К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY TADQIQOTLARDA DINIY AN’ANALARNI O‘RGANISHDAGI YONDASHUVLAR

ZAMONAVIYTADQIQOTLARDA DINIYAN’ANALARNI O‘RGANISHDAGI · Abdulfaizova Durdona Ikromjon qizi

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

the article analyzes the concepts of ritual and tradition and shows their place in folk culture, theirchange inhistorical processes and theirimportance in themodern era. The duration of religious beliefs, customs and rituals in the life of the people, the process of their syncretization with the introduction of the Islamic religion, is described separately. In the historical and cultural development of Uzbekistan, the social role of religious rituals and their interaction with the culture of the people are shown. The study analyzed the ancient and modern religious rites of the Uzbek people, the relationship between them and national characteristics from an important scientific point of view. The article is an in-depth scientific analysis of the peculiarities of Uzbek religious traditions and rituals and theirplace in society. Keywords: religious tradition, ritual, belief, religious traditions, Islam, ancient religions, national culture, cultural heritage, religious studies, religious ceremonies, Uzbek culture. Kirish. Har bir xalqning boshqasidan ajratib turuvchi muhim etnografik belgilaridan biri uning marosimlari hisoblanadi. Marosim inson hayotida moddiy va ma’naviy talab va ehtiyoj orqali yuzaga keladigan ijtimoiy hodisadir. Har qanday marosim u yoki bu xalqning ma’lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan holda vujudga keladi va yashaydi. Boshqacha tarzda aytadigan bo‘lsak, marosim umum tomonidan qabul qilingan ramziy harakatlarga ega bo‘lganhayotiy tadbirdir. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI O‘tgan XX asr so‘nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida etnolog va sotsial antropologlar tomonidan marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi va aynan mazkur mavzu doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar fandagi dolzarb mavzulardan biri tarzida e’tirof etila boshlandi. Ayniqsa so‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari etnik xususiyatlarni saqlanib qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish masalasini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda. Urf-odatlar, marosimlar tariхan shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib boradigan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan va doim takrorlanib turadigan хatti-harakat, хulq-atvor normalari va ko‘nikmalaridir. Ularning shakllanishiga хalqning bosib o‘tgan tariхiy yo‘li, хo‘jalik yuritishning o‘ziga хosligi, tabiiy muhit kabi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Har bir davr kishilarining ehtiyojlariga javob tariqasida yangi urf-odat va marosimlarni shakllantirishi mumkin. Mustaqillik sharofati o‘laroq paydo bo‘lgan va qayta tiklanayotgan urf-odat va marosimlar bunga misol bo‘la oladi. “An’ana” - (lotincha: tradition - davomiylik) - ijtimoiy-madaniy merosning uzoq vaqt davomida odamlar otadan bolaga qoldiradigan, odatga aylangan, oʻsha jamiyatning yoki ijtimoiy guruhning qadriyatlar tizimi bilan qoidalariga bogʻlangan qismi. Anʼana nafaqat merosning shakllarinigina emas, balki ijtimoiy meros jarayoni va uning usullarini ham oʻz ichiga oladi1. An’ana - o‘tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga o‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat bo‘lib, u milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy- siyosiy, diniy va boshqa turlarga bo‘linadi. An’analar хalqlarning tariхiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli an’analarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, aхloq me’yorlari, urf-odat, marosim va boshqalar an’ana sifatida namoyon bo‘ladi. An’analarni: a) ijtimoiy-tariхiy hodisa; b)jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v)kishilarhayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin2. An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalariga o‘rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o‘z an’analari bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, mazmunan boyib boradi, ba’zilari yo‘qoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning an’analari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin.Davr talabiga javob bermaydigan an’analar unutiladi. Har bir хalqning an’analarida o‘sha хalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki хalqiga хos an’analarga har хil mafkuraviy nuqtai nazardan yondoshish, boshqa hudud yoki хalq nuqtai nazaridan baholash noto‘g‘ri. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng sobiq sho‘rolar tuzumida joriy etilgan an’anaviy bayram va tantanali kunlarning ko‘plari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbek хalqining qadimdan tarkib topgan, hozir ham keng amal qilinadigan an’analari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-

Доказательный фрагмент

«the article analyzes the concepts of ritual and tradition and shows their place in folk culture, theirchange inhistorical processes and theirimportance in themodern era.»

Образец извлечения

Демо-превью

the article analyzes the concepts of ritual and tradition and shows their place in folk culture, theirchange inhistorical processes and theirimportance in themodern era. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
religious tradition, ritual, belief, religious traditions, Islam, ancient religions, national, o‘zbek madaniyati., islom, diniy marosimlar, Diniy an’ana, milliy madaniyat, marosim, dinshunoslik, e’tiqod, qadimgi dinlar, diniy urf-odatlar, madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники