К содержанию
РецензированоUZ2025

XOTIN – QIZLARNI JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARIGA JALB QILISHNNG AFZALLIKLARI

UZBEKISTAN” JURNALI · AKBAROV AXMATJON · NE’MATJON MAMADJANOV · TOLAMETOV ABDUJALIL ABDUJAPAROVICH

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Maqolada jismoniy tarbiya va sportga xotin-qizlarni jalb qilish, ularning sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan tadqiqot va amaliyotlarni qamrab oladi. Mamlakatning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida, xotin-qizlar uchun jismoniy faollik darajasi aniqlanib, ularni rivojlantirish maqsadida umumiy va maxsus mashqlar, shuningdek, aerobika mashqlari qo‘llanilgan. Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi mashg‘ulotlar natijasida yuqori natijalarga erishilganligi, xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish va ularni jismoniy yetuklikka erishishlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini haqidagi tadqiqot ishlariga yoritilgan. Kalit so‘zlar: jismoniy rivojlanganlik, antropologik ko‘rsatgich, o‘rtacha arifmetik qiymat, dispersion tahlil. Dolzarbligi. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Barcha sohalarda olib borilgan chuqur islohotlar qatorida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda [1,2]. 48 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Respublikamiz aholisining moddiy va ma’naviy hayot darajasi oshib bormoqda, jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy–texnik bazasini mustahkamlash borasidagi sa’y harakatlari amalga oshirilmoqda va yuqori malakali pedagog va murabbiy kadrlar mavjud. Ayniqsa, bolalar va ayollar sportini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz aholisi uchun, jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishlari uchun yoshi, jinsi, kasbi, tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barcha imkoniyatlar mavjud [3]. Xotin-qizlarni jismoniy tarbiyasining maqsadi jismoniy sog‘lomlikni ta’minlash, jismoniy faollikni oshirish, sportga qiziqishni uyg‘otish va jismoniy tarbiya orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tana tuzilishining antropometrik ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, psixologik va emotsional holatini yaxshilash, oilada va jamiyatda ularning ijtimoiy faolligini oshirishda tana tuzilishida bo‘yi, tana vazni qo‘l oyoq uzunligi, ko‘krak qafas kengligi, juda muhim omillardan sanaladi. Ishning dolzarbligi shundan iboratki, xotin-qizlarni jismoniy rivojlanishini oshirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Tadqiqotning maqsadi 30-40 yoshli xotin-qizlarning harakatlanish faolligini oshirish, ularning organizmining funktsional holatini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini amalga oshirish uchun maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish. Tadqiqotniig vazifalari: 1. Xotin-qizlarni jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha mavjud ilmiy uslubiy adabiyotlar materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish. 2. Xotin-qizlar jismoniy tayyorgarligi va funktsional holatini o‘rganiish. 3. 30-40 yoshli tibbiyot hodima xotin-qizlarni jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanganlik darajasiga ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasining ta’siri samaradorligini pedagogik tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqash. Tadqiqot usullari ishning maqsad vazifalariga muvofiq belgilangan holda, mavjud ilmiy va uslubiy adabyotlar materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, pedogogik tajriba, anketa so‘rovnomasi, nazorat testlari o‘tkazish, matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy – uslubiy adabiyotlar va davriy nashriyot materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish 49 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 asosida xotin qizlarning salomatligi darajasi va unga ijobiy ta’sir ko‘rsatish omillarining ayrim tomonlari va strukturasi bo‘yicha mutaxassislarning ilmiy izlanishlari natijalari [8, 11] shuni ko‘rsatadi-ki, birinchidan, amalda qo‘llanib kelayotgan dasturlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘z tuzilish strukturasi bo‘yicha yoki turli xil qurilma va moslamalardan foydalanilganligi sababli juda serharakatchan va bajarailadigan yuklama hajmi keragidan ortiqchaligi, bu holat shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlar davomida boshqa hollardagiga nisbatan qisqaroq vaqt davomida charchab qolishiga yoki zerikishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, zikr etilgan bu ikki omil birgalikda bajariladigan yuklamalarni optimallashtirib, shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlarini maksimal darajada namoyon bo‘lishi ehtimolini ancha pasayishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan. Demak, yangi ya’ni yaratilishi rejalashtirilayotgan bunday dasturlardagi jismoniy yuklamalar hajmini shug‘ullanuvchilarning funktsional holatini hartomonlama va to‘liq hisobga olgan holda ular organizmiga ijobiy ta’sir etishini son jihatdan baholash imkonini beruv

Доказательный фрагмент

«Maqolada jismoniy tarbiya va sportga xotin-qizlarni jalb qilish, ularning sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan tadqiqot va amaliyotlarni qamrab oladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada jismoniy tarbiya va sportga xotin-qizlarni jalb qilish, ularning sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan tadqiqot va amaliyotlarni qamrab oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘rtacha arifmetik qiymat, dispersion tahlil., antropologik ko‘rsatgich, jismoniy rivojlanganlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники