К содержанию
РецензированоUZ2025

ZIYONET AXBOROT TAʼLIM TARMOGʻI VA UNING LOYIHALARI

Mirzaakbarov DilshodDovlatboyevich · Rahmonova Dilnoza Ortiq qizi · ORCID ID: ---

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida taʼlim tizimini raqamlashtirishda muhim o‘rin tutgan ZiyoNET axborot taʼlim tarmog‘ining asosiy vazifalari, tarkibiy qismlari va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalari yoritilgan. Maqola ZiyoNETning taʼlim tizimini takomillashtirishdagi ahamiyatini, masofaviy o‘qitish, elektron kutubxona va ilmiy ma’lumotlar bazasi, shuningdek, interaktiv testlar va o‘quv materiallari taqdimoti kabi imkoniyatlarini o‘rganadi. Tarmoqning istiqbollari va uning taʼlimga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ZiyoNET, taʼlim tarmog‘i, masofaviy taʼlim, elektron kutubxona, interaktiv testlar, ilmiy loyihalar, innovatsiyalar. Kirish: ZiyoNET axborot taʼlim tarmog‘i O‘zbekistonning taʼlim tizimini raqamlashtirishda, yangi texnologiyalarni joriy etishda va ilmiy resurslar bilan taʼminlashda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tizimini modernizatsiya qilish va global taʼlim standartlariga moslashtirishda ZiyoNET tarmog‘i o‘zining innovatsion yondashuvlari va yangi platformalari orqali ajralib turadi. Mazkur maqolada ZiyoNET tarmog‘ining asosiy faoliyatlari, uning taʼlim tizimigaqo‘shayotgan hissasi vaistiqbolli loyihalari haqidabatafsil maʼlumot beriladi. Asosiy qism: ZiyoNET axborot taʼlim tarmog‘i 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston taʼlim tizimini yangilashda va ilmiy-ma’rifiy sohada muhim vazifalarni bajaradi. ZiyoNET tarmog‘i, asosan, onlayn taʼlim, ilmiy resurslar, masofaviy o‘qitish, hamda taʼlim tizimini raqamlashtirish orqali o‘z faoliyatini olib boradi. ZiyoNETning texnologik asoslari yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydigan va foydalanish qulayligini oshiradigan turli web- texnologiyalar, shu jumladan PHP, JavaScript, HTML va boshqa dasturlash tillari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu tarmoq taʼlimning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangiliklar va resurslar taqdim etadi. ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi – O‘zbekiston taʼlim tizimini axborot texnologiyalari bilan yanada mustahkamlash va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishdir. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: taʼlim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish; masofaviy taʼlimni rivojlantirish va talabalar uchun onlayn resurslarni yaratish; ilmiy resurslarni yagona platforma orqali taqdim etish va ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish; o‘zbekistonning taʼlim tizimini global miqyosda tanitish va unga integratsiyalashgan tizimlarni joriy etish. ZiyoNET tarmog‘i bir necha asosiy komponentlardan tashkil topgan. Ularning har biri taʼlim tizimini raqamlashtirishda va ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi: 1. Elektron kutubxona va ilmiy maʼlumotlar bazasi: ZiyoNETning elektron kutubxonasi o‘quvchilarga, talabalarga va ilmiy xodimlarga ilmiy va o‘quv resurslarini taqdim etuvchi eng muhim vosita hisoblanadi. Elektron kutubxona resurslaridan foydalanish orqali foydalanuvchilar o‘z bilimlarini kengaytirish, ilmiy izlanishlar uchun zarur bo‘lgan materiallarni olish va o‘quv worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA1R78NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI jarayonini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 2. Masofaviy o‘qitish: ZiyoNET platformasida masofaviy o‘qitish imkoniyatlari keng. Talabalar va o‘quvchilar onlayn tarzda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lib, interaktiv materiallar, videodarslar, testlar va topshiriqlar orqali o‘qish jarayonini samarali o‘tishini taʼminlaydi. 3. Interaktiv testlar va o‘quv materiallari: ZiyoNET platformasida o‘quvchilarning bilimlarini baholash va mustahkamlash uchun turli darajadagi interaktiv testlar mavjud. Bu testlar foydalanuvchilarga o‘z bilim darajalarini tekshirish va yanada chuqurlashtirish imkoniyatini beradi. 4. Abituriyentlar portali: abituriyentlar portali, ZiyoNET tarmog‘ining yana bir muhim tarkibiy qismidir. Ushbu portal orqali abituriyentlar oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bu platforma orqali o‘qish joylari, grantlar va stipendiyalar haqida maʼlumotlartaqdimetiladi. ZiyoNET tarmog‘i O‘zbekistonda taʼlim tizimini raqamlashtirishda va yangi texnologiyalarni joriy etishda asosiy platformalardan biriga aylandi. Hozirda amalga oshirilayotgan loyihalar taʼlim jarayonini interaktiv va samarali qilishga qaratilgan: yuqori texnologiyalar asosida masofaviy taʼlim tizimining takomillashtirilishi; elektron kutubxona va ilmiy maʼlumotlar bazasining kengaytirilishi; yoshlar uchun innovatsion o‘quv va ilmiy platformalar yaratish; ZiyoNETning istiqbolli loyihalari taʼlim tizimini global taʼlim standartlariga moslashtirish va xalqaro miqyosda raqobatbardosh qilishgaxizmat qiladi. Xulosa: ZiyoNET axborot taʼlim tarmog‘i O‘zbekiston taʼlim tizimining raqamlashtirilishida muhim o‘rin tutadi. Uning texnologik va ijtimoiy jihatlari taʼlim sifatini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish va yoshlar salohiyatini rivojlanti

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida taʼlim tizimini raqamlashtirishda muhim o‘rin tutgan ZiyoNET axborot taʼlim tarmog‘ining asosiy vazifalari, tarkibiy qismlari va amalga oshirilayotgan innovatsion loyih…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida taʼlim tizimini raqamlashtirishda muhim o‘rin tutgan ZiyoNET axborot taʼlim tarmog‘ining asosiy vazifalari, tarkibiy qismlari va amalga oshirilayotgan innovatsion loyih… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy loyihalar, interaktiv testlar, taʼlim tarmog‘i, ZiyoNET, masofaviy taʼlim, innovatsiyalar., elektron kutubxona
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники