К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARDA RANGTASVIR VA ULARNING JANRLAR HAQIDA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH

TALABALARDARANGTASVIRVAULARNING JANRLAR HAQIDA · TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH · Pardayev Baxtiyor · Xamraqulova LazizaFarxod qizi

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

Maqolada talabalarda rangtasvir va ularning janrlar haqida tushunchalarini shakllantirishbo’yichama’lumotlar keltirilgan. Kalit so`zlar: Rang, janr, kamalak rang, garmoniyasi, kolorit, kontrast, kompozitsiya, rasm va ritm. O‘rta Osiyoda ranglar haqidagi ta’limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik va devorlarga fresko pannolar ishlash bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etgan. Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini vashu ishgabog‘liq kimyoviy jihatlarni o‘rganganlar. Ranglarning tabiatda qanday hosil bo‘lishi va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg‘onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Leon Battista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning hususiyatlari to‘g‘risida bayon qilganlar. Atoqli va mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiyasosda tekshirganlar. Rang muammosi haqida hozirgi vaqtda ham ko‘pgina fan sohalarida ilmiyishlar olib borilmoqda. Fizika fani rang tabiiy quvvati bilan qiziqsa, fiziologiya ― odam ko‘zi orqali yorug‘ni sezib rangga aylantirishni, psixologiya ― rangni idrok qilish muammosi va uning inson ruhiyatiga ta’sir qilib har xil his–tuyg‘u hosil qilishi, biologiya ― tirik jonivorlar hayotida rangning roli va ahamiyati bilan qiziqadi. Ranglar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish doimo dunyo olimlarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Bu muammoga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir ham dunyoda yagona bo‘lgan Tokio Rang institutida inson qalbiga ta’sir etadigan tabiat hodisasi ― rang atroflicha o‘rganiladi. “Rang va inson” muammosini turli mutaxassislikdagi olimlar o‘rganishayapti. Ular orasida shfokorlar, fiziologlar, kimyogarlar, fiziklar, muhandislar bor. Ko‘k rang ko‘zning qon bosimini kamaytirib, qonning qon tomirlaridan normal yurishini ta’minlaydi. Buni professor S.B.Kravkov aniqladi, uning shogirdlari esa rang bilan davolash usuliniishlab chiqdilar. Gloukomakasaligachalingan kishilaruchun hozirko‘kshishali ko‘zoynaklar ishlab chiqiladi. Bularning hammasi va boshqa faktlar turli rang kishi organizmiga, asab sistemasiga va avvalo ko‘zga turlicha ta’sir qilishidan dalolat beradi.1 Ranglar garmoniyasi, kolorit, kontrastlar mavhumiy ranglarning go‘zal birikmasi haqiqatan tabiatda mavjud va rassomlar idrok qiladi, umumlashtiradi, qayta–qayta yoki o‘zgacha qabul qiladi. Shu ma’noda tabiat (yoki natura) rassomlar uchun asosiy rang his qilishmanbai hisoblaiadi(1-rasm). 1Nabiyev M.Rangshunoslik varangtasvir texnologiyasi. –T.: O‘qituvchi,1995,–15b. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA1R43NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Rassom asar yaratar ekan ranglarni o‘z didiga, uslubiga, maqsadiga bo‘ysundirgunga qadar izlaydi. Uning tagidaalbatta rang tushunchasi, rang nazariyasi va qonuni yotadi. O‘znavbatida rangtasvir ―tasviriy 1–rasm. Grafikyorug‘likspektri. san’atning keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, tasvir mazmuni va mazmun yo‘nalishiga qarab bir qatorjanrlarga bo‘linadi: animal, tarixiy, maishiy, portret, manzara, natyurmort, batal va boshqalar. Rangtasvir biror qattiq yuzaga rangli ashyolarda, masalan bo‘yoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar hisoblanadi. Rangtasvir voqelikni badiiy tasvirlash yordamida talqin qilishdir. Rangtasvir asarining g‘oyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi. Syujetli rassom rangtasvirning ifoda vositalari (kompozitsiya, rasm, rang va ritm) orqali ro‘yobga chiqaradi. Rangtasvirasarlari asos (maxsusishlov berilgan mato, yog‘och, qog‘oz,tarshon, shisha, metal va boshqalar)ga rang qatlami (moybo‘yoq, guash, temnera, 2–rasm. Asosiy va qo‘shimcha ranglar. akvarel, akril, rangli shisha va rangli tosh) ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lak qatlamidan iboratbo‘ladi(2-rasm). Rangtasvirning muhim tasviriy vositasi ― rang. Rangtasvirning tasviriy ifoda vositasi va ishlash usulidaishlatiladigan rang ― qurollar xususiyati va rang eritgichlari asosiga bog‘liq (masalan, yuzasi silliq yoki g‘adir–budurberilishiga qarab asar ko‘rinishi turlichata’sirko‘rsatishi mumkin). Ushbu o‘quv qo‘llanmada yosh rassomlar uchun tasviriy san’atning rangtasvir yo‘nalishidagi ba’zirang muammosiva qirralari haqidafikr yuritishga harakat qilindi. Qalamtasvirni ranglar bilan qo‘shib shaklni boyitish rangtasvirning ajoyib xususiyati hisoblanib, rangtasvir ham qalamtasvir singari shaklni qurishning qat’iy qonun-qoidalariga asoslanadi. Rangtasvirni o‘rganish – bu shakllarni rangda qurish vositalari va usullarini o‘rganish demakdir. Tekislikda atrof muhit bilan bog‘liq ravishda buyum shakli rangini ko‘ra olish va to‘g‘ri ifodalash –ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Rang rassom tushunchasida nimani anglatadi? Yoritilayotgan quyosh nuri ta’siriga bog‘liq ravishda buyum sirtida aks etib tomashabinda ma’lum bir hi

Доказательный фрагмент

«Maqolada talabalarda rangtasvir va ularning janrlar haqida tushunchalarini shakllantirishbo’yichama’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada talabalarda rangtasvir va ularning janrlar haqida tushunchalarini shakllantirishbo’yichama’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kontrast, kolorit, rasm va ritm., Rang, kompozitsiya, garmoniyasi, janr, kamalak rang
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники