Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “ALLA PRIMA” AKVAREL TEXNIKASINING O‘QUVCHILARDAGI RANGTASVIR KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARASI
Fayzullayeva DilnavozJahongirqizi
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tasviriy san’at darslarida “Alla Prima” akvarel texnikasidan foydalanishning o‘quvchilarning rangtasvir ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, “Alla Prima” usulining rang sezgirligi, ijodiy tafakkur va texnikko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Kalitso‘zlar: Tasviriy san’at, akvarel, texnika, ijodiytafakkur, barokko, rokoko. Akvarel so‘zi lotincha so‘zdan olinib, suvga qoriladigan bo‘yoq ma’nosini anglatadi. Shu bilan birgalikda akvarelda ishlangan rasm degan ma'noni ham bildiradi. Tasviriy san’atning eng nozik va nafis yo‘nalishlaridan biri bu akvarel texnikasi. Akvarel bo‘yoqlari asosan suv asosida ishlatiladi, bu esa ularga yorqinlik va tabiiylik baxsh etadi. Akvarel san’ati uzoq tarixga ega. U o‘zining tez qurishi, ranglarning bir-biriga tabiiy tarzda qo‘shilishi va nozik ifoda vositalari bilan ajralib turadi. Ushbu texnika manzara, portret, natyurmort, grafika va abstrakt kompozitsiyalar yaratishda ham keng qo‘llaniladi. Akvarel-o‘zining shaffofligi bilan boshqa bo‘yoqlardan alohida ajralib turadi. Bunga faqat qo‘llaniladigan materiallar balki yuqori darajada ishlov berilgan sifatli kukunlardan hamdaranglardan vao‘simliklardan ham foydalaniladi.1 Bizga ma’lumki, suvda eriydigan bo‘yoqlar safiga akvarel, guash, akril va tempera ham kiradi. Rangtasvirdaakrilning tarixiga hali ko‘pbo‘lmasa-da, akvarel judaqadimdan qo‘llanilib kelinadi. Uning paydo bo‘lishidan to ingliz akvarelchilari, impressionistlar va zamonaviy rassomlarning klassikdavrigacha bo‘lgan rivojlanish jarayonini kuzatishg‘oyat qiziqarlidir. Dastlabki tarix: g‘orlardan to qabrlar va ibodatxonalargacha. Dastlabki akvarel asarlari Lasko va Altamirg‘orlarida paydo bo‘lgan deyish mumkin.Uning ko‘plab namunalari Sharq va G‘arbning turli madaniyatlarida uchraydi. Lasko g‘oridagi rasmlar miloddan avvalgi 15 ming yillikka, Altamiradagi tasvirlar esamiloddan avvalgi 10ming yillikka, ya’ni neolit davrigato‘g‘ri keladi. G‘or rangtasvirida eng keng tarqalgan mavzular yirik yovvoyi hayvonlar: zubr, bizon va bug‘ularning tasvirlari edi. Foydalanilgan bo‘yoqlar tarkibiga qizil va sariq oxra, gematit, marganes oksidivayog‘ochko‘mirikirar edi. Qadimgi misrliklar maqbara va ibodatxonalarning devorlariga suvda eriydigan bo‘yoqlar bilan rasmlar chizganlar. Ular papirus o‘simligidan foydalanib, birinchilardan bo‘lib hozirgi qog‘ozga o‘xshash material ishlabchiqara boshlaganlar vakeyinchalik unga ham rasm solganlar. Ularning o‘ramlarida shaffof bo‘yoqlar bilan ishlangan rasmlar saqlanib qolgan. Bo‘yoq sifatida turli xil minerallar qo‘llanilgan. Masalan, qizil rang uchun kinovar, ko‘k rang uchun lojuvard, yashil rang uchun malaxit va boshqalar ishlatilgan. Pigmentlar arab yelimi va tuxum oqi bilan aralashtirilgach, suv bilan suyultirilgani uchun qadimgi misrliklar akvarel bilan rasm chizgan deyish mumkin. Uzoq va O‘rta Sharqda birinchi bo‘lib hozirda qo‘llanilayotgan akvarel texnikasiga yaqin bo‘lgan akvarel texnikasi paydo bo‘lgan. Xitoy va yapon rassomlari akvarelda qo‘lda to‘qilgan ipak va qog‘ozlarga rasm chizishgan. Ba’zi ishlar badiiy asarlarga illyustratsiya sifatida bajarilgan va xattotlikbilan birga bo‘lgan. Rassomlar, asosan, tabiatnitasvirlaganlar. Akvarel bilan ishlash bundan bir yarim asr avval Angliyada rivojlangan edi. D.Kozens, Tyorner, D.Konstabel, R.Bonington, G.Gyorten kabi rassomlar o‘zlarining akvarelda ishlagan asarlarida 1 Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi. (2024). Akvarelda maktab o‘quvchilariga manzara ishlashni o‘rgatish.IQROINDEXING,13(01),68-71.https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/7529 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA2R65NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Angliyaning go‘zal tabiatini mohirlik bilan tasvirlaganlar. Rossiyada esa akvarel bilan ishlash san’ati XVIII asrdan e’tiboran keng yoyila boshladi. O‘rta asrlarda Rossiyada bo‘lganidek, G‘arbiy Yevropada ham akvareldan cherkovga qarashli bo‘lgan diniy kitoblarni naqsh va illyustrasiyalar bilan bezashda foydalanildi. Lekin bu vaqtlarda akvarel oq bo‘yoq moddasi qo‘shilgan holdaishlatilaredi.2 Tasviriysan’atdarslarida akvarel texnikasiningahamiyati. Bugungi kunda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, musiqa va san’at maktablari, san’atga ixtisoslashtirilgan internat-maktablari, kasb-hunar maktablari va oliy ta’lim muassasalarida tasviriy san’at yo‘nalishlari o‘quv dasturlarida akvarelda ishlash mavzusi kiritilgan. Bu esa rangtasvirning dastlabki o‘rganish jarayonida qo‘lllaniladi, ya’ni moybo‘yoqda ishlashdan oldin albatta akvarel texnikasi o‘rganiladi. Akvarel texnikasi tasviriy san’atda o‘quv jarayonidagi ahamiyati juda katta. Ushbu texnika o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, rang bilan ishlash malakasini oshirish va tasviriy san’at sirlarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Shuningdek, akvarel texnikasi o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantiradi, ranglar va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tasviriy san’at darslarida “Alla Prima” akvarel texnikasidan foydalanishning o‘quvchilarning rangtasvir ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va samaradorligi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tasviriy san’at darslarida “Alla Prima” akvarel texnikasidan foydalanishning o‘quvchilarning rangtasvir ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va samaradorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- texnika, rokoko., ijodiy tafakkur, akvarel, Tasviriy san’at, barokko
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024