Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA SO‘Z ERKINLIGI, QONUN VA AMALIYOT O‘RTASIDAGI TAFOVUT
SharipovSherzod Shuxratovich
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
So‘z erkinligi insonning asosiy huquqlaridan biri bo‘lib, uni qonuniy himoya qilish dolzarb masaladir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bu huquqni ta’minlashva boshqalarning manfaatlarini himoya qilisho‘rtasidamuvozanat topishni talab qiladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan huquqiyislohotlar, mavjud muammolarvaistiqboldagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: So‘z erkinligi, axborot erkinligi, O‘zbekistonda so‘z erkinligi, demokratik jamiyat, qonun ijrosi, davlatning ochiqligi, fuqarolarning fikr bildirish huquqi, fuqarolar erkinligi, matbuot erkinligi, jamoatchilik nazorati, global reytinglarda o‘rin. So‘z erkinligi – har bir insonning ajralmas huquqlaridan biri bo‘lib, u demokratik jamiyatning asosiy ustunlaridan sanaladi. O'zbekistonda ham so'nggi yillarda ushbu yo'nalishda sezilarli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda, biroq xalqaro reytinglarda hanuz past o'rinlarni egallayotganligimiz esamuammolarhanuz dolzarb ekanligini guvoh bo‘lyapmiz. So'z erkinligi masalasi faqatgina qonunlar bilan tartibga solinadigan texnik jarayon emas. Balki bu jamiyatning fikrlash tarzi, insonlarning o'z fikrini ochiq bayon qilishga bo'lgan ishonchi va davlat organlarining shaffofligi bilan chambarchas bog'liqdir. O'zbekistonda so'z erkinligini ta'minlash borasida muayyan qadamlar tashlanayotgan bo'lsada, amaliyotda esajurnalistlar vablogerlar uchun hali ham muayyan to‘siqlar, qo‘rquv va bosimlar borligi nafaqat ko‘zga tashlanadi, balki o‘z hayotimizda ham sezilmoqda. Sizningcha, O‘zbekiston so‘zerkinligiborasida dunyoreytingida nechanchio‘rinda turadi? Bu savolga javob sifatida, Buyuk Britaniyaning xalqaro so‘z va axborot erkinligini qo‘llab- quvvatlovchi Article 19 tashkilotining 2024-yil 30-may sanasidagi ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, so‘z erkinligi reytingida O‘zbekiston 132-o‘rinda turibdi. Yangi e'lon qilingan hisobotda O‘zbekistonda so‘z erkinligi vaziyati "inqirozli" deb baholangan. Shuningdek, mamlakatda so‘z erkinligi darajasi Ruanda, Yaman, Burundi, Sudan va Kambodja kabi davlatlar bilan bir xil deb ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Freedom House nodavlat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan “Freedom on the Net 2020” hisobotida O‘zbekiston internetdagi erkinlik bo‘yicha ham erkin bo‘lmagan mamlakatlarro‘yxatiga kiritilgan. Xo’shunda rivojlanishningsustlashishi sabablari nimada? 2019-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘z erkinligi va jamoatchilik nazoratining ahamiyatiga alohida urg‘u berib, davlat idoralarining tanqidiy fikrlar bilan ishlashga ochiq bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan edilar. Oradan olti yil o‘tsa ham, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarga erisholmayapmiz. Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasida so‘z erkinligi va axborot erkinligi masalasi bugungi kunda o‘ta dolzarb bo‘lib qolmoqda. Birinchidan, tizimli islohotlar hali to‘liq amalga oshirilmagan, buesa rivojlanishningsustlashishiga sabab bo‘lmoqda. Ikkinchidan, yangi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro standartlarga moslashtirilayotgan bo‘lsada, ularning amalda samarali ishlashiga hali ko‘plab to‘siqlar mavjud. Afsuski, qonunlar ko‘pincha faqat qog‘ozda qolib ketmoqda, ularning ijrosi amalda sust va bir xil darajada emas. Uchinchidan, so‘z erkinligi va axborot erkinligi masalalari jamiyatda to‘g‘ri tushunilmagan. Fikrni erkin ifoda etish madaniyati va fikrlash tarzi yetarlicha shakllanmagan. Natijada, bu sohalarda hali jiddiy rivojlanish kuzatilmayapti. O‘z fikrini erkin bayon etishning to‘liq madaniyati va huquqiy asoslari yaratilmaganligi jamiyatning erkin va ochiq muloqotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga xalaqit bermoqda. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasidagi muammolarni yoritishda, oddiy fuqarolar boshidan kechirayotgan voqealar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Shu holatni yanada yaxshiroq tushunish uchun real bir misolga tayanish zarur. 2024-yil 23-dekabr kuni Toshkentdagi metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan holat bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 46 yoshli Damas haydovchisi G‘ayrat Do‘stov navbatda tuni bilan kutib, gaz quyish shoxobchasida gaz berish to’xtatilganligi va navbati kelib qolgan G‘ayrat Do‘stov norozilik bildirib, rasmiylarga videomurojaat yo‘llagan edi. U o‘z murojaatida mamlakatdagi gaz tanqisligidan noroziligini va yer usti shuningdek yer osti tabiiy boyliklaridan xalq foydalana olmasligini ochiq ifoda etdi. Ammo oradan uch kun o‘tib, ya’ni 26-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Bektemir tumani sudi uni mayda bezorilikda ayblab, 15 sutkaga qamoq jazosiga hukm qildi. Ushbu voqea nafaqat haydovchining taqdiriga, balki umuman jamiyatda so‘z erkinligining qay darajada mavjudligiga oid savollarni keltirib chiqardi. Mazkur vaziyat fonida internetda yuzaga kelgan keskin munozaralar, jamiyatning javob
Доказательный фрагмент
«So‘z erkinligi insonning asosiy huquqlaridan biri bo‘lib, uni qonuniy himoya qilish dolzarb masaladir.»
Образец извлечения
Демо-превьюSo‘z erkinligi insonning asosiy huquqlaridan biri bo‘lib, uni qonuniy himoya qilish dolzarb masaladir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qonun ijrosi, jamoatchilik nazorati, fuqarolar erkinligi, global reytinglarda o‘rin., demokratik jamiyat, davlatning ochiqligi, So‘z erkinligi, O‘zbekistonda so‘z erkinligi, axborot erkinligi, fuqarolarning fikr bildirish huquqi, matbuot erkinligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024