Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDA OILAVIY BAXT HAQIDAGI TASSAVVURLARNI NAMAYON BO’LISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Burxonboyeva Barchinoy Elmurodqizi · TALABALARDAOILAVIYBAXTHAQIDAGI TASSAVVURLARNI NAMAYON · BO’LISHINING IJTIMOIYPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕОСОБЕННОСТИ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ · СТУДЕНТОВО СЕМЕЙНОМСЧАСТЬЕ
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the formation of the concept of family happiness in students' imagination and the socio-psychological factors that influence it. In particular, the importance of upbringing, personal values, social environment, and communicative relationships is analyzed. This process is inextricably linked to thestudents' worldviewand personal development. Keywords: students, family happiness, imagination, socio-psychological factors, values, upbringing, social environment, communicativerelations. Kirish. Oilaviy baxt inson hayotining eng asosiy maqsadlaridan biri sifatida qadrlanadi. Har bir inson o‘z baxtini ko‘proq oilaviy totuvlik, o‘zaro tushunish, mehr-muhabbat va farovonlikda ko‘radi. Ammo oilaviy baxt tushunchasi har bir inson uchun bir xil emas — u har kimning tarbiyasi, shaxsiy tajribasi, jamiyatdagi ijtimoiy qadriyatlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ayniqsa, talabalik davri inson hayotining o‘ziga xos davri bo‘lib, bu bosqichda yoshlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va kelajakdagi hayotiy maqsadlari faol shakllanadi. Shu sababli, talabalar orasida oilaviy baxtga bo‘lgan tasavvurlarni o‘rganish, ularning qarashlari va hayotiy yo‘nalishlari haqidachuqurroq tasavvurga ega bo‘lish imkoniniberadi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: "Oila – jamiyatning tayanchi, insoniy fazilatlarning manbai, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizning asosi." Ushbu fikr bejizga aytilmagan. Chunki jamiyatda sog‘lom, mustahkam oilalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror, rivojlangan bo‘ladi. Talabalar esa kelajakda ana shu jamiyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, ular tasavvurida shakllanayotgan oilaviy qadriyatlar kelgusida ularquradigan oilalarning mustahkamligiga bevositata’sirqiladi. Bugungi kunda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar, oilaviy institutning takomillashuvi, ommaviy axborot vositalari va internetning kuchaygan ta’siri yoshlarning oilaviy qadriyatlariga bo‘lgan munosabatini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Talabalarning oilaga, baxt tushunchasiga bo‘lgan qarashlari ham ushbuomillarbilan chambarchas bog‘liqholdashakllanadi. Ushbu maqolada talabalar ongida oilaviy baxt haqidagi tasavvurlarning shakllanish jarayoni, unga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, shuningdek, yoshlarning qadriyat tizimida oilaning tutgan o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlar bilan ishlash jarayonida oilaviy qadriyatlarni shakllantirishdasamarali yo‘llarni aniqlashga yordam beradi. Tadqiqotlar Metodologiyasi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — talaba yoshlar orasida oilaviy baxt haqidagi tasavvurlarning shakllanish jarayoni va unga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy- psixologik omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda sifat va miqdoriy uslublar uyg‘unlikda qo‘llanilib, aniq vaishonchli natijalarga erishish ko‘zdatutilgan. Tadqiqot uch bosqichdaolib borildi: 1. Tayyorlov bosqichi: Bu bosqichda mavzu bo‘yicha nazariy manbalar tahlil qilindi. Psixologiya, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlari doirasida oilaviy baxt, qadriyatlar tizimi, talabalar psixologiyasi bo‘yicha ilgari olib borilgan tadqiqotlar o‘rganildi. Shuningdek, so‘rovnoma vasuhbat savollari, diagnostik metodikalar tuzildi. 2. Asosiy tadqiqot bosqichi: Mazkur bosqichda talabalar bilan amaliy ishlar olib borildi. Tadqiqotda Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 100 nafar (50 nafar erkak va 50nafar ayol)talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilartasodifiy tanlash usuliasosidajalb qilindi. Tadqiqotda quyidagimetodlardan foydalanildi: So‘rovnoma metodi: Maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida talabalar oilaviy baxt tushunchasini qanday tasavvur qilishlari, oilaga bo‘lgan munosabatlari va qadriyatlari aniqlashtirildi. Suhbat metodi: Talabalar bilan ochiq va yarim tuzilgan suhbatlar tashkil qilinib, ularning oilaviy qadriyatlari vashaxsiy hayotiy tajribalari haqida chuqurroq ma’lumotolindi. Psixologik diagnostik testlar: Talabalar shaxsiy xususiyatlari va ijtimoiy qadriyatlarini aniqlash maqsadida “Qadriyatlar yo‘nalishi testi”, “Oilaviy qadriyatlarni baholash testi” kabi metodikalar qo‘llandi. 3. Tahlil va natijalar bosqichi: Olingan ma’lumotlar statistik va sifat tahlili asosida qayta ishlanib, umumlashtirildi. Javoblar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash uchun korrelyatsion tahlil, diagramma va jadval shaklida ko‘rinish berildi. Natijalardan kelib chiqqan holda, talabalar tasavvurida oilaviy baxttushunchasigata’siretuvchi asosiy omillartizimlashtirildi. Tadqiqotda axloqiy tamoyillarga amal qilindi, ishtirokchilarning roziligi olinib, ularning shaxsiy ma’lumotlari maxfiysaqlandi. Tahlil va Natijalar. Tadqiqot davomida yig‘ilgan ma’lumotlar asosida talabalar orasida oilaviy baxt haqidagi tasavvurlarning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillar tah
Доказательный фрагмент
«This article examines the formation of the concept of family happiness in students' imagination and the socio-psychological factors that influence it.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the formation of the concept of family happiness in students' imagination and the socio-psychological factors that influence it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- students, family happiness, imagination, socio-psychological factors, values, tarbiya, kommunikativ munosabatlar., talabalar, tasavvur, qadriyatlar, ijtimoiy-psixologik omillar, oilaviy baxt, ijtimoiy muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014