Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PSIXOLOGIYA SOHASINI O‘RGANISHDA XORIJIY TILLARNING AHAMIYATI
Eshonqulova Roziya Ilhomjon qizi,Ravshanov Sobir Abdimalikоvich (Guliston davlat universiteti)
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses the importance of foreign languages in the study of psychology and their application in various fields. It also discusses the use of foreign methods in psychology. Introduction: psychology, foreign languages, modern methods, international experience, scientific cooperation. Аннотация: В статье обсуждается важность иностранных языков в изучении психологии и их использование в этой области. Кроме того, будет обсуждаться применение зарубежных методов впсихологии. Введение: психология, иностранные языки, современные методики, международный опыт, научное сотрудничество. Kirish. Psixologiya inson ongini, ruhiyatini va xulq-atvorini o‘rganadigan fan sifatida bugungi kunda jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy psixologik tadqiqotlar va nazariyalar ko‘pincha ingliz, rus, nemis, fransuz va boshqa tillarda chop etiladi. Shu sababli, ushbu sohaga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilmiy adabiyotlardan foydalanish va xalqaro tajriba almashish uchun xorijiy tillarni bilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada psixologiyani o‘rganishda xorijiy tillarning ahamiyati, ilmiy tadqiqotlarga kirish imkoniyati, amaliy faoliyatdagi roli hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi haqidaso‘z yuritiladi. Avvalo ilmiy tadqiqotlariga kirish imkoniyati haqida aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda psixologiya sohasidagi eng nufuzli ilmiy tadqiqotlar xorijiy tillarda, ayniqsa ingliz tilida e’lon qilinadi. Masalan, American Psychological Association (APA), British Journal of Psychology kabi ilmiy jurnallar asosan ingliz tilida chop etiladi. Shuningdek, Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasi nemis tilida, Karl Yungning arxetiplar nazariyasi shveysar-nemis tilidayozilgan. Amaliy psixologiyada xorijiy tilning ahamiyati shundaki, insonlar bilan bevosita ishlashni o‘z ichiga oladi. Xususan, psixoterapevtlar va klinik psixologlar turli madaniyat vakillari bilan muloqot qilishlari mumkin. Agar psixolog xorijiy tilni bilmasa, bemorlarni tushunishda yoki terapevtik jarayonni samarali olib borishdaqiyinchiliklarga duch keladi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Zamonaviy metod va texnologiyalarni o‘zlashtirish psixologiyada innovatsion texnologiyalar va tadqiqot metodlari jadal rivojlanmoqda. Masalan, neyropsixologiyada turli laboratoriya uskunalari va test tizimlari qo‘llaniladi. Ularning aksariyati ingliz yoki nemis tilida ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan samarali foydalanish uchun xorijiytillarni bilishtalab etiladi. Xalqaro tajriba almashish va ilmiy hamkorlik psixologlar uchun xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ilmiy almashinuv dasturlarida ishtirok etish juda muhim. Masalan, International Congress of Psychology yoki European Congress of Psychology kabi yirik anjumanlarda qatnashish xorijiy tillarni bilishnitalab qiladi. O‘zbek psixologiyasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish esa xorijiy tillarni bilish nafaqat xorijiy adabiyotlardan foydalanish, balki o‘zbek psixologiyasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish imkoniyatini ham yaratadi. Bugungi kunda o‘zbek psixologlari xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish yoki xalqaro anjumanlarda qatnashish orqali milliy psixologik maktabni rivojlantirishlari mumkin. Hozirgi kunda yurtimiz qanchalik rivojlanib borayotgan sari, chet tillariga bo’lgan talab shunchalik ortib bormoqda. Buning samarasida ko’pchilik yoshlar chet tillarini o’ziga xos qiziqish va ishtiyoq bilan o’rganishmoqda. Shuningdek, bolalarga bog’cha yoshidan boshlab xorijiy tilarni tanishtirish va bu tillarni turli xil yo’llar va metodlar bilan o’rgatish kabi samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni bola maktab yoshiga qadar chet tili bo’yicha biroz bilimga ega bo’lib, keyinchalik maktabdan osonlik bilan shu tilni chuqurroq bilishi mumkin. Eng muhimi, bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish bizga juda katta imkoniytlarni yaratib beradi. Ya’ni siz bironta chet tilini bilsangiz, sizda yangi insonlar bilan tanshish, yangi do’stlar, hamkasblar orttirish va chet ellik shaxslar bilan erkin so’zlashuv qilish imkoniyati yaratiladi. Chet tillarni o’rganishning yana bir ustunlik tomoni shundaki, chet tilini bilish sizning kognitiv va tahliliy qobiliyatingizni yuksaltirishga katta yordam beradi. Siz chet tilini har kun o’rganib, uni kundan – kunga rivojlantirib borsangiz, ya’ni har kun so’z yodlab, turli xil mashqalar bajarib borsangiz, kognitiv va tahliliy qobiliyatingiz ham yuksalib boraveradi. Bilimizngizni va til o’rganish paytida ijtimoiy doirangizni yuksaltirishning yaxshi yo’li – bu til o’rganayotgan shaxslar bilan bog’lanish va so’zlashuv qilishdir. Hozirgi kunda ko’proq va ko’proq ish beruvchilar xorijiy tillarda erkin so’zlashuv qiladigan shaxslarni qidirmoqda. Ya’ni chet tillarni bilishimiz orqali biz ko’pgina joylarda ishlashimiz mumkin. Masalan, tarjimonlik qilish, ko’pchilik chet eldan kelgan mehmonlarga gidlik qilish, har xil zamonaviy o’quv kurslarda
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of foreign languages in the study of psychology and their application in various fields.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of foreign languages in the study of psychology and their application in various fields. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy hamkorlik., psixologiya, xorijiy tillar, zamonaviy metodlar, xalqaro tajriba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014