К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARGA MA’NAVIY-HUQUQIY TARBIYA BERISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA TO‘SIQ BO‘LUVCHI OMILLAR

Qodirova MadinaElmurod qizi · ORCID ID :--- (Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogikanazariyasi va tarixiyo’nalishi 1-kurs magistr)

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada ma’naviy dunyoqarash , ma’naviyat tushunchalari , talabalarga ma’naviy-huquqiy tarbiya berish samaradorligini oshirishga to‘siq bo‘luvchi asosiy omillar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so’zlar: ma’naviyat , ma’naviy tarbiya ,axloqiy qarashlar ,ijtimoylashuv, shaxsiy va psixologik omillar. Kirish:Bugungi, zamonaviy , globallashuv davrida yosh avlodning ma’naviy-huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli yot g’oyalardan himoya qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Talabalar mamlakatimizning bugungi va ertangi kuni , jamiyatning faol a’zolari ekan, ularning ma’naviy-huquqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Biroq, bu borada bir qator muammolar va to‘siqlar mavjud bo‘lib, ular tarbiya shaxsiy rivojlanish . jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Ma’naviy tarbiyaning asosiy o’zagi ham tarbiya ,axloqiy qarashlar , shaxsning dunyoqarashi bo’lib lekin asosiy ko’rsatkichlari shaxsning axloqiy qarashlari ekanligi barchamizga ma’lum. Shu ma’noda bir qancha donishmand allomalar ham o’z qarashlarini e’tirof etgan. Unga ko’ra , Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma yerda birxil yig’lashadi. Katta bo’lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu –tarbiyaning oqibati”, deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o’z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson bo’ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi. [ 2,138] Tarbiya bu tarixiy tajribalar asosida shaxsning dunyoqarashini,uning shaxsiy va psixologik xususiyatlarini oshiruvchi uni axloqiy rivojlanishini oshiruvchi murakkab jarayondir.Yuqorida aytganimizdek ma’naviyatning asosiy negizni axloqiy qarashlar tashkil etadi.Axloqiy qarash esa tarbiya jarayonining asosiy vositasidir shu sababli tarbiya , axloqiy qarashlar butun bir ma’naviyatni tashkil qiluvchi qismlardir.Ma’naviyatga turlicha ta’rif berishimiz mumkun ulardan, maʼnaviyat – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi.Bir so’z bilan aytganda shaxsning har bittaxatti harakatida ma’no mazmun bo’lishi etikag’oyalarining mavjudligidir.Yurtimiz taraqqiyotining hozirgi innovatsion bosqichi jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub sifat o‘zgarishlari amalga oshirilayotganligi bilan xarakterlanadi. Tabiiyki, bu ulkan vazifani hal etish fuqarolarimizning innovatsion , masulyatlilik faolligini tinmay oshirib borish va kamol toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki muhtaram va marhum birinchi prezidentimiz aytganlaridek loqayd ,ma’suliyatsiz insondan qo’rqish kerak degan fikrlari bugungi kunimizning yorqin dalilidir. Jamiyat ma’naviy hayotini rivojlantirish shaxslarning ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat va ilm-fan to‘g‘risidagi tasavvurlarining nechog‘liq ilmiyligi, shuningdek, to‘g‘ri nazariy va amaliy negizga qo‘yilganligi bilan bog‘langandir.Bu kabi tushunchalar faqatgina ilmiy nazariy bilimlar bilan emas balki amaliy faoliyat bilan bog’lanishi lozim.Tanganing ikki tarafi bo’lganidek ma’naviy worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI tarbiyaga to’siq bo’luvchi salbiy illatlar , sabablar ham mavjud.Ma’naviy-huquqiy ong shakli shaxsni faqat kelajak uchun ijobiy vamustahkam poydevor yaratishiga xizmat qiladi. Materillar va uslublar:Hozirgi innovatsion , globalizatsiya davrining asosiy talabi har tomonlama yetuk yot g’oyalarga qarshi tura oladigan barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.Bu borada yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ma’naviyat kechalari,umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviyat burchaklari tashkil etilgan.Bundan tashqari buyuk allomalarimizning boy ma’naviy merosini o’rganish,borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunki ularning bola tarbiyasi , axloqiy qarashlarni , ma’naviy huquqiy tarbiyani rivojlantirishga oid bir qancha fikr va mulohazalari mavjud bo’lib ulardan foydalanish bugungi kunning talabidir.Ushbu ilmiy maqolada ma’naviy huquqiy tarbiyaga ayniqsa talabalar savodxonligiga to’siq bo’luvchi omillar yoritilgan va metodik materiallarining nazariy asoslariga alohida e’tibor berilgan. Talabalar jamiyatimizning faol a’zolari ekan, ularning ma’naviy-huquqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Biroq, bu borada bir qator muammolar va to‘siqlar mavjud bo‘lib, ular tarbiya jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Ushbu maqolada talabalarga ma’naviy-huquqiy tarbiya berish samaradorligini oshirishga to‘siq bo‘luvchi asosiy omillar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Talabalarga ma’naviy-huquqiy tarbiya berish samaradorligiga to‘siq bo‘luvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.Ta’lim tizimidagi kamchiliklar, o‘quv dasturlarining yetarli em

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada ma’naviy dunyoqarash , ma’naviyat tushunchalari , talabalarga ma’naviy-huquqiy tarbiya berish samaradorligini oshirishga to‘siq bo‘luvchi asosiy omillar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish yo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada ma’naviy dunyoqarash , ma’naviyat tushunchalari , talabalarga ma’naviy-huquqiy tarbiya berish samaradorligini oshirishga to‘siq bo‘luvchi asosiy omillar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish yo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxsiy va psixologik omillar., ma’naviyat, ma’naviy tarbiya, axloqiy qarashlar, ijtimoylashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники