К содержанию
РецензированоUZ2025

Ziyorat Turizmining Rivojlanishi: O‘zbekiston Tajribasi

UZBEKISTAN” JURNALI · Ziyorat Turizmining Rivojlanishi: O‘zbekiston Tajribasi · Abdullayeva Nozima

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanish jarayonini, uning ahamiyatini va kelajak istiqbollarini o‘rganadi. Mamlakatning boy madaniy merosi va tarixiy obidalari ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida ziyorat turizmining iqtisodiy va ijtimoiy ta‘siri, davlat siyosati va xususiy sektor ishtiroki tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish, madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va xalqaro nufuzini oshirish imkoniyatiga ega. 1. Kirish Ziyorat turizmi dunyo bo‘ylab tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan turizm sohalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston o‘zining boy tarixi, madaniy merosi va ko‘plab ziyoratgohlari bilan bu sohada katta salohiyatga ega. Mamlakatda 1200 dan ortiq ziyoratgoh mavjud bo‘lib, ular nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlarning ham e‘tiborini tortmoqda. O‘zbekiston hukumati ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Bu sohani rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va xalqaro miqyosda o‘z nufuzini oshirishni maqsad qilgan. 2. Metodologiya Ushbu tadqiqot quyidagi metodlardan foydalangan holda olib borildi: • Adabiyotlar tahlili: Mavjud ilmiy maqolalar, hukumat hisobotlari va xalqaro tashkilotlar ma’lumotlari o‘rganildi. • Statistik ma’lumotlar tahlili: Turizmga oid rasmiy statistik ma’lumotlar tahlil qilindi. • Ekspert intervyulari: Turizm sohasidagi mutaxassislar va davlat idoralari vakillari bilan suhbatlar o’tkazildi. 3. Natijalar va Muhokama 282 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 3.1 Ziyorat Turizmining Iqtisodiy Ta’siri O‘zbekistonda ziyorat turizmi sezilarli iqtisodiy ta’sirga ega. 2023-yilda mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 6,626,000 nafarga yetdi. 2024- yilda bu ko‘rsatkich 8,2 million nafarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,574,000 nafarga ko‘pdir Jadval: O‘zbekistonga Tashrif Buyurgan Xorijiy Sayyohlar Soni (2023- 2024) Yil Jami Sayyohlar Soni 2023 6,626,000 2024 8,200,000 O‘zbekistonga 2024-yilda Tashrif Buyurgan ziyoratchi sayyohlar soni 1,600,000 nafar bo‘lib, jumladan: Davlatlar Sayyohlar soni Qozog’iston (islom diniga oid) 488,600 Qirg’iziston (islom diniga oid) 455,900 Tojikiston (islom diniga oid) 405,600 Turkmaniston (islom diniga oid) 35,700 Rossiya Federatsiyasi (xristian 143,800 diniga oid) Turkiya (islom diniga oid) 24,070 Xitoy (buddizm diniga oid) 11,980 Hindiston (islom va buddizm 11,300 diniga oid) Ozarbayjon (islom diniga oid) 2,970 Eron Islom Respublikasi 2,545 Malayziya (islom diniga oid) 2,980 Indoneziya (islom diniga oid) 1,250 Yaponiya (buddizm diniga oid) 3,560 283 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 3.2 Infratuzilma Rivojlanishi Ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda 183 ta yangi mehmonxona 232 ta yangi xostel 452 ta yangi oilaviy mehmon uyi qurildi Bu yangi infratuzilma obyektlari ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda 3.3 Davlat Siyosati va Qonunchilik O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ziyorat turizmini rivojlantirishda alohida e’tibor qaratmoqda. 2020-yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ziyorat turizmini jadal rivojlantirish zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g’risidagi farmon loyihasi ishlab chiqilgan. 3.4 Xalqaro Hamkorlik O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda. “Tabarruk ziyorat” platformasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda turkiy davlatlarning ziyoratgohlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. Bu platforma orqali O‘zbekiston o‘zining ziyorat turizmi salohiyatini xalqaro miqyosda targ’ib qilmoqda 4. Xulosa 284 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 O‘zbekistonda ziyorat turizmi katta salohiyatga ega va tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Davlat tomonidan olib borilayotgan siyosat, infratuzilmaning yaxshilanishi va xalqaro hamkorlikning kengayishi bu sohaning yanada rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Ziyorat turizmi nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Kelajakda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq: 1. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish 2. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 3. Ziyoratgohlarni restavratsiya qilish va saqlash ishlarini davom ettirish 4. Xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish Bu chora-tadbirlar O‘zbekistonning ziyorat turizm

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanish jarayonini, uning ahamiyatini va kelajak istiqbollarini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanish jarayonini, uning ahamiyatini va kelajak istiqbollarini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diniga oid, ziyorat turizmini, islom diniga, ziyorat turizmi, sayyohlar soni, zbekistonda ziyorat, ziyorat turizmining
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники