К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALARNING NUTQ RIVOJLANISH BOSQICHLARI

SharofRashidovnomidagi Samarqand Qo’ziyeva Marjona Faxriddinqizi · BOLALARNINGNUTQ RIVOJLANISH BOSQICHLARI (kafedrasi PhD Djuraqulova Dilfuza SharofRashidov Samarqand University)

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola nutqning mohiyati, psixologiyada til va nutq o’rtasidagi farqlar, nutq turlari, oilaviy muhitning bola nutqining rivojlanishiga ta’siriga qaratilgan bo’lib, o’z navbatida nutqning rivojlanish bosqichlari va bugungi kunda bolalarning nutqidagi muommolar dolzarb mavzulardan biri ekanligi to’g’risidayoritilgan. Kalit so’zlar: nutq, til, nutq turlari, kommunikatsiya, monologik va diologik nutq, faol va passiv nutq,ichki nutq, oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, nutqrivojlanishbosqichlari. Kirish: Nutq bolaning shaxs sifatida shakllanishida va ijtimoiy hayotga moslashishida muhim rol o‘ynaydi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab atrof-muhit bilan aloqaga kirishadi va asta-sekinlik bilan nutq faoliyati rivojlana boshlaydi. Nutq rivoji bolaning aqliy, emotsional va ijtimoiy jihatdan o‘sishini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Til-ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til va tafakkur bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Nutq faoliyati- insonlar tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirib ularni kelgusi avlodalarga yetkazish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Demak, til aloqavositasi, nutqfaoliyati esa, aloqa jarayoning o‘zihisoblanadi. Psixologiyada “til” va “nutq” tushunchalarini ajratish odatiy holdir. Til- bu odatiy belgilar tizimi bo’lib, ular yordamida odamlar uchun ma’lum ma’no va ma’noga ega bo’lgan tovushlar kombinatsiyasi uzatiladi. Tilning asosiy vazifasi muloqotni amalga oshirishdir. Tilshunos F. De. Saussure fikriga ko’ra, til ijtimoiy mahsulot bo’lgani kabi, u ham tilni alohida shaxslar foydalanishi uchun umuman jamiyat tomonidan qabul qilingan ifoda mahsuli bo’lgan qoidalar majmui deb hisoblaydi1. Nutq-bu til orqali odamlar o’rtasidagi muloqot jarayoni bo’lib, birovning nutqini gapirish va tushunish uchun siz tilni bilishingiz va undan foydalana olishingiz lozim. “Nutq faqat kommunikatsiya vositasi bo’lib qolmaydi, balki insonning fikrlash faoliyatining asosiy vositasi hamdir. Nutq fikrlashni tashkil etadi va rivojlantiradi”2. Vygotskiyga ko’ra, nutq faqat odamlar o’rtasidagi fikr almashish vositasi emas, balki ichki fikrlash jarayonini shakillantiradi deb hisoblaydi. Demak, nutq va fikrlash bir-birini shakillantiruvchi va mustahkamlovchi jarayon hisoblanadi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqiladi va odamlarning ijtimoiy ongida ularning ijtimoiy mavjudligini aks ettirish shaklidir. Nutq- harakatdagi til bo’lib, til orqali muloqot qilish faoliyati hisoblanadi. Nutq yordamida odamlarfikralmashishadi va bir-biriga ta’siro’tkazishadi. Materiallar va uslublar. L.S.Vigotsky bola shaxsi ruxiy dunyosi taraqqiyotida muomilaning o’rnini tushuntirib berdi. Uning fikrlariga ko’ra, har bir bolaning shaxsiy faolligining namoyon bo’lishidaeng muhimomillardan birikattalar bilan aloqada bo’lishi deb hisoblaydi. V.M. Bexterovning fikriga ko’ra, bolaning atrofdagi kishilar bilan muloqoti qanchalik xilma-xil vako’pbo’lsa,shu darajada uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli kechadi. 1FerdinanddeSaussure“Coursdelinguistiquegenerale”France-1916 2L.S.Vigotskiy“Мышлениеиречь”Москва-1934 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA7R3NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI O.A. Pravdinaning fikriga ko’ra, ontogenez bosqichida bolaning so’z boyligi sifat va miqdor o’zgarishlari judatezrivojlanadi. Nutq o‘znavbatida 2ga bo‘linadi: faol nutqva passiv nutq. Faol nutq bu- so‘zlovchining nutqi, passiv nutq esa tinglovchining nutqidir. Tashqi nutq o‘z navbatida yozma va og‘zaki nutqqa bo‘linadi. Muloqotning turli shartlariga qarab og‘zaki nutq monolog va dialog nutq shakliga bo‘linadi. Monolog nutq- bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Monolog nutqda faqat bir kishi gapiradi, qolganlar esa suhbat jarayonida qatnashmasdan faqat tinglashadi. Monologik nutqning barcha shakillarining umumiy va xarakterli xususiyati shundaki tinglovchiga nisbatan aniq yo’naltirilganligidadir. Monologik nutq tabiatan keng va fikrlarning izchil taqdim etilishi bilan hamda oldindan tayyorgarlik talab etishi bilan boshqa nutq shakillaridan farq qiladi. Diologik nutq- ikki yoki undan ortiq kishilar o‘tasidagi nutq hisoblanadi. Diolog nutq- suhbat davomida ikki yoki undan ortiq shaxslarning navbatma-navbat gapiradigan suhbatidir. Bunday suhbatning yo’nalishi va natijalari bevosita suhbatga qatnashayotgan ishtirokchilarning fikrlari, ma’qullashlari yoki e’tirozlari bilan o’z navbatida belgilanadi. Albatta kundalik va oddiy suhbatlarda diologik nutq rejalashtirilmaydi. Diologik nutq paytida suhbatdoshlar uchun muhim talab qo’yiladi. Undan biri suhbat davomida sheriklarining so’zlarini oxirigacha tinglash, ularningg e’tirozlarini tushunish ularga javob berish va e’tirozlarni qabul qilish. Yozma nutq- monologik nutq turlaridan biri bo‘lib, yozma nutq monologik nutqqa qaraganda kengroqdir. Ichki nutq- fikrlashning og’zaki qobig’idir. Ichki nutq o’ziga xosdir. Faoliyatining alohida turi bo‘lib, so‘zlarni chala aytsak ham tushunaveramiz. Ichki

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola nutqning mohiyati, psixologiyada til va nutq o’rtasidagi farqlar, nutq turlari, oilaviy muhitning bola nutqining rivojlanishiga ta’siriga qaratilgan bo’lib, o’z navbatida nutqning rivojlanish bosqichlari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola nutqning mohiyati, psixologiyada til va nutq o’rtasidagi farqlar, nutq turlari, oilaviy muhitning bola nutqining rivojlanishiga ta’siriga qaratilgan bo’lib, o’z navbatida nutqning rivojlanish bosqichlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nutq turlari, faol va passiv nutq, monologik va diologik nutq, kommunikatsiya, nutq rivojlanish bosqichlari., til, oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, ichki nutq, nutq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники