Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIYA RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATIDA MIGRATSIYA JARAYONINI TARTIBGA SOLISHDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Raxmonaliyev Baxrom
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 543–565 · 2025
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada Turkiya Respublikasining tashqi siyosatida migratsiya jarayonlarini tartibga solishdagi strategik yondashuvlar va ularning geosiyosiy kontekstdagi ahamiyati o‘rganiladi. Migratsiyaning tashqi siyosat vositasiga aylanishi, ayniqsa Yaqin Sharqda yuzaga kelgan inqirozlar fonida yuzaga kelgan muammolar, Turkiya tomonidan ilgari surilgan institutsional mexanizmlar, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar va bu siyosatning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada migratsiya jarayonlari Turkiyaning ichki ijtimoiy dinamikasiga, tashqi siyosiy pozitsiyasiga va xalqaro imijiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani ham ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Turkiya tashqi siyosati, migratsiya, qochqinlar, Suriyalik muhojirlar, Yevropa Ittifoqi, insonparvarlik diplomatiyasi, migratsiya siyosati, geosiyosiy strategiya, migratsiyani boshqarish, Turkiya modeli. Turkiya Respublikasi migratsiya siyosatining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat tarixida yuz bergan ichki va tashqi siyosiy o‘zgarishlar, mintaqaviy inqirozlar hamda xalqaro dinamikalar bilan uzviy bog‘liqdir. Migratsiya masalasi dastlabki yillarda ko‘proq ijtimoiy va iqtisodiy kontekstda ko‘rilgan bo‘lsa, XXI asrga kelib u geosiyosiy strategik vositaga aylana boshladi. Tarixiy jarayonlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Turkiya migratsiya bo‘yicha dastlab eksportchi davlat (ya’ni ishchi kuchi yuboruvchi) sifatida e’tirof etilgan. Ayniqsa, 1961-yilda Germaniya Federativ Respublikasi bilan imzolangan mehnat migratsiyasi bo‘yicha shartnoma doirasida yuz minglab turk fuqarolari Yevropa bozorida ishchi sifatida faoliyat boshlagan. Bu jarayon "Gastarbeiter" deb atalgan to‘lqin bilan Turkiyaning tashqi aloqalariga iqtisodiy tus bag‘ishladi. Shu bilan birga, 1980-yillarga kelib Turkiya ichki siyosiy beqarorlik, harbiy to‘ntarishlar, kurd masalasi va terrorizm xavfi sababli nafaqat emigratsiya, balki ichki ko‘chish va noqonuniy migratsiya oqimlari bilan ham to‘qnashdi. Bu jarayonda davlat migratsiyaga nisbatan qat’iy xavfsizlik yondashuvini qabul qildi. 133 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 O‘sha davrda migratsiya ko‘proq xavf va tahdid sifatida talqin qilinar edi. Tashqi siyosatda esa migratsiya masalasi asosan ikkinchi darajadagi mavqe kasb etgan, chunki Turkiyaning tashqi siyosiy ustuvorliklari NATO doirasidagi harbiy hamkorlik, AQSh bilan aloqalar va Yaqin Sharqdagi muammolarga qaratilgan edi. 1990-yillarga kelib, Sovet Ittifoqining parchalanganidan so‘ng, Markaziy Osiyo va Kavkazdan kelgan ko‘chmanchilar soni ortdi. Shuningdek, Yugoslaviya parchalanishidan keyingi Bosniya va Kosovo inqirozlari natijasida Turkiyaga yana yangi muhojirlar oqimi yo‘l oldi. Biroq bu davrda ham migratsiyaga davlat darajasida strategik yondashuv mavjud emas edi. Muhojirlar asosan madaniy yaqinlik, diniy umumiylik va iqtisodiy intilishlar orqali jamiyatga moslashtirilardi. Turkiya hali o‘zining tashqi siyosatida migratsiyani geostrategik vosita sifatida joriy etmagan edi. 2002-yilda Adolat va taraqqiyot partiyasining (AKP) hokimiyatga kelishi Turkiyaning tashqi siyosat paradigmasida tub burilish yasadi. Davlat tashqi siyosatida “yumshoq kuch”, “mintaqaviy yetakchilik” va “insonparvarlik diplomatiyasi” kabi tushunchalarni ilgari surdi. Aynan shu yillardan boshlab migratsiya masalasi Turkiya tashqi siyosatining muhim elementi sifatida shakllandi. Migratsiya nafaqat xavfsizlikni ta’minlash vositasi, balki mintaqadagi siyosiy ta’sirni kengaytirish, Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralardagi pozitsiyani mustahkamlash va global miqyosda humanitar yetakchilikni ko‘rsatish quroli sifatida qarala boshlandi. AKP davrida tashqi siyosatda “Komşularla sıfır sorun” (Qo‘shnilar bilan nol muammo) tamoyili ilgari surildi, biroq bu strategiya mintaqadagi murakkab siyosiy jarayonlar fonida barqaror ushlab turilmadi. Aynan Suriya inqirozidan keyin ushbu tamoyil o‘z kuchini yo‘qota boshladi, ammo migratsiya siyosati bir necha barobar ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichdan boshlab Turkiya ilk marotaba migratsiyani tashqi siyosat vositasi sifatida anglab, uning ustidan institutsional va diplomatik nazoratni kuchaytirdi. 2011-yildan keyingi jarayonlar esa bu siyosatning amaliy sinov maydoniga aylandi. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayoni ham migratsiya siyosatida muhim o‘rin tutdi. 2005-yilda rasmiy muzokaralar boshlanganidan so‘ng, Turkiya o‘zining migratsiya qonunchiligini Yevropa standartlariga moslashtirishga kirishdi. Bu esa bir tomondan davlatga xalqaro hamjamiyatda ijobiy imij berayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan Turkiyaning ichki ijtimoiy va siyosiy tizimlarida murakkab 134 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 muvofiqlashtirish jarayonlarini vujudga keltirdi. Natijada, migratsiya masalasi strategik ustuvorlik darajasiga ko‘tarildi
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada Turkiya Respublikasining tashqi siyosatida migratsiya jarayonlarini tartibga solishdagi strategik yondashuvlar va ularning geosiyosiy kontekstdagi ahamiyati o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada Turkiya Respublikasining tashqi siyosatida migratsiya jarayonlarini tartibga solishdagi strategik yondashuvlar va ularning geosiyosiy kontekstdagi ahamiyati o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yevropa Ittifoqi, Turkiya modeli., migratsiya siyosati, Turkiya tashqi siyosati, geosiyosiy strategiya, qochqinlar, insonparvarlik diplomatiyasi, migratsiya, migratsiyani boshqarish, Suriyalik muhojirlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024