К содержанию
РецензированоUZ2025

RAHBARLIK PSIXOLOGIYASI

RAHBARLIK PSIXOLOGIYASI · Sheraliyeva Sabohat Avaz qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada rahbar, rahbar psixologiyasi va uning o’ziga xos jihatlari bayon qilingan. Shuningdek rahbarlik etikasi va muomalasi va rahbarga qo’yiladigan talablar haqidagi fikrlar ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Boshliq, yetaklovchi, qobilyat, taraqqiyot, omil, rahbar psixologiyasi, kompitentsiya, rahbarlik etikasi va muomalari. Butun xalqimizning taqdiriga daxldor muhim masalalardan biri - iqtisodiyotni, xalq xo‘jaligi va xalq ta’limini, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni boshqarish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish muammosidir. Bu ayni chog‘da rahbarlikning samarali yo‘llarini topish, boshqaruv tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Chunki jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida ham taraqqiyotga aynan shu yo‘l bilan erishilgan. Binobarin, jamiyatimizda rahbarlik faoliyati to‘g‘ri rejalashtirilsa davlatimiz va xalqimiz oldida turgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topib, yurtimiz obod, turmushimiz farovon bo‘lishiga shak-shubha yo‘q. Lekin ochig‘ini aytganda, jamiyatimizda rahbarlik faoliyati va uning samarasi talab darajasida emasligi ayon bo‘lib boryapti. Buning har xil ob’yektiv va sub’yektiv omillari bor albatta. Sub’yektiv omillardan biri shuki, jamiyat a’zolaridan bir qismining ongi, dunyoqarashi hali boshqaruv faoliyatiga tayyor emasga o‘xshayapti. Rahbarlikning mohiyatini, maqsad va vazifalarini tushunmaslik oqibatida ayrim yetakchilar o‘z faoliyatiga loqayd munosabatda bo‘lmoqda. Ba’zi kishilar esa boqimandalik kayfiyatidan to‘la qutilgan emas. Rahbarlik tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni keltirish mumkin: 1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarishresurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. 3. Rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriyetuvchi tadbirkor shaxs. 4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o‘zida bunga kuch topa olishi kerak O‘zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to‘g‘ri tushuna olishiga imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib keladigan omillar ham bor. Bunday to‘siqlarning eng ko‘p uchraydigan uch xilini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bular: 1) dastlab ko‘rishganda bir- birini tashqi qiyofasi bo‘yicha o‘zidan ustun ko‘rish yoki uniyoqtirmaslik; 2) sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qushilmaslik . 13 1 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel 3) dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoiy barqarorligi mos kelishi yoki aksincha.Shu uch guruhga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya’ni tashqi olamni insonning o‘z extiyojiga binoan o‘zgartirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish sharoitida inson xulqini tushunish va uni boshqarish uchun shaxs tabiati xaqida ma’lum bir ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Aniqlanishicha, Yaponiya qayta ishlab chiqarish yirik kompaniyalari rahbarlarining o‘rtacha yoshi 63,5 bo‘lsa, shu toifa amerikalik rahbarlarning yoshi 59 da ekan. Yaponiya yirik kompaniya rahbarlarini o‘rganishda uchraydigan va taajjublanarli jihatlardan biri, ularning yoshi ulug‘ligidir. Ba’zi bir tashkilotlarda kompaniya prezidentining yoshi 65 deb cheklangan bo‘lsa- da, lekin ko‘pgina avtomobil sohasidagi firma rahbarlarining yoshi 75 va undan yuqoriligi ajablanarli. Bu sohada o‘tkazilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, katta yoshli rahbarlar, agar ularning sog‘ligi ko‘ngildagiday bo‘lsa, ushbu tashkilot uchun katta tajriba manbaidir. Yosh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi ko‘pincha past bo‘ladi. Yoshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zgaruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Afsuski, bunday tashkilotda katta yoshdagi (40-45 dan yukori) xodimlarga, hatto, shubha bilan qarashadi. Lekin, aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida o‘z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ihtirolarni joriy etishga o‘zida ishtiyoq sezadi. Shu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi. Albatta, hamma yosh rahbar ilg‘or texnologiya tarafdori va shunga moyil deb aytish kiyin, lekin yoshlarga zamonaviylik xos. Bu esa o‘z navbatida, yosh rahbarning zamonaviy va ilg‘or ishlab chiqarish uslublariga murojaat etish ehtimolini kuchaytiradi. Xalkimizda “yoshi katta bo‘lsa ham ko‘ngli yosh “degan ibora bor. Demak, zamonaviy rahbar yoshida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada rahbar, rahbar psixologiyasi va uning o’ziga xos jihatlari bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada rahbar, rahbar psixologiyasi va uning o’ziga xos jihatlari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir., Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarishresurslarini birlashtirib
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники