Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDAGI PSIXOLOGIK XIZMATDA AYOLLAR O‘RTASIDAGI QADRIYATLAR TO‘QNASHUVLARI: QAYNONA-KELIN MODELI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH. · Ergasheva Dilafruz
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
В статье освещаются возможности цифровых технологий в современных психологических службах, а также их роль в выявлении и смягчении конфликта ценностей между женщинами, особенно между свекровью и невесткой. Рассматривается, как противоречие между традиционными и современными ценностями проявляется в цифровой психологической среде, а также анализируются подходы психологических служб к изучению и решению данной проблемы. Ключевые слова: цифровые технологии, психологическая служба, конфликт ценностей, свекровь-невестка, психология женщин, стереотипы. Hozirgi kunda zamonaviy psixologik xizmatlar nafaqat individual muammolarni hal qilishda, balki ijtimoiy va madaniy ziddiyatlarni tahlil qilishda ham muhim vositaga aylangan. Jamiyatdagi ayollar o‘rtasidagi qadriyatlar, ayniqsa qaynona-kelin munosabatlari qadimdan qolib ketgan stereotiplar — o‘zbek jamiyatida doimiy psixologik tahlilni talab qiladigan ijtimoiy hodisadir. Bugungi raqamli davrda bu ziddiyatlar va muammolarni psixologik xizmatlar orqali yangi formatda ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbek jamiyatida qaynona va kelin o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p hollarda an’anaviy qadriyatlar va hozirgi zamonaviy qarashlar o‘rtasidagi 15 0 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel to‘qnashuvga aylanadi. Qaynona ko‘pincha avlod vakili sifatida an’anaviy qadriyatlarni ifodalaydi: itoatkorlik, sabr-toqat, oila nomini saqlash, katta-kichik o‘rnini bilish. Kelin esa aksincha, ko‘pincha zamonaviy dunyoqarash, o‘zini anglash, shaxsiy erkinlik, gender tenglik tamoyillarini o‘zida aks ettiradi. Shu sababli, kelin zamonaviy qadriyatlar bilan yashashni istasa, qaynona uni o‘z mezonlariga moslashtirishga harakat qiladi — bu qarama-qarshiliklar psixologik zo‘riqishga, tushunmovchilik va hatto ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi oilada tinchlik yoʻqolishi ham mumkin. Qaynona-kelin rollari ijtimoiy stereotiplar bilan mustahkamlangan. Masalan, "kelin har narsaga chidashi kerak", "qaynona tanbeh bersa, bu o‘rgatishdir", degan qarashlar hali ham ko‘pchilik ongida mavjud. Bu stereotiplar real hayotdagi muloqot, hissiy muvozanat va o‘zaro hurmatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stereotiplarga qarshi kurash psixologik xizmatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak. Zamonaviy raqamli texnologiyalar psixologik xizmatlar ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirdi. An’anaviy yuzma-yuz maslahatlashuv shakllariga qo‘shimcha ravishda, masofaviy, interaktiv va qulay yordam shakllari shakllanmoqda. Ayniqsa, oila doirasidagi ziddiyatlarni, jumladan qaynona-kelin o‘rtasidagi qadriyatlar to‘qnashuvini hal etishda raqamli psixologik yordam samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Psixologik maslahatlar Zoom, Skype, Telegram yoki WhatsApp orqali real vaqt rejimida o‘tkaziladi. Ayol uchun qulay joydan turib murojaat qilish imkoni bilan birga masofa va vaqtlari tejash imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar ayollar, xususan qaynona va kelin o‘rtasidagi psixologik muammolarni aniqlash va bartaraf etishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Ayollar o‘z hissiyotlarini maxfiy, xavfsiz va qulay tarzda ifoda etishlari, mos maslahatlar olishlari mumkin. Shuningdek, raqamli psixologik xizmatlar bu munosabatlarni sog‘lomlashtirishga, qadriyatlar to‘qnashuvini konstruktiv hal qilishga xizmat qilmoqda. Qadriyatlar to‘qnashuvi — bu bir-biriga zid bo‘lgan e’tiqodlar, tamoyillar yoki hayotiy yo‘nalishlarning to‘qnash kelishidir. Shaxslararo munosabatlarda, ayniqsa oilaviy muhitda bunday to‘qnashuvlar ko‘pincha stress, tushkunlik, ziddiyat va hatto ruhiy salomatlik buzilishlariga olib keladi. Psixologik xizmatlarda bu holatlarni aniqlash, tushunish yordam berish va yumshatishda muhim vositaga aylanmoqda. Qadriyatlar to‘qnashuvi shaxsning ichki yoki tashqi konfliktlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ichki to‘qnashuv: Shaxs o‘zi singdirgan an’anaviy qadriyatlar (masalan, itoatkorlik, sabr) bilan shaxsiy erkinlik, o‘zini ifoda etish istagi o‘rtasida ikkilanadi. Tashqi to‘qnashuv: Ikki shaxs (masalan, qaynona va kelin) turli qadriyatlar tizimiga ega bo‘lib, bir-birining tamoyillarini qabul qila olmaydi. Psixologik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar qadriyatlar to‘qnashuvini aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanadilar. Qadriyatlar diagnostikasi testlari (masalan, Schwartz’ning qadriyatlar modeli asosidagi so‘rovnomalar).Suhbat va intervyular orqali muammoni aniqlash (ochiq savollar, motivatsion intervyu). Xulosa qilib aytganda zamonaviy taʼlim tizimida psixologik xizmatlarda raqamli texnologiyalarning qoʻllanilishi qadriyatlar to‘qnashuvini aniqlash va yengillashtirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayollar, xususan qaynona va kelin o‘rtasidagi an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar qarama-qarshiligi psixologik xizmatlarning e’tibor markazida bo‘lishi zarur. Raqamli platformalar, onlayn konsultatsiyalar, mobil ilovalar va virtual psixodiagnostika 15 1 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY
Доказательный фрагмент
«В статье освещаются возможности цифровых технологий в современных психологических службах, а также их роль в выявлении и смягчении конфликта ценностей между женщинами, особенно между свекровью и невесткой.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье освещаются возможности цифровых технологий в современных психологических службах, а также их роль в выявлении и смягчении конфликта ценностей между женщинами, особенно между свекровью и невесткой. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital technologies, psychological service, value conflict, mother-in-law and, qaynona-kelin, stereotiplar., raqamli texnologiyalar, psixologik xizmat, ayollar psixologiyasi, qadriyatlar to‘qnashuvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025