Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTON PEDAGOGLARIDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH MEZONLARI
RIVOJLANTIRISH MEZONLARI · Qo‘chqorova Feruzaxan Maxammatqosimovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article analyzes the concept of healthy thinking in the activities of pedagogical personnel in the conditions of New Uzbekistan, its content, psychological and pedagogical foundations and development criteria. The role of healthy thinking in the personality and professional activity of a teacher is revealed. Keywords: healthy thinking, teacher personality, criteria of thinking, psychological health, emotional stability, reflection. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, pedagogik kadrlar nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarga, balki salomat fikrlash, ya’ni sanogen tafakkurga ham ega bo‘lishi zarur. Sanogen tafakkur insonning ruhiy salomatligini saqlab qolish va ijtimoiy-psixologik stresslarga bardosh berishda muhim vosita hisoblanadi[1]. “Sanogen” atamasi yunoncha “sanus” — sog‘lom va “genesis” — kelib chiqish so‘zlaridan olingan bo‘lib, sog‘lom fikrlash tizimini anglatadi. Sanogen tafakkur bu — insonning o‘z fikrlari va emotsiyalarini ongli tarzda boshqarishi, salbiy ruhiy holatlardan ijobiy yechim topishga intilishi jarayonidir[2]. Pedagogik faoliyatda bu tafakkur turi, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, pedagog turli xil ijtimoiy va kasbiy bosimlar ostida ishlaydi, o‘quvchi va ota-onalar bilan muloqotda bo‘ladi, shuning uchun u emotsional jihatdan barqaror bo‘lishi lozim. Sanogen tafakkur — bu inson tafakkurining sog‘lomlashtiruvchi shakli bo‘lib, u stressli va salbiy holatlar ta’sirida ruhiy barqarorlikni saqlashga, konstruktiv fikrlash va ijobiy qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayonida quyidagi mezonlarni asosiy diagnostik ko‘rsatkich sifatida ajratish mumkin: 85 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel 1. Reflektivlik darajasi. Pedagog o‘zining hissiy holati, fikrlari, harakatlari va ularning oqibatlarini ongli tarzda tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Yuqori reflektivlik darajasi o‘z-o‘zini anglash, ichki ziddiyatlarni hal etish va psixologik o‘sish imkoniyatini beradi. Bu ko‘rsatkich sanogen tafakkurning asosiy kognitiv komponenti sifatida baholanadi[3]. 2. Emotsional barqarorlik. Bu mezon shuni anglatadiki, pedagog stressli, ziddiyatli yoki noaniq vaziyatlarda ham o‘zini tuta oladi, salbiy emotsiyalarga berilmaydi va ijobiy fikrlashni davom ettiradi. Emotsional barqarorlik sanogen fikrlashning emotsional komponenti sifatida pedagogning psixologik sog‘lomligini belgilovchi muhim omildir[4]. 3. Kognitiv moslashuvchanlik. Bu — turli pedagogik vaziyatlarga tez moslasha olish, stereotip fikrlashdan voz kechish va muammolarga yangicha yondashuv topa olish qobiliyatidir. Kognitiv moslashuvchanlik pedagogning yangilikka ochiqligini, kreativ tafakkurga moyilligini va sanogen yondashuv asosida qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi[5]. 4. Shaxsiy mas’uliyat hissi. Sanogen tafakkur egasi bo‘lgan pedagog o‘z qaror va harakatlariga ongli yondashadi, ularga nisbatan javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘ladi. Bu mezon kasbiy etuklik, mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlash madaniyatining mavjudligini ko‘rsatadi. 5. Optimistik yondashuv. Sanogen tafakkur ijobiy psixologik holatni saqlab turishga xizmat qiladi. Pedagogda kelajakka ishonch bilan qarash, o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish ehtimoliga ishonish, muammolarni vaqtinchalik holat sifatida qabul qilish kabi belgilar optimistik yondashuv darajasini ko‘rsatadi. Sanogen tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish uchun zamonaviy ta’lim jarayonida kompleks yondashuvlar qo‘llanilishi muhim ahamiyatga ega. Eng avvalo, emotsional-intellektual treninglar orqali pedagoglarda o‘z emotsiyalarini anglash, boshqarish, va ijtimoiy aloqalarda samarali muloqot olib borish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bunday treninglar hissiy savodxonlik va o‘z-o‘zini anglash jarayonini faollashtirib, stressga qarshi turish mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, stressga chidamlilikni oshirishga qaratilgan seminar-treninglar pedagogik faoliyatda uchraydigan muammolarni konstruktiv hal etish, tashqi bosimlarga bardoshli bo‘lish va konfliktli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu jarayon orqali shaxsiy psixologik xavfsizlik va kasbiy barqarorlik ta’minlanadi. Refleksiya asosidagi metodikalarning tatbiqi pedagogning o‘z ichki holati, fikrlari va harakatlarini tahlil qilish orqali o‘z ustida ishlashga yo‘naltiriladi. Refleksiv yondashuv sanogen tafakkurning eng muhim komponenti bo‘lib, pedagogda ijobiy fikrlashni rivojlantirishga, tajriba asosida yangicha qarashlarni shakllantirishga yordam beradi. Mentorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish esa tajribali mutaxassislar tomonidan yosh pedagoglarga psixologik va kasbiy ko‘mak ko‘rsatish orqali ularning shaxsiy
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the concept of healthy thinking in the activities of pedagogical personnel in the conditions of New Uzbekistan, its content, psychological and pedagogical foundations and development criteria.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the concept of healthy thinking in the activities of pedagogical personnel in the conditions of New Uzbekistan, its content, psychological and pedagogical foundations and development criteria. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- healthy thinking, teacher personality, criteria of thinking, psychological, emotsional barqarorlik, psixologik salomatlik, refleksiya., tafakkur mezonlari, pedagog shaxsiyati, sanogen tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014