Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZGARMAS TOK MASHINALARINING XALQ XO‘JALIGIDA QO‘LLANILISHI, ENERGIYANING ELEKTROMEXANIK O‘ZGARISHLARI
ENERGIYANING ELEKTROMEXANIK O‘ZGARISHLARI · RayimqulovAnzurbek Akramovich · O‘zbekiston Respublikasi · Toshkent shahri
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses the principle of operation of AC machines, their structure, and theiroperating principle. Keywords:Stator, armature, main polecore, excitation winding, electrical steel, collector, brushes. Elektr mashinalari yordamida mexanik energiyani elektr energiyaga va aksincha, elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish maqsadida elektr generatorlaridan foydalaniladi. Generatorlar gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonuv dvigatellari va boshqa dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Ko‘pincha elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektrdvigatellardan foydalaniladi. Tokning turiga qarab elektr mashinalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalariga bo‘linadi. Elektr mashinalar vattning juda kichik qiymatidan million kilovattgacha va undan yuqori quvvatlarda tayyorlanadi. Ko‘p qo‘llaniladigan elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi magnit maydon ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ular induktiv elektr mashinalar deyiladi. Shuningdek, energiyani elektr maydon ta’sirida ham o‘zgartirish mumkin, bunday elektr mashinalarini simli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko‘p tarqalmagan. Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming martagacha katta energiya hosil qilish mumkin. Bir xil o‘lchamli induktiv va simli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar yordamida ancha katta quvvatga erishish mumkin. Elektr mashinaning asosiy elementi bo‘lib hisoblangan ferromagnit o‘zaklar yordamida kuchli magnit maydon hosil qilish mumkin. O‘zgaruvchan magnit maydonlarida uyurma toklarni kamaytirish maqsadida magnit o‘zaklar yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining chulg‘amlari ham asosiy elementlardan hisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat bo‘lgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Chulg‘amlarni himoyalash maqsadida, turli elektr himoyalash materiallaridan foydalaniladi. Elektr mashinalari generator va dvigatel rejimida qo‘llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi quvvat isroflari bilan bog‘liq, shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffitsiyenti 100% dan kichik bo‘ladi. Katta quvvatli elektr mashinalarining foydali ish koeffitsiyenti 98 99.5% ga teng bo‘lib, quvvati 10 Vt gacha bo‘lgan elektr mashinalariniki20 40%gacha bo‘ladi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Elektr mashinalarni quvvatlariga nisbatan quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 0.5kVt gacha judakichik mashinalar yoki mikromashinalar; 0.5 20kVt -kichik quvvatli mashinalar; 20 250 kVt o‘rtacha quvvatli mashinalar va 250 kVt dan ortiq quvvatli mashinalarga katta quvvatli mashinalar. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi O‘zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‘zg‘almas qismi stator va aylanadigan qismi rotordan iborat. Stator o‘z navbatida yarmo, asosiy qutb o‘zagi, qo‘zg‘atish chulg‘ami, qo‘shimcha qutblar, qo‘shimcha qutbchulg‘amlari va boshqakonstruktivelementlardan iborat. O‘zgarmas tok mashinalarining magnit o‘zagi asosan qalinligi 0.51 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘latdan yig‘iladi, ba’zi hollardakonstruktiv po‘latlardan ham tayyorlanishi mumkin. Elektr mashinalarining magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarining magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng qo‘llanilmoqda. Elektr mashinalarining magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2–1,5 Tl, issiq holda juvalangan po‘latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq holda juvalangan po‘latdan tayyorlangan magnit o‘zaklarda induksiya 1,0-1,5 Tl ni tashkiletadi. Magnit oqimi statsionar rejimlarda o‘zgarmasdan qolganligi sababli, o‘zgarmas tok mashinalarida asosiy qutbmagnit o‘zaklarining tunukalari bir-biridan laklar bilan himoya qilinmaydi. O‘zgarmas tok mashinasining yakori quyidagi elementlardan: val, magnit o‘zak, kollektor, chulg‘am va boshqa yordamchi elementlardan iborat. O‘zgarmas tok mashinasining vali konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi. Yakorning magnit o‘zagi qalinligi 0.35 0.5mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yig‘iladi, tunukalar bir-biridan maxsus izolyatsiyalovchi laklar bilan ajratiladi, lakning qalinligi yakorning kuchlanishiga bog‘liq. Yakorning magnit o‘zagini yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning o‘qi bo‘yicha magnit o‘zak alohida paketlarga bo‘linadi. Magnit o‘zakning o‘rta qismini sovutish qiyin bo‘lganligi uchun o‘zakning o‘rtasida joylashgan paketlarning o‘lchami kichik bo‘ladi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the principle of operation of AC machines, their structure, and theiroperating principle.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the principle of operation of AC machines, their structure, and theiroperating principle. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Stator, armature, main polecore, excitation winding, electrical steel, collector, brushes, elektrotexnik po‘lat, qo‘zg‘atish chulg‘ami, kollektor, shetkalar., asosiy qutb o‘zagi, yakor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025