К содержанию
РецензированоUZ2025

Boʻlgʻusi oʻqituvchilarning kompitentligini rivojlantirish

UZBEKISTAN” JURNALI · Azimboyeva Yorqinoy · Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

In the modern educational system, the development of future teachers' competencies serves as a key factor in ensuring the effective and high- quality performance of their professional duties. In the process of teacher training, 518 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 special attention should be given to shaping pedagogical skills through a competence-based approach, mastering pedagogical psychology, communicative skills, and innovative teaching technologies. This article analyzes the theoretical and practical aspects of developing future teachers' competencies, as well as the approaches and methods necessary to create an effective education system. Keywords: future teachers, competence, education system, pedagogical skills, innovative technologies, professional training. Kirish: Bugungi kunda ta'lim tizimining muvaffaqiyati, asosan, uning eng muhim elementlaridan biri boʻlgan oʻqituvchilarning professional kompetentligiga bogʻliq. Oʻqituvchi nafaqat bilimlarni oʻrgatadigan, balki yosh avlodning ruhiy va axloqiy shakllanishida, ularning kelajakdagi jamiyatda oʻrin topishida katta rol oʻynaydi. Shu sababli, boʻlgʻusi oʻqituvchilarni tayyorlashda kompetentlik yondashuvini qoʻllash, ularning kasbiy faoliyatiga tayyorligini yaxshilashga, zamonaviy talablarga mos pedagogik ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kompetentlik yondashuvi nafaqat o'quvchilarni ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, balki oʻqituvchilarni kasbiy jihatdan shakllantirishda ham muhim rol oʻynaydi. Bu yondashuv orqali boʻlgʻusi oʻqituvchilarga pedagogik bilimlarni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan oʻzlashtirish, shuningdek, muammolarni hal qilish, innovatsion metodlar va texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlarini yaratadi. Pedagogik psixologiya, kommunikativ mahorat, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayonida toʻgʻri qoʻllash kabi koʻnikmalarni rivojlantirish oʻqituvchining muvaffaqiyatli va samarali faoliyat yuritishiga olib keladi. Shu bois, boʻlgʻusi oʻqituvchilarni tayyorlashda ularning kompetentligini rivojlantirishga e'tibor qaratish, nafaqat o'quvchilarga yuqori sifatli ta'lim berishni, balki jamiyatning ilg'or va raqobatbardosh taraqqiyotiga hissa qoʻshishni taʼminlashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni kompetentlikka asoslangan tayyorlashning ahamiyati, zarur metodlar va pedagogik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Asosiy qism: Kompetentlik yondashuvining ta'lim tizimida o‘rni Kompetentlik yondashuvi o‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy va samarali yondashuvlardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarni nafaqat pedagogik bilimlar bilan, balki zamonaviy metodlar, texnologiyalar, psixologik bilimlar, ijtimoiy-ma'naviy ko‘nikmalar bilan ham ta'minlashdir. Bu yondashuv o‘qituvchining nafaqat bilim berish, balki 519 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlantirish, jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga yordam berishga qaratilgan. Kompetentlikka asoslangan ta'lim yondashuvi bo‘yicha o‘qituvchilar quyidagi asosiy kompetensiyalarni rivojlantirishi kerak: Pedagogik kompetensiya – ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, darslarni samarali o‘tkazish; Kommunikativ kompetensiya – o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati; Texnologik kompetensiya – ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni, multimedia vositalarini qo‘llash; Pedagogik psixologik kompetensiya – o‘quvchilarning psixologik ehtiyojlarini tushunish va ularga mos ravishda ta'lim berish; Innovatsion kompetensiya – yangi pedagogik metod va yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash. O‘qituvchilarning pedagogik ko‘nikmalarini shakllantirish O‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida pedagogik ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘nikmalar orqali o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilimini samarali tarzda oshirish, ularning shaxsiy rivojlanishiga yo‘l ochish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagogik ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratish zarur: Didaktik ko‘nikmalar – o‘qituvchining darsni tuzish, o‘quv materialini taqdim etish, o‘quvchilarning faoliyatini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish; Psixologik ko‘nikmalar – o‘quvchilarni psixologik jihatdan tushunish va ularga individual yondashuvni ta'minlash; Kommunikativ ko‘nikmalar – samarali muloqot qilish, o‘quvchilarning savollariga javob berish, ularni ilhomlantirish va motivatsiya qilish; Tahliliy ko‘nikmalar – o‘quvchilarning o‘rganishini va rivojlanishini baholash, darsni samarali tahlil qilish. Innovatsion texnologiyalarning roli Zamonaviy ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘qituvchining kompetentligini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta'lim texnologiyalari o‘qituvchining kasbiy kompetent

Доказательный фрагмент

«In the modern educational system, the development of future teachers' competencies serves as a key factor in ensuring the effective and high- quality performance of their professional duties.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the modern educational system, the development of future teachers' competencies serves as a key factor in ensuring the effective and high- quality performance of their professional duties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
future teachers, competence, education system, pedagogical skills, kasbiy tayyorgarlik., kompetentlik, pedagogik ko‘nikmalar, ta’lim tizimi, bo‘lg‘usi o‘qituvchilar, innovatsion texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники