Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OQOLTIN TUMANI: TABIATI, AHOLISI VA XO‘JALIGI
UZBEKISTAN” JURNALI · OQOLTIN TUMANI: TABIATI · AHOLISI VA XO‘JALIGI · Sulaymonov Farxod Erkinjon o‘g‘li
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
The article provides a general overview of the nature, population, and economy of the Akaltinsky District in the Syrdarya Region. The main focus is on the natural conditions and resources of the district, population size and distribution, population density, demographic reproduction, MFY (mahallas), as well as changes in the structure of economic sectors. Keywords: district, climate, natural conditions, resources, population, industry, agriculture. 94 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ma’lumki, geografiya fanining o‘ziga xos, betakror, jozibali xususiyati, uning turli miqyosda tadqiqot olib borishga egaligidir. Odatda biz, o‘rganish jarayonida tadqiqot obyekti kichrayib borgan sari uning sotsial, ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va ekologik kabi jihatlarining miqyosi oshib boradi. Bunday tadqiqotlarda bevosita joylarga va undan yanada kichik hududlarga tomon o’rganish tasnifi o’zgara boradi. Bunda murakkablikdan oddiylikka yoki aholiga va uning yashash sharoiti, kundalik turmush darajasini o‘rganishga yaqinlashib boriladi [2]. Demak, tadqiqot obyekti kattalashib borishida uning iqtisodiy-siyosiy ahamiyati yuqori bo‘lsa, hududning kichrayib borishida uning ijtimoiy-iqtisodiy, xususan sotsial va ekologik ahamiyati ortib boradi. Lekin bu ba’zan muhim masala va muammolarga yechimlar ham aniqlash imkoni berish mumkin. Oqoltin tumani -Sirdaryo viloyati tarkibidagi tuman bo`lib 1971-yil 29- avgustda tashkil etilgan. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-gʻarbdan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, janubi-gʻarbdan Doʻstlik tumanlari, janubdan viloyatning Sardoba tumani, shimoli-sharq, janubi-sharqdan Mirzaobod va Mehnatobod tumanlari bilan chegaradosh. Tahlil etilayotgan hudud maydoni 0,56 ming km²ga teng bo`lgan holda, aholisi 2025-yil 1 yanvar holatiga ko`ra, 56 422 kishi yoki viloyat aholisining 6,1 foizi istiqomat qiladi. Oqoltin tumanida 13 ta mahalla fuqarolar yigʻini (Ahillik, Boʻston, Koʻrkam diyor, Andijon, Yangi hayot, Obod, Toshkent, Yangi davr, A.Sirdaryo, Sahovat, Shodlik,) bor (2023). Tuman markazi - Sardoba shaharchasi [4]. Oqoltin tumani hududi relyefi asosan tekislikdan iborat. Shimoliy qismiga tomon pasayib boradi, janubiy qismi Sardoba tumanidan boshlangan tepa- pastliklarni oʻz ichiga oladi. O`rganilayotgan tuman hududida o'rtacha yillik yog'ingarchilik miqdori 200- 300 mm ni tashkil etadi. Yoz oylarida o’rtacha havo harorati +26 +30 gradusgacha va qishda -6 gradusgacha sovib ketishi kuzatilgan. Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha temperatura +14C° gradus. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida -6°, janubida -2°. Qishda havo tez soviydi va temperatura - 30° gacha pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi +27 +29°C gradus qayd etiladi. Yozda ba’zan temperatura +32 +45°C gradusgacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga 95 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 salbiy taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180-220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning tuprogʻini shoʻr bosadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chiqayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Bunday holatni oldini olish maqsadida keyingi yillarda tumanda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Ahyon-ahyonda garmsel esadi. Garmselga qarshi daraxtzorlar barpo qilinmoqda. Bahor oylari ancha seryogʻin ko’rsatkichga ega. Mart, aprel oylarida yillik yogʻinning 70% qismi yogʻadi. Tuproqlari, asosan, och tusli boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan; mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproqlar uchraydi. Yer osti suvining chuqurligi 5-6 metr atrofida. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi, yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak, juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, kavrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt, qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va boshqalar bor. Sardoba suv ombori joylashgan hududga yaqin janubiy-sharqiy qismlarida kuz- qishda havo harorati pasayadi va bahor-yozda harorat ko’tarila boshlaydi, shu sababli suv omborda suv haroratining minimal pasayishi dekabr-yanvar oylari
Доказательный фрагмент
«The article provides a general overview of the nature, population, and economy of the Akaltinsky District in the Syrdarya Region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides a general overview of the nature, population, and economy of the Akaltinsky District in the Syrdarya Region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- district, climate, natural conditions, resources, population, tuman, sanoat, resurslar, aholi, iqlim, tabiiy sharoit, qishloq xo'jaligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014