К содержанию
РецензированоUZ2025

SCRATCH DASTURLASH TILI YORDAMIDA 1-SINF O‘QUVCHILARINING INTELLEKTLARINI RIVOJLANTIRISH

INTELLEKTLARINI RIVOJLANTIRISH (Informatika vaunio‘qitishmetodikasi Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

Maqolada Scratch dasturlash tili yordamida “Alifbo”ni o‘rgatish davomida o‘quvchilarning emotsional intellektlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. 1-sinf o‘quvchilarining qiziquvchaligini so‘ndirmasdan “Alifbo”ni o‘rgatish ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Aynan shu muammoni yechishda o‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan Lego o‘yiniga o‘xshash bo‘lgan Scratch dasturlash tilidan foydalanish tavsiya etilgan. Doimo Legoda katta emotsiya bilan ijod qilgan o‘quvchilar uchun unga o‘xshash dastur yordamida “Alifbo”ni o‘rganish ularda katta ishtiyoq uyg‘otadi. Maqolada sahnada o‘quvchilar uchun muqaddas bo‘lgan “Maktab” va “kitob” so‘zlarini tuzuvchi harflar va ular yordamida so‘zlarni tuzish o‘rganilgan, Shuningdek bu so‘zlarni tuzish davomida o‘quvchilarning fikrlashlarini rivojlantiruvchi savollar qo‘yilgan. Bu savollarga javoblar topish o‘quvchilarning emotsionalintellektlarini rivojlantirishga yordam beradi. KALIT SO‘ZLAR. Bolalar, savollar, Alifbo, qiziquvchanlik, ahamiyat, ta’lim, fikrlash, ko‘nikma, tasavvur, Scratch dasturlash tili, emotsional, intellekt, rivojlantirish, idrok, sensor kanallar, mavzu, harflar, sahna(stage), sprayt, maktab, kitob,vizual. KIRISH. Bolalar 1-sinfga borganlarida bilish ishtiyoqlari juda baland bo‘lib tinimsiz nimaga va nima uchun - degan savollarni beradilar. Ammo maktabdagi ta’lim tizimi “savolsiz javoblar” prinsipiga muvofiq tashkil etishi natijasida ularning bu ishtiyoqi so‘nadi. Birinchi sinf ta’limining eng katta muammosi ulardagi bu ishhtiyoqning so‘nmasligiga erishishdir. Hozirgi bolalar ma’lumotlarni oldingilarga nisbatan o‘nlab barobar tezroq o‘zlashtirishlarni hisobga olsak birinchi sinf o‘quvchilarining qiziquvchanliklarini so‘ndirmasdan tasavvurlarini va fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim uchun muhim ahamiyatga egaligi namoyon bo‘ladi. Aynan shuninguchun ham bumuammo doimopedagoglarning diqqat markazlarida bo‘lgan. 7 yoshli bolalarga ta’lim berish usullari va ularning ruhiy holatlari olimlar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan L.Bugotskiy, P.Gal’perin, A.Neontev, P.Nemov [1-4] larni misol sifatida keltirish mumkin. O‘zbekistonlik olimlar V.Karimova, G.G‘oziyev, E.Esonboyev, G.Umarova [5-8] bolalarning ruhiy holatlari va ta’lim olish imkoniyatlarini o‘rganilgan bo‘lsa, D.Rasuljonova, R.Qo‘ldoshev, D.Rashidova, I.Snejana, K.Rahimova [9-13] larning ishlarida bevosita boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganilgan. Birinchi sinf o‘quvchilarida obrazli timsolli tasavvur rivojlanganligini e’tiborga olsak o‘rganiladigan ma’lumotlarni vizuallashtirish bilan bayon qilish yaxshi natija berishi mumkin. Bu maqsadda Power Point, AutoPlay, Hotpatotes, Isping, Myquiz, Kahoot, Python dasturlash tillaridan foydalanish mumkin, shuningdek 7 yoshli bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan Logo o‘yiniga o‘xshash Scratch dasturidan ham foydalanish mumkin [14-16]. Scratch dasturidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mantiqiy fikrlash va vaziyatni tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishda foydalanilgan. Bunga dasturlashsiz ham foydalanish imkoniyati borligi qo‘l keladi. Undan matematik hisob-kitob, ayniqsa fizika, biologiya, kimyo va ekologiya fanlarida jarayonlarning borishini vizullashtirib ta’lim berish ayniqsa yaxshi natija beradi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Scratch dasturlash tilidan hikoyalar aytish, ertaklarni vizuallashtirishda interaktiv usullarni ham modellashtirishmimkin. Dunyodagi eng mashhur laboratoriyalar, jumladan Massachusetts texnologiya instituti (MIT) ning MITmedia laboratoriyasi ham Scratch dan STEM ta’lim dasturlarida foydalangan. Shuningdek Codeorg. vaHaur ofCode loyihalaridaScratch dasturidafoydalanilgan. Shu bilan birga Scratch dasturidan na xorijda na O‘zbekistonda “Alifbo”ni o‘rganishda foydalanilmagan. METODLAR. 7 yoshli bolalarning “yetakchi faoliyati” sujetli-rolli o‘yinlar bo‘ladi. Boshqacha aytganda ular o‘yinda bilvosita ishtirok etsa va asosiy rolni o‘ynasa bu uning birinchidan jarayonga qiziqishni orttirsa, ikkinchidan bu jarayonda uning asosiy boshqaruvchi sifatida ishtiroki, hal qiluvchi rol o‘ynashi unda kuchli ichki motivatsiyani va ehtirosni uyg‘otadi. Bu esa Scratch dasturi yordamida “Alifbo”ni o‘rganish jarayonini “emotsional intellekt”ning shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Emotsional intellekt miyaning diqqat va ijro faoliyati bilan bog‘liq. U miyadagi ba’zi maqsadlarni ajratishga yordam beradi. va his qilgan narsasiga diqqatqaratishni taqozo qiladi. O‘quvchilarda emotsional intellektni rivojlantirishda ta’lim jarayonida quyidagi komponitentsiyalarham rivojlanadi. O‘z-o‘zini anglash-o‘quvchi Scratch dasturi yordamida Alifboni o‘rganish jarayonida o‘zining imkoniyatlarini baholaydi, o‘zida ishonchi ortadi, - o‘z-o‘ziga ishonadi va bular hammasi unda emotsionalintellekt rivojlanishinita’minlaydi. O‘z-o‘zini bosh

Доказательный фрагмент

«Maqolada Scratch dasturlash tili yordamida “Alifbo”ni o‘rgatish davomida o‘quvchilarning emotsional intellektlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Scratch dasturlash tili yordamida “Alifbo”ni o‘rgatish davomida o‘quvchilarning emotsional intellektlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Scratch dasturlash tili, mavzu, fikrlash, intellekt, Bolalar, emotsional, kitob, qiziquvchanlik, rivojlantirish, maktab, savollar, sensor kanallar, harflar, tasavvur, sprayt, ko‘nikma, sahna (stage), ta’lim, vizual., ahamiyat, idrok, Alifbo
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники