К содержанию
РецензированоUZ2025

MAMLAKATIMIZ MUDOFAASI VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI

Xaitov Djahongir Erkinovich · Davronov Fayoziddin Nurillo o‘g‘li (O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti) · Shavkat MIRZIYOYEV (O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganishilmiy-tadqiqot instituti) · O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganishilmiy-tadqiqot instituti) · Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni (O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganishilmiy-tadqiqot instituti)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada mamlakatimiz mudofaasi va xavsizligini ta’minlashda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasining dolzarbligi, ahamiyati, davlat siyosati markazida turganligi, bu borada olib borilayotgan islohotlarning muhim jihatlari hamda globallashuv jarayonida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Kalit so‘zlar: vatanparvarlik, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat siyosati, yoshlar, konsepseya, ommaviy madaniyat, axborot, globalizatsiya, Terrorizm va ekstremizm. “Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi” Shavkat MIRZIYOYEV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Bugungi kunda jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, global jarayonlar, hamda geosiyosiy tahdidlarda odamlar, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurashning kuchayib borayotganligi har handay davlatga ehtimoliy xavf manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro tajriba va ehtimoliy xavf xatarlardan kelib chiqib, mamlakatimiz xavfsizligi, chegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlash, davlatni tashqi va ichki xavflardan muhofaza qilish, hamda jamiyatni birlashtirishda yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratish har qachongidan ham muhim vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan, yoshlar har tomonlama yetuk, yurtiga fidoyi, mard va jasur hamda vatanparvar qilib tarbiyalash masalalari davlatimiz siyosatining hozirgi kunda eng muhim strategik vazifalaridan biri sifatida belgilab berildi. Hususan 2024- yil 12- yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, 78 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel armiyani rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy-ma’muriy sektor va mudofaa sanoati faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilinib, Prezidentimiz tomonidan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi [3]. Bugungi shiddad bilan o‘zgarib, rivojlanib borayotgan davrda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir qator dolzarb muammolar mavjud bo‘lib, ushbu muammolar quydagilarni o‘z ichiga oladi. 1. Globalizatsiya va yoshlarga ta’sir qiluvchi axborot oqimlari. Zamonaviy globallashuv jarayonida yoshlarning turli madaniyatlar va qadriyatlar bilan tanishishi, internet, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarning dunyoqarashi, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tushunchalariga zid bo‘lgan axborotlarning tarqalishi yoshlarda o‘z davlatiga nisbatan fuqarolik burchi va mas’uliyatini unutishi yoki unga befarq bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin. 2. Oiladagi tarbiya va vatanparvarlik tushunchasining qoniqarsiz darajada ekanligi. Oilada beriladigan tarbiya yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Biroq, zamonaviy jamiyatda ba’zi oilalar farzandlariga milliy qadriyatlar va vatanparvarlik haqida yetarli darajada tushuntirish bermasligi shuningdek, harbiy xizmat yoki vatan himoyasi masalalariga e’tibor qaratilmasligi yoshlarning o‘z davlatiga nisbatan mas’uliyatini to‘liq anglamasligiga sabab bo‘ladi. 3. Yoshlar orasidagi individualizm va pragmatizmning kuchayishi. Yoshlar ko‘proq o‘z shaxsiy manfaatlari va maqsadlariga e’tibor qaratib, milliy manfaatlarga befarq bo‘lib qolishlari ularning jamiyat oldidagi burchlarini unutishlariga va harbiy xizmatga nisbatan befarq munosabatda bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Vatanparvarlik tuyg‘usi o‘zini jamiyatning ajralmas qismi sifatida his qiladigan shaxslar orasida shakllanadi, biroq individualizmning kuchayishi bu jarayonni qiyinlashtiradi. 4. Harbiy xizmatga nisbatan salbiy stereotiplar. Jamiyatda xarbiy xizmatga nisbatan salbiy stereotiplarning shakllanishi yoshlarda bu faoliyatga nisbatan noto‘g‘ri tushunchalarni shakllanishiga olib keladi. Natijada, ko‘plab yoshlar harbiy xizmatni og‘ir, xavfli yoki foydasiz deb hisoblab, undan qochishga harakat qilishga olib keladi. Mamlakatimiz mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlashda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Davlat xavfsizligi va himoyasini mustahkamlash. Davlatning xavfsizligi va himoyasi harbiy qurol-aslaha, texnika va qurolli kuchlar son jixati bilan bir qatorda har bir fuqaroning, xususan, yosh avlodning davlatga bo‘lgan sadoqati va milliy manfaatl

Доказательный фрагмент

«Maqolada mamlakatimiz mudofaasi va xavsizligini ta’minlashda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasining dolzarbligi, ahamiyati, davlat siyosati markazida turganligi, bu borada olib borilayotgan is…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mamlakatimiz mudofaasi va xavsizligini ta’minlashda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasining dolzarbligi, ahamiyati, davlat siyosati markazida turganligi, bu borada olib borilayotgan is… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Terrorizm va ekstremizm., yoshlar, ommaviy madaniyat, davlat siyosati, axborot, konsepseya, vatanparvarlik, globalizatsiya, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти