К содержанию
РецензированоUZ2025

EHTIMOLLAR NAZARIYASIDA “FLIPPED LEARNING” TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI

UZBEKISTAN” JURNALI · TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI · Yunusova Gulnoza Abduxalikovna · QK Akademiyasi professori

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 343-350 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola bugungi kundagi dolzarb va samarali natijaga olib keluvchi – kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda taqdim etishidan oldin o‘rganadigan “Flipped learning” texnologiyasi va uni ehtimollar nazariyasida qo‘llash metodikasiga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: blended, learning, flipped, auditoriya, o‘qitish, mustaqil, vazifa, kursant, texnologiya, usul, jarayon. Вlended Learning texnologiyasining turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ushbu maqolada hozirgi kunda keng ommalashib borayotgan “Flipped learning - an’anaviy o‘qitish jarayonini o‘zgartirish va uy vazifasi bilan auditoriya ishining maqsadini o‘zgartirishga intilish” [1; 207-208-b.] haqida mulohaza yuritamiz. "Flipped learning" texnologiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, mualliflar haqida qisqa to‘xtalib o‘tishimiz zarur. Ushbu texnologiyaning mualliflari kimyo o‘qituvchilari Aaron Sams va Jonathan Bergmann (AQSh). 2008-yilda ular ma’ruzalarini videroliklar ko‘rinishida yozib, talabalariga uy vazifalarini bajarish uchun taklif qila boshladilar. "Flip Your Classroom. Reach Every Student in Every Class Every Day" (Sinfingizni aylantiring. Har kuni har darsda har bir o‘quvchiga murojaat qiling) nomli kitoblarida ushbu texnologiyaning xususiyatlari va uning imkoniyatlarini bayon qilganlar [2; 1-b.]. 2010-yilda AQShning Detroyt shahridagi Clintondale High School birinchi "Flipped classroom"ga aylandi, ya’ni "Flipped learning" texnologiyasining tamoyiliga to‘liq o‘tdi. Ushbu yondashuvga asosan, talabalar uyda o‘quv axboroti (bo‘lim, modul, mavzu) mazmunini mustaqil ravishda o‘rganadilar, video ma’ruzalarni yoki video izohlarni tomosha qiladilar, so‘ngra o‘qituvchining ko‘magi va yordami bilan o‘quv mashg‘ulotida o‘rganilgan material muhokama qilinadi va amaliy topshiriqlarni bajarish va olingan ma’lumotlarni tahlil etishda qo‘llaniladi. Uyda nima qilish kerak bo‘lsa, bu texnologiyada auditoriyada va aksincha amalga oshiriladi. Shu jarayon 547 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 kursantlar tomonidan hama amalga oshirilishi mumkin. Keling, shu haqida mulohaza yurib ko‘raylik. “Flipped learning” - “ilgarilangan” mustaqil ish bilan bir qator o‘xshashliklarga ega, bunda kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda taqdim etishidan oldin o‘rganadilar. Asosiy farq shundaki, “ilgarilangan” mustaqil ishda kursant auditoriyadan tashqarida kognitiv-qidiruv yoki ijodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiradi, “Flipped learning”da esa kursant kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yangi materialni o‘rganadi va o‘qituvchi bu jarayonni (video orqali tushuntirish, nazorat savollari) boshqaradi [2; 3-b.]. “Flipped learning”ni amalga oshirishning turli usullari mavjud, ammo ularning barchasi bitta asosiy tamoyilga asoslanadi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladi, amaliyot va qo‘llash auditoriyada amalga oshiriladi. Shu tarzda, kursantlar o‘qituvchining rahbarligida auditoriyada yanada murakkab kognitiv faoliyatni talab qiladigan topshiriqlarni bajarishadi. Bunday holatda o‘quv mashg‘ulotida o‘qituvchining oldida turgan vazifa - mavzuning mazmunini bayon qilish emas, balki kursantni uning asosiy yoki qiyin jihatlariga yo‘naltirish va uning amaliy kognitiv faoliyati jarayonini faollashtirishdir [2; 4-b.]. Matematika fanida bu texnologiyani qanday tatbiq etish mumkin? Yuqoridagi qoidalarni asos deb olsak, matematika fani, jumladan nomutaxassis yo‘nalishlaridagi oliy matematika fanida ixtiyoriy mavzuga ushbu texnologiyani samarali qo‘llab, yuqori natijalarga erishish mumkin. Xususan, ehtimollar nazariyasi mavzusinining nazariy qismi kursantlar tomonidan mustaqil o‘zlashtirilgan holda, auditoriyada ushbu nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash, vujudga kelgan muammolarni muhokama qilish, bartaraf etish, amaliy masalalarda ko‘rib chiqish ahamiyatga molik [3]. Quyida keltirilgan 1- jadvalda kursantlar tomonidan o‘zlashtirilgan tushunchalarning nazoratini o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali metod T-jadval keltirilgan. Kursantlar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash yuqorida ta’kidlanganidek, auditoriyadagi mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. 548 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 1-jadval “Flipped learning”dan foydalanish uchun bir nechta sabablar mavjud. Birinchidan, u materialni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, o‘qituvchi va boshqa kursantlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi (2-jadval) va uni o‘quv jarayonining tabiiy qismiga aylantiradi [4]. Ikkinchidan, ushbu modelni qo‘llashda auditoriya vaqti oqilona sarflanadi. 549 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 2-jadval “Flipped lear

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola bugungi kundagi dolzarb va samarali natijaga olib keluvchi – kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda taqdim etishidan oldin o‘rganadigan “Flipped learning” texnologiyasi va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola bugungi kundagi dolzarb va samarali natijaga olib keluvchi – kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda taqdim etishidan oldin o‘rganadigan “Flipped learning” texnologiyasi va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
auditoriya, flipped, learning, blended, mustaqil, o‘qitish, vazifa, kursant, texnologiya, jarayon., usul
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники