К содержанию
РецензированоUZ2025

TIJORAT BANKLARINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY VA IQTISODIY ASOSLARI

Abduvaxobov ShaxzodXolmo’min o’g’li · Qobulova RuxshonaJahongirovna (Samarqand iqtisodiyot vaservis instituti)

Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tijorat banklarini tashkil etish jarayonining huquqiy va iqtisodiy asoslari tahlil qilingan. Xususan, bank faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan qonunchilik talablari, litsenziyalash tartibi hamda moliyaviy barqarorlikni ta'minlovchi iqtisodiy omillar yoritilgan. Shuningdek, banklar faoliyatining samaradorligini oshirishda davlatning roli va tartibga soluvchi organlarning vazifalari ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston tajribasi asosida tijorat banklarini tashkil etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, bank tizimi, litsenziyalash, huquqiy asoslar, iqtisodiy barqarorlik, tartibga soluvchi organlar, moliyaviy nazorat, bank ishi,O‘zbekiston moliya bozori. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy tizimning barqarorligi va samarali faoliyati har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Xususan, tijorat banklari ushbu tizimning markaziy bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritib, nafaqat aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi, balki kapitalni qayta taqsimlash, investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini huquqiy hamda iqtisodiy asosda tartibga solish bugungi kundadolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tijorat banklarini tashkil etish jarayoni, avvalo, muayyan qonunchilik me'yorlari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda banklar davlat tomonidan belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda ruxsatnoma (litsenziya) olishi, ustav kapitalini shakllantirishi va zarur infratuzilmalarni yaratishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi ham bank tizimini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun asosida tijorat banklarining tashkiliy-huquqiy maqomi, ularning vakolatlari, moliyaviy javobgarligi va nazorat tartibi belgilangan. Iqtisodiy nuqtayi nazardan qaraganda, banklarni tashkil etishda kapital yetarliligi, risklarni boshqarish strategiyasi, raqobatbardoshlik darajasi va innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, bank infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, elektron bank xizmatlarini joriy etish va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat turlarini kengaytirish orqali banklarning samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu maqolada tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy asoslari va iqtisodiy shart-sharoitlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida mavjud bo‘lgan amaliy tajriba va xalqaro standartlar bilan taqqoslanadi. Maqsad – tijorat banklarining barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Asosiy qism: Tijorat banklari zamonaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy moliyaviy institutlardan biridir. Ular pul mablag‘larini yig‘ish, taqsimlash, investitsiya qilish va kreditlash orqali mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida beqiyos o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham ularning tashkil etilishi masalasi nafaqat iqtisodiy, balki huquqiy jihatdan ham chuqur asoslashni worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI talab etadi. Bugungi globallashuv davrida bank sektorining barqaror faoliyati davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tayanch ustunlaridan biriga aylanmoqda. Tijorat banklarini tashkil etish avvalo qonuniy asosda olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, banklar yuridik shaxs sifatida tashkil topadi va ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nazorat qilinadi. Bank tashkilotchilari dastlab Markaziy bankka ariza bilan murojaat qiladi, ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar to‘liq ko‘rib chiqilgandan so‘nggina ruxsatnoma (litsenziya) beriladi. Bu litsenziya asosida bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Bankni tashkil etishda ustav kapitalining yetarli darajada bo‘lishi muhim omillardan biridir. 2023-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talabga asosan yangi tashkil etiladigan tijorat bankining ustav kapitali kamida 100 milliard so‘mni tashkil etishi kerak. Shuningdek, bank rahbariyatining moliyaviy sohada kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lishi ham majburiy hisoblanadi. Bu talablar bank faoliyatining barqaror va ishonchli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Huquqiy asoslar bilan bir qatorda, banklarni tashkil etishda iqtisodiy sharoitlar ham muhim ahamiyatga ega. Bunda bozorning mavjud holati, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabi, investitsiya muhiti va bank infratuzilmasining rivojlanish darajasi asosiy omillar sifatida e’tiborga olinadi.. 2023-yil yakuniga ko‘ra, tijorat banklarining umumiy aktivlari 630 tri

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tijorat banklarini tashkil etish jarayonining huquqiy va iqtisodiy asoslari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tijorat banklarini tashkil etish jarayonining huquqiy va iqtisodiy asoslari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy barqarorlik, bank tizimi, tartibga soluvchi organlar, litsenziyalash, huquqiy asoslar, O‘zbekiston moliya bozori., moliyaviy nazorat, tijorat banklari, bank ishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники