti- harakatlarini ko’rish orqali tezkor qarshi harakatlar bajarish ko’nikmasiga ega bo’lish, bir vaqtning o’zida katta hajmdagi ma`lumotlarni idrok qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotning ob’yekti. Tadqiqotning Uchtepa tumani sport maktabida dzyudo sport turi bilan shug`ullanuvchi o`smirlar tanlangan. “Shulte” jadvallari orqali talabalarda periferik ko’rish xususiyati, diqqat sifatlarining mavjud holati va metodikani qo’llash ko’nikmasidan keying ko’rsatgich o’rtasidagi farqlar o’rganilgan. Tadqiqotda qo‘llanilgan usullar. Shulte jadvallari yakka tartibda yoki jamoaviy shaklda qo’llaniladi.

Доказательный фрагмент

«Maqolada diqqat sifatlarini tekshirishda “Shultejadvallari”dan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati, metodika orqali sinaluvchilarning diqqat oraligʻi, mustaqil ishsamaradorligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada diqqat sifatlarini tekshirishda “Shultejadvallari”dan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati, metodika orqali sinaluvchilarning diqqat oraligʻi, mustaqil ishsamaradorligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ruhiybarqarorlik, konsentratsiya, xotira, samaradorlik, diqqat miqdori., fiksatsiya, diqqatning tezligi, diqqat, diqqat oraligʻi, Shulte jadvallari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники