Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STEAM YONDASHUVI: INTEGRATSIYA ORQALI TALIM OLISHNI KUCHAYTIRISH
UZBEKISTAN” JURNALI · Pazilova Shoxida Abdulbasitovna · O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
Texnologiyani pedagogik amaliyotga muammosiz integratsiya qilish orqali o'qituvchilar talabalarning faolligini oshirishi, ijodkorlikni rivojlantirishi va chuqurroq o'rganish tajribasini osonlashtirishi mumkin.Ushbu maqolada STEAM yondashuvining o‘z-o‘zini o‘qitish va jamoada ishlash qobiliyati bilan birgalikda samarali interaktiv ta’lim yondashuvinining afzalliklari bayon etiladi. Maqolada o‘quv jarayonida STEAM yondashuvining ta’lim oluvchilar tafakkurining rivojlantirilishi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: STEM, fanlararo ta’lim, STEAM, ta’lim, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika fanlari integratsiyasi. Zamonaviy innovatsiyalardan biri STEM - fan, texnologiya, muhandislik va matematika - butun dunyo bo’ylab ta’lim tizimlarida hal qiluvchi yo‘nalish sifatida paydo bo‘ldi. STEM ta’limi ta’lim oluvchilarni zamonaviy talablarga tayyorlash bilan bir qatorda, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash inqirozlari va barqaror rivojlanish kabi murakkab global muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. STEAM - bu tanqidiy fikrlash, tadqiqot qobiliyatlari va guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir nechta fan yo‘nalishlarini birlashtirgan yangi ta’lim texnologiyasi. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM - dunyo ta’lim tizimining eng zamonaviy innovatsion metodlaridan biri. Uning yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda umumiy bog‘liqliqda o‘rganiladi. Texnologik rivojlanishda “STEAM” ko‘nikmalari rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEAM - bu tanqidiy fikrlash, tadqiqot qobiliyatlari va guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir nechta fan yo'nalishlarini birlashtirgan yangi ta'lim texnologiyasi. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib 534 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM quyidagi atamalarda ifoda qilinadi: S-science, T-technology, E-engineering, A-art va M-math. Ularni ingliz tilidan tarjima qilsak: “tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika” kelib chiqadi. Zamonaviy ta’lim dunyosida bu yo‘nalishlar eng dolzarb hisoblanadi. Demak, STEAMda ta’lim yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llab, beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi asos qilib olinadi. Amerikada ishlab chiqilgan bu yo‘nalish nazariya va amaliyot birlashuvining mantiqiy natijasidir. Bunda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikadan olingan umumiy bilimlar kelajakda ta’lim oluvchilarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishuvlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim oluvchilar yaxshi bilim olishga intilgan hamda amalda qo‘llashgan. STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi amaliyotning nazariy bilimlar bilan chambarchas bog‘liqligidadir. U ta’lim muhitida ta’lim oluvchilar bilimga ega bo‘lishlari bilan undan foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun ham ular hayotiy muammolarga duch kelishganda, turli sohalardagi bilimlarga tayanib, hamkorlikda ishlashlari orqali ayrim muammolarni hal qilishlari mumkin. Ta’lim oluvchilar o‘z qobiliyatlari, ijodkorligi va moslashuvchanligini rivojlantirgan holda boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadilar. Bu ko‘nikma va bilimlar ta’limning asosiy vazifasini tashkil etadi. STEAM ta’limi maktabdan boshlanishi kerak. Demak, o‘quvchi dunyoda yuz berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Ilm-fanni (Sience) yaxshi o‘zlashtirish esa o‘quvchiga o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni yaxshi anglashga yordam beradi. Texnologiya fani insoniyat kelajagi – raqamli dunyoga moslashadi. Muhandislikni (Engineering) egallashi bilan o‘quvchi muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘rgangan bilimlarini yangi loyihalar yaratish uchun qo‘llay oladilar. Matematik ma’lumotlarni tahlil qilish, xatolarni tuzatish, to‘g‘ri yechimlar topishni puxta o‘rganadi. STEAM ayni paytda shu yo‘nalishlarni bir tizimga keltiradi va jamiyat uchun yangiliklar, kashfiyotlar yarata oladigan, muammolarga yechim topa oladigan mutaxassislarni tayyorlab beradi. STEAM ta’lim oluvchilar uchun ta’lim muassasasi hamda ish faoliyati va turli kasblarni egallashda shaxsiy muvaffaqiyat qozonishiga imkoniyat yaratib beradi. 535 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 STEAM fanlarini o‘zlashtirish davomida ta’lim oluvchida quyidagi qobiliyatlar: 1. Muammoni hal qila olish; 2. Kreativlik; Tanqidiy fikrlash; 3. Jamoaviy ishlay olish; 4. Mustaqil fikrlash; 5. Tashabbuskorlik; 6. Kommunikatsiya; 7. Raqamli savodxonlik shakllanadi. Ta’kidlash joizki, texnologiyalar kundan - kunga rivojlanmoqda. Lekin yangi
Доказательный фрагмент
«Texnologiyani pedagogik amaliyotga muammosiz integratsiya qilish orqali o'qituvchilar talabalarning faolligini oshirishi, ijodkorlikni rivojlantirishi va chuqurroq o'rganish tajribasini osonlashtirishi mumkin.Ushbu ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюTexnologiyani pedagogik amaliyotga muammosiz integratsiya qilish orqali o'qituvchilar talabalarning faolligini oshirishi, ijodkorlikni rivojlantirishi va chuqurroq o'rganish tajribasini osonlashtirishi mumkin.Ushbu ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- matematika fanlari integratsiyasi., ta’lim, fanlararo ta’lim, texnologiya, muhandislik, tabiiy fanlar, STEM, STEAM
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026