Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HUJJATCHILIKNING TAKOMILLASHUVI. ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASIDAHUJJATCHILIKNING TAKOMILLASHUVI. ISH · Surayyo Mirzayeva Mahmasharif qizi
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the reforms being implemented in the field of documentation in the Republic of Uzbekistan, as well as improved methods of managing and formalizing official documents in accordance with modern requirements. The legal, technical, and organizational aspects of documents, as well as the main requirements imposed on them, are discussed. Additionally, theimpact ofdigitalization ondocumentation practices is also highlighted. Keywords: documentation, official documents, formal style, document flow, electronic documents, public administration, document language, technological development, language culture, legal foundations, modern governance, document quality, digital technologies, standardization, Uzbekistan's documentation system. Kirish. Hozirgi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida davlat boshqaruvi tizimida hujjatchilikning roli tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida hujjat aylanishi va hujjatlarni rasmiylashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Hujjatchilik tizimining samaradorligini oshirish, hujjatlarni yuritishda yagona standartlar va talablarni joriy etish davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Ayniqsa, ish hujjatlari – buxgalteriya, kadrlar, boshqaruv hujjatlari – zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda ishlab chiqilishi va yuritilishi talab etilmoqda. Ushbu maqolada aynan shu jarayonlar, ularning asosiy bosqichlari vatakomillashtirish yo‘nalishlari yoritiladi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilik sohasining tarixiy ildizlari, hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini yorituvchi 15 ta asosiy ilmiy, me’yoriy-huquqiy va amaliy manbalarga tayandik. Jumladan, G‘aniyeva M. va Xolmatov A. (2019), Islomov M. va Yusupov A. (2015), Qurbonov A. va Karimova G. (2020) kabi mualliflarning ish yuritish, hujjat turlari, rasmiy uslub va huquqiy talablarga oid tahliliy ishlari asos qilib olindi. Ushbu manbalar orqali hujjatlarning tuzilishi, mazmuni,til uslubiva ularning amaliy ahamiyati chuqur o‘rganildi. Xodjayev A. (2020) va Sharopov B. (2021) tomonidan elektron hujjat aylanishi bo‘yicha berilgan ilmiy maqola va monografiyalar esa zamonaviy texnologik yondashuvlarning dolzarbligini ochib berdi. Raqamli hujjatlashtirish va elektron boshqaruvning afzalliklari, mavjud muammolari, shuningdek, butizimni amaliyotga tatbiq etishusullari tahlil qilindi. Sultonova M. (2008), Ergashova D. (2019) hamda Tursunov N. (2020) asarlarida hujjatlar tilining rasmiylik darajasi, uslubiy me’yorlari va ifoda aniqligi kabi jihatlar chuqur yoritilgan bo‘lib, maqolada tilmadaniyatining boshqaruvdagi o‘rni alohida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tarixiy tajriba jihatidan Rizaev Sh. (2018) asarida o‘zbek hujjatchiligi taraqqiyoti yoritilgan bo‘lib, bu yondashuv hujjatchilikning uzviy rivojlanishini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasbetdi. Metodologik jihatdan maqolada taqqoslama-tahliliy yondashuv, amaliy kuzatishlar, normativ- huquqiy hujjatlar tahlili va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Idoraviy ish yuritish qoidalari to‘g‘risida”gi qarori (2011)kabi me’yoriy hujjatlarmaqolaning huquqiyasoslarini belgilab berdi. Muhokama va natijalar. Hujjatchilik bugungi kunda oddiy texnik jarayon emas, balki boshqaruv madaniyatining ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Har bir tashkilotning ichki tartibi, tashqi obro‘si va huquqiy asosi aynan to‘g‘ri yuritilgan hujjatlar bilan belgilanadi. Ayniqsa, hujjatlar orqali muomalaga kirishayotgan rasmiy shaxsning til madaniyati, yuridik saviyasi va boshqaruv malakasi ko‘zga tashlanadi. Hujjatlarda aks etgan tartib-intizom, fikrning to‘g‘riligini ifodalash uslubi ham rasmiy munosabatlar sifatihaqida tasavvur beradi. Shunday ekan, hujjatchilik faqat rasmiy yozishmalar emas, balki davlat boshqaruvi, shaffoflik va fuqarolar bilan muloqot madaniyatining ko‘zgusidir. Tashkilot ichida samarali kommunikatsiyani tashkil qilish, qarorlar ijrosini kuzatib borish va fuqarolarning murojaatiga munosabat bildirishda hujjatlar asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa hujjatchilikni davlat va jamiyat o‘rtasidagi axborot ko‘prigi sifatidako‘rishga asos yaratadi. O‘zbekistonda hujjat turlari qadimdan mavjud bo‘lib, ular asosan diniy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan. Bu tarixiy tajriba milliy hujjatchilik madaniyatining shakllanishiga zamin yaratgan. Hozirgi hujjatchilik esa zamonaviy huquqiy normalarga, davlat tilining rasmiy uslubiga va texnologik imkoniyatlarga tayangan holda rivojlanmoqda. “X–XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste’molda bo‘lgan”[1]. Demak, hozirgi hujjatchilik tizimi tarixiy ildizlarga tayang
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the reforms being implemented in the field of documentation in the Republic of Uzbekistan, as well as improved methods of managing and formalizing official documents in accordance with modern req…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the reforms being implemented in the field of documentation in the Republic of Uzbekistan, as well as improved methods of managing and formalizing official documents in accordance with modern req… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- documentation, official documents, formal style, document flow, electronic documents, hujjatchilik, elektron hujjatlar, hujjat aylanishi, raqamli texnologiyalar, ish hujjatlari, zamonaviy boshqaruv, standartlashtirish, til madaniyati, hujjat tili, davlat boshqaruvi, texnologik rivojlanish, huquqiy asoslar, hujjat sifati, O’zbekiston hujjatchilik tizimi., rasmiy uslub
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024