К содержанию
РецензированоUZ2025

GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA XORAZM VILOYATI HUDUDIDAGI AMUDARYO TO‘QAYLARI XARITASINI CHIZISH

UZBEKISTAN” JURNALI · Kumush Bobojonova Iskandar qizi · Matjonov To‘rabek Otabek o‘g‘li · USING GAT TECHNOLOGIES

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada GAT texnologiyalari yordamida Amudaryo to‘qaylarining Xorazm hududidagi qismini xaritalashtirish masalalari o‘rganilgan. Bunda Landsat 8 OLI/TIRS sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan, dasturlash muhiti sifaftida esa ArcMap ilovasidan foydalanilgan. To‘qaylarning tuzilishi nisbiy bo‘lib, ularni chegaralashda NDVI ma’lumotlari va usulidan foydalanish biroz muammo bo‘lgani sababidan, xarita yasashda sinflashtirish metodidan foydalanildi. Natijadagi xaritani shakllantirish uchun Xorazm viloyatining 2025-yilning mart oyidagi sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlaridan foydalanildi. Kalit so‘zlar: Xorazm viloyati, ArcMap, to‘qay, sinflashtirish MAPPING OF AMUDARYA GROVES IN KHOREZM REGION USING GAT TECHNOLOGIES ANNOTATION: This article studies the issues of mapping the Amudarya groves in the Khorezm region using GIS technologies. Landsat 8 OLI/TIRS satellite data was used, and the ArcMap application was used as a programming environment. Since the structure of the groves is relative, and the use of NDVI data and methods for their delimitation was somewhat problematic, a classification method was used to create the map. Satellite images of the Khorezm region in March 2025 were used to form the resulting map. Key words: Khorezm region, ArcMap, grove, classification Mavzuning dolzarbligi. Quruq iqlimli hududlar aholisi uchun suv obyektlari va ular atrofidagi landshaftning ta’siri katta. Cho‘lni kesib o‘tuvchi tranzit daryolar va ular atrofidagi to‘qaylar ko‘chmanchi qabilalar uchun dastlab termachilik, ovchilik kabi faoliyatlar maydoni hisoblangan bo‘lsa, keyinchalik chorvalarni oziqlantiruvchi maydon, ekin dalasi sifatida o‘zlashtirildi. Bugungi kunga kelib 159 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 estetik zavq olish va daryobo‘yi landshaftini asrash uchun maxsus qo‘riqxonalarga aylantirilayotgan bir davrda bazi hukumatlar bu yakuniy bosqichga o‘tish o‘rniga, haligacha suv obyekti yaqin bo‘lgan, unumdor tuproqli to‘qay maydonlarini ekin ekish maqsadida o‘zlashtirishmoqda. Natijada ko‘plab noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi vakillari qirilib ketdi yoki qirilib ketish arafasida. Bu kabi ishlarning oldini olish uchun turli xil institutlar turlicha choralar ko‘rmoqda. Biz ham Amudaryo daryosi bo‘yidagi to‘qay landshaftini saqlab qolish uchun ushbu daryo to‘qaylarining Xorazm viloyati hududidagi qismini xaritalashtirishni maqsad qildik. Ushbu ishni bajarishda AQSh ning Landsat 8 OLI/TIRS sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Landsat 8 2013-yil 11-fevralda uchirilgan AQSh ning yerni kuzatish sun’iy yo‘ldoshidir. Bu Landsat dasturidagi sakkizinchi sun’iy yo‘ldosh va orbitaga muvaffaqiyatli chiqqan yettinchi sun’iy yo‘ldoshdir. Dastlab Landsat Data Continuity Mission (LDCM) deb nomlangan, loyiha NASA va Amerika Qoʻshma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) oʻrtasidagi hamkorlikdir. Merilend shtatining Greenbelt shahridagi NASA Goddard kosmik parvozlar markazi raketani ishlab chiqish, missiya tizimlari muhandisligi va sotib olishni ta'minladi, USGS esa yer tizimlarini ishlab chiqishni ta'minladi va doimiy missiya operatsiyalarini amalga oshiradi. U Yer yuzasi haroratini oʻrganish va global isishni oʻrganish uchun foydalaniladigan Operatsion Land Imager (OLI) va Termal Infraqizil Sensor (TIRS) kamerasini oʻz ichiga oladi[1]. Tadqiqot ishining maqsadi. Masofadan olingan ma’lumotlar asosida Xorazm viloyati Amudaryo to‘qaylari mavjud hududlarni aniqlash. Material va metodlar. Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshidan 2025-yil mart oyidagi havo ochiq yoki havo qisman bulutli biror davrdagi kosmik suratlar tanlab olinadi. Buning uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari https://earthexplorer.usgs.gov/ saytidan Landsat 8-9 OLI/TIRS C2 L2 tanlovi bilan qidiriladi. Shuningdek izlanuvchi tadqiqot ishi olib borilayotgan joylarni qadab o‘tishi kerak(1-rasm). 160 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 1-rasm Keyinchalik ArcMap dasturi ishga tushiriladi va unga Xorazm viloyati tumanlari va Amudaryo daryosining shape fayl ma’lumotlari kiritiladi. Biz Amudaryodan 2 km lik buffer zona oralig‘idagi to‘qaylarni aniqlaymiz. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi. ArcToolbox –> Analysis Tools –>Proximity–>Buffer Keyin esa Buffer ishchi oynasiga Amudaryodan 2 km masofadagi buffer hududlarni aniqlashi uchun buyruq beriladi(2-rasm). Keyin esa hududning Landsat sun’iy yo‘ldoshidan olingan tasvirlarining 3,4,5 – “band” lari ArcMap ishchi oynasiga qo‘shiladi. Unda to‘qay zonalarini alohida sinflashtirish uchun 3 xil rang bandlarini birlashtiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. ArcToolbox –>Data Management Tools –>Raster–>Raster Processing–> Composite Bands 161 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 2-rasm Composi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada GAT texnologiyalari yordamida Amudaryo to‘qaylarining Xorazm hududidagi qismini xaritalashtirish masalalari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada GAT texnologiyalari yordamida Amudaryo to‘qaylarining Xorazm hududidagi qismini xaritalashtirish masalalari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khorezm region, ArcMap, grove, classification, sinflashtirish, Xorazm viloyati, to‘qay
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники