Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOZUVCHINING OBRAZ VA DETALLAR BILAN ISHLASH MAHORATI
YOZUVCHINING OBRAZ VADETALLARBILANISHLASHMAHORATI
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
В статье рассматриваются тема войны в узбекской прозе и проблема «Разлуки», а также её тяжёлые последствия. Освещается система образов в рассказе Наби Жалолиддина «Разлука»,внутренниеконфликты идушевные переживания человека,боль, таящаяся всердце. Ключевые слова: aфганская война, литература, образ, символ, деталь, размышление, проза,лирика,поэтическийязык,авторский стиль. Annotation: The article explores the theme of war in Uzbek prose and the issue of "Separation" along with its painful consequences. It analyzes the system of imagery in Nabi Jaloliddin's short story "Separation", focusing on inner human conflicts, emotional struggles, and the pain buried deep in theheart. Keywords: afghan war, literature, image, symbol, detail, reflection, prose, lyricism, poetic language, author’s style. XX asr o‘zbek nasrida urush mavzusi salmoqli o‘ringa ega. Jahon urushlari va ularning xalq hayotiga ta’siri, afg‘on urushining fojiali oqibatlari bir qator o‘zbek yozuvchilarining nasriy asarlarida o‘z ifodasini topdi. Zamonaviy o‘zbek prozasida urush mavzusida eng sermahsul va muvaffaqiyatli ijod qilayotgan yozuvchilardan biri Nabi Jaloliddindir. Yozuvchi afg‘on urushida bevosita ishtirok etganligi uchun ham ushbu mavzudagi asarlar real va ta’sirli tarzda ifodalangan. Urush nafaqat millionlab odamlarning hayotini, balki g‘oyalarni, tushunchalarni ham yo‘q qildi. Urush va inson munosabati aks ettirilgan asarlar g‘oyaviy jihatdan urushni qoralash hamda tinchlikning qadrini teranroq anglashga xizmat qiladi. Bu esa insonning kamolotigakatta yordam beradi. Urush va u bilan bog‘liq obrazlar ishtirok etgan asarlar juda qadimiy tarixga va o‘ziga xos taraqqiyot bosqichiga ega. Bunday asarlardagi g‘oya va qahramonlarning xususiyatlari davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta’sirida o‘zgarib borgan. Badiiy adabiyotda urush tasvirlari dastlab qahramonlik va jasorat vositasi sifatida tasvirlangan. XX asrda yuz bergan ko‘plab urushlar, shu jumladan, I va II jahon urushlari jahon siyosati va madaniyatiga jiddiy ta’sirko‘rsatdi. Bu urushlar ta’sirida birqator oqim, ta’limotva g‘oyalar paydo bo‘ldi. Urushda shaxsan ishtirok etgan va bu urushni chetdan kuzatgan ko‘plab yozuvchi va shoirlar kelajak avlodga bu voqealar haqida o‘z asarlari orqali ro‘y-rost xabarlar berishdi. U Nabi Jaloliddin ham o‘zining bir qancha asarlarida Afg‘on urushi va u yerda ko‘rgan turli voqealarni jonli tarzdatasvirlab bergan. Adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri inson qalbini, ruhiy kechinmalarini chuqur aks ettirishdir. O‘zbek adabiyotining salmoqli vakillaridan biri bo‘lgan Nabi Jaloliddin bu jihatni o‘z ijodida mahorat bilan namoyon etgan. Uning ”Ayriliq” nomli hikoyasi inson ruhiyatidagi ichki to‘qnashuvlar, yurakdagi og‘riqlar va sokin faryodlarni samimiy va real tasvirlagani bilanajralib turadi. Nabi Jaloliddinning yozuv uslubiga xos eng muhim jihatlardan biri — ruhiy portretni tasvirlashda kuchli bo‘lishidir. U voqeani aytib berishdan ko‘ra, qahramonning ichki kechinmalarini tahlil qilish, uning ruhiy olamiga chuqur kirib borishga harakat qiladi. “Ayriliq” hikoyasida bu holat ayniqsa yaqqol seziladi: onasidan ayrilgan Kamoliddinning tashqi harakatlaridan ko‘ra ichki holati — yig‘lay olmasligi, yuragini bosgan og‘irlik, sukunatdahuvillagan uy—barchasi obrazli vatimsolli ifodatopgan. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI “Ayriliq” — bu ona va farzand o‘rtasidagi chuqur ruhiy bog‘liqlik, sevgining sokin, ammo yurakni ezuvchi ko‘rinishi haqida hikoya. Hikoyada onasidan ayrilgan Kamoliddinning ichki kechinmalari, urushning odam ruhiyatiga solgan zarbasi, hissiyotlar ifodasi ustuvor o‘rinda turadi. Asarning g‘oyasi shuki, sevgi, xususan onalik mehr-muhabbati hayotda eng kuchli tuyg‘ulardan biridir. Ammo bu tuyg‘ular ba’zidaog‘irlik qiladigan holatlar —masalan, o‘lim, ayriliq, urush —orqali sinovdan o‘tadi. Yozuvchi hikoyani psixologik chuqurlik bilan bezaydi. Voqealar ketma-ketligidan ko‘ra, bosh qahramonning fikrlar oqimi, xotiralari, halovat izlagan qalbi markazga qo‘yiladi. Bu uslub o‘quvchini voqealardan emas, aynan ichki holatdan larzaga soladi. Aytish mumkinki, Jaloliddinning hikoyasi ,,gapirish”dan ko‘ra “sezdirish”ga urg‘uberadi. Kamoliddin — hikoyaning markaziy obrazidir. Urushdan omon qaytgan, onasining mehriga limmo-lim bo‘lgan bu qahramon — sokin, ammo ichidan qaynayotgan bir ruhiy portlashga tayyor odam. U bexosdan onasidan ayriladi, ammo eng og‘iri — bu ayriliqni yengillik bilan qabul qila olmaydi. Kamoliddin yig‘lay olmaydi — bu uning ruhiy falaj holatini anglatadi. Inson bo‘lib, eng og‘ir holat ham shudir — o‘z dardini to‘kib sololmaslik. Qahramonning faryodi ichda g‘uvillaydi, sukunatga aylangan uyning timsolida aks etadi. Kamoliddin obrazining psixologik holati to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Kamoliddin — urushdan qaytgan, hayot ko‘zini ko‘rgan, hissiyotlarini oshkor eta olmaydigan, ichida o‘rmalab yur
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются тема войны в узбекской прозе и проблема «Разлуки», а также её тяжёлые последствия.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются тема войны в узбекской прозе и проблема «Разлуки», а также её тяжёлые последствия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- afghan war, literature, image, symbol, detail, reflection, prose, lyricism, poetic, timsol, lirika, poetik til, adabiyot, detal, nasr, yozuvchi uslubi., razm, obraz, afgʻon urushi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024