К содержанию
РецензированоUZ2025

SO‘Z MA’NOSI USTIDA ISHLASHDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH USULLARI

SO‘Z MA’NOSIUSTIDAISHLASHDABOSHLANG‘ICH SINFO‘QUVCHILARING · SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHUSULLARI · Husenova MuhtaramHusniddin qizi

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

This article presents scientific views on the reforms being implemented in primary education today, as well as ways andmethods for increasing vocabulary in primary education. Keywords: primary education, reforms, vocabulary, advanced technologies, quality of education, word, phrase, new meaning, thinking, culture, comparison of word meanings, word tracking. Ma’lumki, shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugunki kunda ta’lim sohasida ko‘zga ko‘rinadigan bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Shuningdek, mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim sohasiga oid bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, shuningdek o‘quvchilarning bilim olishda samaradorligini yaxshilash va zamonaviyta’limtizimiga o‘tish maqsadidayo‘lga qo‘yilgan. Ularquyidagilar: - ta’lim dasturlarining yangilanishi: 2021-yildan boshlab, boshlang‘ich ta’limda yangi o‘quv dasturlari va o‘quv kitoblari joriy qilindi. Bu dasturlar o‘quvchilarga ko‘proq interaktiv va kreativ yondashuvlarni taklifqilishnimaqsad qilgan; - pedagogik kadrlar malakasini oshirish: o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik metodlarni o‘rgatish, ularning malakasini oshirish uchun turli seminarlar va treninglar o‘tkazilmoqda. O‘qituvchilarni ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishtirish va ularga yangi metodlarni joriy qilishzarurati kiritildi; - texnologiyalarni joriy etish: boshlang‘ich ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashni kuchaytirish rejalashtirilgan. O‘qituvchilarga smartfonlar, planshetlar, interaktiv ta’lim materiallari orqalidars o‘tish imkoniyatlari yaratilmokda; - o‘quvchilarning faoliyatini baholash tizimining takomillashuvi: o‘qishning nafaqat an'anaviy baholash (yig‘ma ballar) tizimi, balki o‘quvchilarning individual rivojlanishiga ham e'tibor qaratiladi. Shuningdek, baholash usullari yanada ijtimoiy va psixologik ko‘nikmalarga asoslangan; - inkluziv ta’lim: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni inkluziv ta’lim muhitiga jalb qilish, ya’ni nogironlik va boshqa ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maxsus sharoitlar yaratish yo‘lga qo‘yilgan; - o‘quvchilarni mehr-oqibat, jamiyatga hurmat ruhida tarbiyalash: ta’lim jarayonida o‘quvchilarga jamiyatda faol fuqarolar sifatida o‘zlarini tutish, mehnatsevarlik va jamoaviy ishlarniqadrlashni o‘rgatish ham dolzarb masalalardan biridir; - bugungi islohotlar, shuningdek, global ta’lim tizimining yutuqlari va tajribalari asosida amalga oshirilmoqda, shuning uchun boshlangan o‘zgarishlar uzoq muddatda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Insonning so‘z boyligi uning bilim darajasini, fikrlash tarzini, madaniyatini va dunyoqarashini worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA1R71NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI ko‘rsatadi. So‘zlar yordamida odam o‘zini ifodalashi, boshqalar bilan muloqot qilishi va o‘z fikrlarini izohlashi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirish ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishasosan murakkab jarayon hisoblanib,uasosan quyidagi yo‘llarbilan amalga oshiriladi: 1. O‘quvchilarni ularga notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish. O‘quvchi nutqidafaqat tilimizdaijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tufayli paydo bo‘layotgan so‘zlaremas, balki ular birinchi marta duch kelayotgan mavjud so‘zlar ham yangidir. Chunonchi, badiiy matnlarda ular bo‘lma (xona), ishkom (tok so‘risi), omi (savodsiz, o‘qimagan), sinchalak (chittak), so‘ri (katta taxta karavot), hamiyatli (oriyatli) kabi bir qator so‘z va iboralarga duch keladilarki, ular tilimizda yangi so‘z emas, ammo o‘quvchi uchun yangidir. O‘quvchilarni bunday yangi so‘zlar bilan tanishtirib borish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi. Bundan tashqari, o‘quvchi har kuni fan asoslarini o‘rganish jarayonida, sinfdan va maktabdan keyingi faoliyatida qanchadan-qancha yangi so‘zlarga duch keladi va ularning ma’nolarini bilib oladi. O‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar bilan boyitishda, ayniqsa, ona tili fanining imkoniyatlari kattadir. Til hodisalarini o‘rganish jarayonida ularga notanish bo‘lgan yangi so‘zlar va atamalarning ma’nolari izohlab boriladi. 2. O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. Ma’lumki, o‘quvchi ko‘p ma’noli so‘zlarnig barcha ma’nolarini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydi. Bu murakkab jarayon bosqichma-bosqich amalga oshadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyi sinflarda so‘zning ma’lum bir ma’nosiga duch kelsa, yuqori sinflarda shu so‘zning boshqa ma’nolari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Buning uchun ona tili o‘qituvchisi o‘quvchilar nutqini doimiy tahlil qilib borishi iste’molda bo‘lmagan ko‘p ma’noli yoki ma’nodosh so‘zlani aniqlashi, ularni qaysi yo‘llar bilar o‘quvchi nutqiga olib kirish choralarini ko‘rishi lozim. Tilning barcha sathlarini o‘rganishda omonimlar, ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, uyadosh so‘zlar, tasviriy ifoda va iborala

Доказательный фрагмент

«This article presents scientific views on the reforms being implemented in primary education today, as well as ways andmethods for increasing vocabulary in primary education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents scientific views on the reforms being implemented in primary education today, as well as ways andmethods for increasing vocabulary in primary education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, reforms, vocabulary, advanced technologies, quality of education, so‘zlarni kuzatish., so‘z, ibora, islohotlar, yangi ma’no, ta’lim sifati, madaniyat, so‘z ma’nolarini taqqoslash, boshlang‘ich ta’lim, fikrlash, so‘z boyligi, ilg‘or texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники