К содержанию
РецензированоUZ2025

XORAZM VOHASINING TUPROQ-EKOLOGIK SHAROITI VA UNGA TASIR QILUVCHI OMILLAR

UZBEKISTAN” JURNALI · Xojyozova D.SH. · ПОЧВЕННО-ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ХОРЕЗМСКОГО (University named after Abu Rayhan Beruni, Uzbekistan)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

This article describes the ecological state of the soils of the Khorezm oasis, the changes taking place in it, the impact of erosion processes on their productivity, and measures to combat them. It also analyzes the development of comprehensive measures to increase the productivity of oasis land resources, im’rove the melioration and ecological state, and the processes of salinization. Key words: oasis soils, erosion processes, soil fertility, soil salinity, precipitation, deflation, environmental problems, anthropogenic factors. Kirish. Mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan qishloq xo’jalik sohalaridagi bir qator islohotlar va chora – tadbirlar ham sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanishga, tuproq unumdorligi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishga qaratib kelinmoqda. Shu bilan birga mavjud sug’orish inshootlaridan unumli foydalanish, o’zlashtirilayotgan yerlarni landshaft xususiyatlariga e’tibor berish, almashlab ekish tizimini rivojlantirish, yerning imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olish, melioratsiya hamda agrotexnikani ilmiy asoslangan holda qo’llash, kelajakda sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish lozimligi ta’kidlab kelinmoqda. Xorazm vohasi O’zbekistonning boshqa hududlaridan tabiiy sharoiti va geotizimlarining kenglik bo’ylab mintaqalanishiga mos holda o’zgarishi natijasida landshaft majmualarining xilma – xil bo’lishi bilan ajralib turadi. SHu bilan birga voha hududi qadimdan obikor dexqonchilik yaxshi rivojlangan va tabiati inson xo’jalik faoliyati tufayli kuchli o’zlashtirilganligi bilan xarakterlidir. Aholisi zich joylashgan, tabiiy landshaft komplekslari antropogen omil tahsirida yuqori darajada transformatsiyalashgan mintaqa sifatida boshqa hududlardan yaqqol ajralib turadigan vohaning barcha landshaft komplekslarida qishloq xo’jaligining agroiqtisodiyot va turli sanoat tarmoqlari hamda rekreatsiya tizimlarini rivojlantirish uchun qulay tabiiy geografik sharoit va landshaft komplekslari mavjuddir. Ishning maqsad va vazifalari. Jahonning ilg’or mamlakatlarida dehqonchilik qilinadigan yerlarga antropogen tasir darajasini aniqlash bo’yicha qator ustuvor yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, jumladan rus olimlari tomonidan yer va tuproqlarning ifloslanishi va degradatsiyasiga bog’liq holda atrof – muhitga keltirilgan zararlarni baholash metodikasi takomillashtirilgan 86 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tadqiqotlaridan foydalanib, Xorazm vohasi tuproq-ekologik sharoiti va unumdorligiga eroziya jarayonlarining tahsirini tadqiq etish hamda bu boradagi samarali tajribalarni o’rganish tadqiqot ishining maqsadi sifatida belgilandi. Vohaning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanib borishida tabiiy komponentlarning tasirini aniqlash, Xorazm vohasi tuproq – ekologik holatini o’rganish, tuproq unumdorligiga tasir etayotgan tabiiy va antropogen jarayonlarni ochib berish tadqiqot ishining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Asosiy qism. Xorazm vohasida sug’orma dehqonchilikning tarixi uzoq davrni o’z ichiga olib, o’tgan vaqtlar davomida tuproq qoplamida sezilarli o’zgarishlar vujudga kelgan, tuproq hosil bo’lish jarayoni avtomorf rejimdan yarim gidromorf tuproq hosil bo’lish tomoniga o’tgan. Unga ko’ra vohaning tuproqlari o’ziga xos morfolitogenetik tuzilishga ega ekanligi hamda agrokimyoviy, agrofizikaviy va meliorativ xossa va xususiyatlari bilan ajralib turadi. Vohaning katta qismida yillik yog’in miqdori kam 80 – 90 mm atrofida. Nisbiy namlik miqdori ancha past, harorat nisbatan issiq va quruq bo’lib, bahor va kuzda haroratni isib ketishi natijasida havo bosimi pasayadi. Yilning ayni shu davrida shimoliy garbiy shamollar esadi, shamolning tezligi 20 – 25 m\sek ga yetadi. SHuning uchun vohada shamol eroziyasi kuchli rivojlangan. Vohaning katta maydonida och tusli va sur – qo’ng’ir tuproqlar hamda o’tlar bilan mustahkamlangan qumli cho’l tuproqlari tarkib topgan bo’lib, bunday tuproqlar asosan Qo’shko’pir, SHovot, Yangiariq, Bog’ot, Xazorasp tumanlari hududida katta maydonlarni egallaydi. Bu tuproq tiplarining mexanik tarkibi suv o’tkazuvchan bo’lib, yerning yuza qismida suv to’planmaydi va yuvilib ketishi ancha sust. Yuvilib ketmasligini yana bir sababi relyefi tekislikdan iborat. Lekin, shamol bu tuproqlarni oson changitib, uchirib keta oladi, shu sababli xam bunday hududlarda tuproq eroziyalari yaqqol ko’zga tashlanadi. Eroziyaning oldini olish bo’yicha tashkil etilgan ihotazor va daraxtzorlar maydonining keskin qisqarib borishi eroziya rivojlanishiga keng yo’l ochib bermoqda [3]. Qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan organik o’g’itlardan keng foydalanish bo’yicha kompleks tadbirlarni yetarli darajada amalga oshirilmaganligi natijasida, so’ngi 30 yilda sug’oriladigan tuproqlarda gumus miqdori 10–15 foizga kamayib ketgan, oqibatda ekvivalent hisobida boy berilgan sug’oriladigan ekin yerlari 150 ming gektardan oshib ketmoqda.

Доказательный фрагмент

«This article describes the ecological state of the soils of the Khorezm oasis, the changes taking place in it, the impact of erosion processes on their productivity, and measures to combat them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the ecological state of the soils of the Khorezm oasis, the changes taking place in it, the impact of erosion processes on their productivity, and measures to combat them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oasis soils, erosion processes, soil fertility, soil salinity, ekologik muammolar, tuproq sho’rlanishi, tuproq unumdorligi, eroziya jarayonlari, antropogen omillar., voha tuproqlari, deflyatsiya, yog’in miqdori
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники