К содержанию
РецензированоUZ2025

GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

UZBEKISTAN” JURNALI · METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH · Shadiyeva Nigora Sharipovna · Mamataliyeva Dilshoda (Buxoro davlat pedagogika instituti)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasi, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda zamonaviy o‘quv jarayoniga integratsiyalash masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, darslarda raqamli resurslardan foydalanish, interfaol metodlar, STEAM yondashuvi va hamda 3D animatsiyalardan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirish, gamifikatsiya elementlarini qo‘llash tajribalari asosida takliflar berilgan. Kalit so‘zlari:STEM, Interaktiv xaritalar, gamifikatsiya, Flipped classroom, AKT, metodika, taʼlim sifati, o‘quv jarayoni, amaliy ko‘nikmalar, o‘quvchilar faolligi. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi o‘qitish metodikalarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, maktablarda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kabi fanlarni o‘rgatishda o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, ularning tanqidiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 9 oktyabrdagi PF- 5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” to‘g‘risida Farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909- son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 482 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2021-yil 1- apreldagi PQ-5047-son “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5099-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-son qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarining o‘ziga xosligi: Bu fanlar real hayotga yaqin, murakkab mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarni o‘rgatadi. Ular o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, tahlil qilish, prognoz berish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar turlari va ularning afzalliklari: - Interaktiv xaritalar: Google Earth, ArcGIS Online orqali darslarda fazoviy obyektlar va ularning o‘zgaruvchanligini tahlil qilish. - STEAM yondashuvi: geografiya va iqtisodiyot fanlarini boshqa fanlar bilan integratsiyalash, masalan, matematika va informatika orqali statistik tahlil o‘rganish. - Gamifikatsiya: dars jarayonini qiziqarli qilish uchun ball to‘plash, viktorinalar, raqobatli o‘yin elementlaridan foydalanish. Bugungi kunda ta’lim tizimida 3D modellarni yirik yoki kichik detallarini yaratish uchun loyihlashdagi oddiy maketlar bilan birgalikda barcha sohalarda ham foydalanilmoqda.3D-modellashtirish yordamida ko‘proq real effektga erishish uchun obyektni 3 o‘lchamli modelini teksturalash (materialning vizual xususiyatlarini berish) harakatlantirish mumkin. O‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar: - Har bir mavzu bo‘yicha interaktiv taqdimotlar tayyorlash (Prezi, Canva). - O‘quvchilarga mintaqaviy muammolar yuzasidan loyiha ishlari topshirish. 483 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 - Darslarda muammoli savollar asosida muhokama va debatlar tashkil etish. - Ta’lim jarayonida "flipped classroom" modelidan foydalanish: uyda video darslar ko‘rib chiqiladi, darsda esa tahlil qilinadi. - Mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida tahliliy xaritalar tuzish. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ularning zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashuvi o‘quvchilarning bilim olishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda hayotga tayyorgarlik, mintaqaviy va global muammolarni anglash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa va tahlillar. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rs

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasi, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda zamonaviy o‘quv jarayoniga integratsiyalas…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasi, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda zamonaviy o‘quv jarayoniga integratsiyalas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quvchilar faolligi., metodika, gamifikatsiya, o‘quv jarayoni, Interaktiv xaritalar, amaliy ko‘nikmalar, taʼlim sifati, AKT, STEM, Flipped classroom
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники