Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KSILITOLNING KSEROSTOMIYA SIMPTOMLARINI YENGILLASHTIRISHDAGI O‘RNI: GEMODIALIZDAGI SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILI MAVJUD BEMORLAR MISOLIDA KLINIK KUZATUV
KSILITOLNINGKSEROSTOMIYASIMPTOMLARINI YENGILLASHTIRISHDAGI (Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri, Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti) · BEMORLARMISOLIDAKLINIK KUZATUV (Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri, Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti)
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada gemodializ seansi o`tkaziladigan surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) bilan og‘rigan bemorlarda kserostomiya simptomlarining klinik ifodasi va ularni kamaytirishda ksilitol qo‘llashning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida 108 nafar bemor ishtirokida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, og‘iz qurish darajasi va ksilitol asosidagi vositalar yordamida yengillik darajalari baholandi. Natijalar ksilitolning og‘iz shilliq qavatini namlaydigan, antibakterial va remineralizatsiya qiluvchi xususiyatlari tufayli simptomlarni kamaytirishga ijobiyta’sirko‘rsatishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: Ksilitol, kserostomiya, gemodializ, surunkali buyrak yetishmovchiligi, og‘iz qurishi,og‘izgigiyenasi. KIRISH. Kserostomiya — og‘iz bo‘shlig‘ida so`lak yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan og‘iz qurishi holatidir. Bu holat ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) bilan og‘rigan, doimiy gemodializda bo‘lgan bemorlar orasida keng tarqalgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gemodializ bemorlarining 60–80 foizida kserostomiya kuzatiladi, bu esa og‘iz shilliq qavatining noqulayligi, karies, yallig‘lanish va infektsiyalar xavfini oshiradi (Alves et al., 2021). Ksilitol — tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi moddadir. U antibakterial, kariyesga qarshi va remineralizatsion xususiyatlarga ega bo‘lib, og‘iz gigiyenasini saqlashda muhim vosita hisoblanadi. Bu tadqiqot ksilitolning kserostomiya simptomlariga ta’sirini baholashga qaratilgan bo‘lib,SBY bilan og‘rigan gemodializdagi bemorlar misolidaolib borildi. Tadqiqot maqsadi: Gemodializ qilinayotgan surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ksilitol asosidagi vositalarni qo‘llash orqali kserostomiya simptomlarini kamaytirish samaradorligini aniqlash. MATERIALLARVAUSLUBLAR Tadqiqot ishtirokchilari: Tadqiqotga jami 158nafar ishtirokchi jalb qilindi: 108 nafar SBYli vagemodializqilinayotgan bemorlar (59 erkak, 49ayol, yoshi 18–75) 30 nafar SBYli, ammo gemodializqilinmayotgan bemorlar 30 nafar sog‘lom nazorat guruhi Baholash usullari: 1. Og‘izqurishi darajasi: VAS (vizualanalog shkalasi)yordamida 0dan 10gachabaholandi. 2. So`lak oqimi: Stimullangan vastimullanmagan holatda o‘lchandi. 3. Ksilitolvositasi: Ishtirokchilarga kuniga 3marta 6hafta davomida ksilitolasosidagi og‘iz sprey yoki pastil berildi. 4. Gigiyena baholash: OHI-S indeksi (Simplified Oral Hygiene Index)asosidabaholandi. 5. Statistiktahlil: SPSS25.0dasturidan foydalangan holdaANOVA vat-test qo‘llandi. NATIJALAR 1. Og‘izqurishi VAS darajalari: worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA1R51NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Tadqiqot boshida SBY + gemodializ guruhi ishtirokchilarida og‘iz qurishi VAS ballari o‘rtacha 7.9±1.2 ni tashkil etdi. 6 haftalik ksilitol terapiyasidan so‘ng bu ko‘rsatkich 4.2±1.5 gacha pasaydi (p<0.01). 2. So`lak oqimio‘zgarishi: Ksilitol qabul qilgan bemorlarda stimullangan so`lak oqimi o‘rtacha 0.21 ml/min dan 0.38 ml/mingacha oshdi (p<0.05). 3. OHI-S indeksi: Terapiya oldidan OHI-S ko‘rsatkichi 3.6 bo‘lsa, davolashdan so‘ng 2.1 ga tushdi. Bu esa og‘iz gigiyenasiningancha yaxshilanganini ko‘rsatadi. 4. Bemorlarning shikoyatlari: Ko‘pchilik bemorlar og‘izdagi qurish, yallig‘lanish, yiringlash va ovqatlanishdagi noqulayliklarning kamayganini qayd etdilar. MUHOKAMA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ksilitol asosidagi vositalar gemodializga bog‘liq kserostomiya simptomlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ksilitol og‘izdagi bakteriyalarning kislotalilik darajasini pasaytiradi, remineralizatsiyani rag‘batlantiradi va so`lak oqimini oshiradi (Mäkinen et al., 2001; Salliet al., 2020). Bemorlar uchun ksilitol pastil yoki sprey shaklida qo‘llanilishi ayniqsa qulay bo‘lib, bu ularni uzoq muddat foydalanishga undaydi. Shu bilan birga, ksilitolning boshqa davolovchi komponentlar bilan kombinatsiyasi (masalan, aloe vera yoki betain) yanada yuqori samaradorlikkaolibkelishi mumkin. XULOSA Ksilitol asosidagi vositalar og‘iz bo‘shlig‘idagi qurish va diskomfortni kamaytirishda samarali ekani isbotlandi. Ularning qo‘llanilishi gemodializdagi SBY bemorlarida og‘iz gigiyenasini saqlashda muhim o‘rin tutadi. Ksilitol bilan og‘izni namlaydigan vositalarni muntazam qo‘llash bemorning hayot sifatini yaxshilaydi vaog‘izbo‘shlig‘ikasalliklarining oldini oladi. Kelgusidagi tavsiyalar: Ksilitolnimahalliy stomatologik amaliyotda keng joriy etish Ksilitolasosidagi yangi formulalarni ishlab chiqish Ko‘proq ko‘pmarkazlitadqiqotlar o‘tkazish FOYDALANILGANADABIYOTLAR 1. Alves, A. et al. (2021). Xerostomia in Hemodialysis Patients: A Cross-Sectional Study. Journal ofRenal Nutrition,31(1), 56–62. 2. Mäkinen, K. K. (2001). Sugar alcohols, caries incidence, and remineralization of caries lesions:aliterature review. International Journal ofDentistry. 3. Salli, K. M. et al. (2020). Xylitol's Health Effects: A Review of the Literature. Journal of Functional Foods, 70. 4. Navazesh, M. (2003). Dry mo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada gemodializ seansi o`tkaziladigan surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) bilan og‘rigan bemorlarda kserostomiya simptomlarining klinik ifodasi va ularni kamaytirishda ksilitol qo‘llashning samaradorligi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada gemodializ seansi o`tkaziladigan surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) bilan og‘rigan bemorlarda kserostomiya simptomlarining klinik ifodasi va ularni kamaytirishda ksilitol qo‘llashning samaradorligi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kserostomiya, og‘iz qurishi, Ksilitol, og‘iz gigiyenasi., surunkali buyrak yetishmovchiligi, gemodializ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014