К содержанию
РецензированоEN2025

MEFEDRONNI SUVLI MUHITDAN EKSTRAKSIYA QILISH USLUBLARINI ISHLAB CHIQISH

Abduxaliqova Nargiza O`ktamovna · Yuldashev ZakirdjanAbidovich

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

This article presents the development of an extraction method for mephedrone — one of the most widely used amphetamine-type substances among users of new psychoactive compounds — from aqueous solutions using organic solvents. The influence of various factors on the extraction process was studied. According to the results, the maximum extraction efficiency of mephedrone with ethyl acetate at pH = 4.01 reached 86.2%. The effects of the number of extractions and the presence of electrolytes on mephedrone recovery were also investigated. The developed method allows for the effective isolation of mephedrone from biological samples in high yield, purification from interfering substances, and application in forensicchemical laboratory analyses. Keywords: mephedrone, amphetamine, pH medium, electrolyte, extraction, number of extractions, organic solvents. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA1R14NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Ishning dolzarbligi: toksikologiya va narkologiya sohasidagi epidemiologik holat noqonuniy bozorda yangi psixoaktiv moddalar (YaPM) paydo boʻlishi bilan sezilarli darajada oʻzgardi[1]. Ushbu masala boʻyicha koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borilganiga qaramay, YaPM tarqalish koʻlami hali ham aniq baholanishi qiyin. Yangi psixoaktiv moddalar orasida eng keng tarqalgan sinflardan biri amfetaminlardir[2]. Ushbu sinf vakillari orasida “iste'molchilar” orasida eng mashhurlari mefedron hisoblanadi[4]. Ishning maqsadi: mefedronni suvli muhitdan ekstraksiya qilish uslubini ishlab chiqish hamda bujarayonga organik erituvchilar tabiati vapH-muhit koʻrsatkichining ta'sirlarini oʻrganish. Usul va uslublar. Mefedronni ekstraktsiya qilishda ekstragent sifatida xloroform (qaynash harorati (bundan keyin –q.h.)61°C), benzol (q.h. 81°C), geksan (q.h.69°C), etilatsetat (q.h. 75 °C), dietil efiri (q.h. 35 °C) kabi erituvchilardan foydalanildi.tahlillarda mefedronni suvli aralashmalardan maksimal ekstraksiyalanadigan pH-muhitni aniqlash uchun turli pH-muhit koʻrsatkichlariga ega eritmalar tayyorlandi. Eritmalarni tayyorlash uchun pH-muhit koʻrsatkich qiymatlari 1,88; 3,56; 4,01; 6,86; 9,18; va 12,45 boʻlgan standart fiksanallardan foydalanildi. Tayyorlangan eritmalarni pH koʻrsatkichi «Metler Toledo» rusumli pH-metr yordamida aniqlab olindi. Tajriba uchun mefedronning standart namunasidan 0,01 g (a.t) olinib sigʻimi 100 ml boʻlgan oʻlchov kolbalariga solindi va 4-5 ml tozalangan suvda eritilib, soʻngra eritma hajmi ushbu suv yordamida belgisigacha yetkazildi. Ushbu ishchi standart eritmasidan 1 ml olinib sigʻimi 100 ml boʻlgan konussimon kolbalarga solindi va ularga turli pH-muhitiga mos universal bufer eritmalardan 9,0 ml qoʻshilib yaxshilab aralashtirilib 1 soatga xona haroratida qoldirildi. Belgilangan vaqt oʻtgach ushbu aralashmalar ajratuvchi voronkalarga oʻtkazildi va har biriga alohida-alohida 10 ml 5 xil organik erituvchilar qoʻshildi. Aralashmalar 15 daqiqa davomida chayqatildi. Organik erituvchilar qatlamlari suvli qismlardan toʻliq ajralgach ularni chinni idishlarga 5 g suvsiz natriy sulfat tuzi solinib aynan shu erituvchi bilan namlangan filtr qogʻozlaridan oʻtkazib suvli qatlamdan ajratildi. Soʻngra filtr qogʻozlar shu erituvchi bilan yuvildi va yuvilgan qismlar asosiy filtratlarga qoʻshildi. Organik erituvchi yordamida olingan ekstraktlar harorati 40-50 °S boʻlgan suv hammomida portlatildi. Chinni idishdagi quruq qoldiqlar 4-5 ml tozalangan suvda eritildi va ularning sigʻimi 25 ml boʻlgan oʻlchov kolbasiga oʻtkazildi, soʻngra belgisigacha tozalangan suv bilan etkazildi. Kolbadagi eritmalar yaxshilab aralashtirilib, ekstraksiyalangan mefedronni miqdori UB - spektrofotometrik usulda tahlil qilindi. Izlanishlarning keyingi bosqichida mefedronni suvli muhitdan ekstraksiyasiga ekstraksiya soni va elektrolitlarni ta'siri oʻrganildi. Tahlillarda elektrolit sifatida natriy xloridning 5% va ammoniy sulfatning 25% eritmalaridan foydalanildi. Ekstraktlar ajratilib yuqorida keltirilgan tartibdaquruq qoldiq olinibundaekstraksiyalangan mefedronning miqdori aniqlandi. Natijalar: tahlil qilinayotgan mefedronni ekstraksiyalashda qoʻllanilgan organik erituvchilar (xloroform, benzol, geksan, dietil efiri va etilasetat) bilan kislotali va ishqoriy sharoitlarda turli xil natijalar olindi. Mefedronni ekstraksiyalashda etilasetat bilan pH-muhit qiymati 4,01 boʻlganda uni suvli qavatdan organik erituvchi qavatiga oʻtishining maksimal darajasi 87,0% tashkil qildi. Tajribalarda xloroform, benzol, geksan, dietil efiri kabi organik erituvchilar mefedronni ajratib olishda ekstraksiyalash darajasi nisbatan kam ekanligi qayd etildi. Shuning uchun mefedronni suvli muhitdan ekstraksiya qilishda pH-muhitni 4,01 keltirish hamda organik erituvchi sifatida etilasetat dan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi. Natijalar 1-jadval va 1-rasmdakeltirilgan. 1-jadval. Mefedronni ekstraktsiya jarayoniga organik erituvchi tabiati va pH

Доказательный фрагмент

«This article presents the development of an extraction method for mephedrone — one of the most widely used amphetamine-type substances among users of new psychoactive compounds — from aqueous solutions using organic s…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the development of an extraction method for mephedrone — one of the most widely used amphetamine-type substances among users of new psychoactive compounds — from aqueous solutions using organic s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mephedrone, amphetamine, pH medium, electrolyte, extraction, number of, organic erituvchilar., mefedron, amfetamin, pH-muhit, ekstraksiya, eksraksiya soni, elektrolit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники