К содержанию
РецензированоRU2025

Respublikamizda dorivor va ziravor o’simliklarni rivojlantirishda erishilgan natijalar

UZBEKISTAN” JURNALI · Yusufaliyeva Aziza Hakimjonovna · in Our Republic · Yusufaliyeva Aziza Hakimjonovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

В настоящее время интерес к лекарственным растениям продолжает расти. Во время глобальной пандемии внимание людей к своему здоровью увеличилось, а также повысилась осведомленность о секретах здоровья. Люди, страдающие от старения и хронических заболеваний, предпочитают природные средства для активации своей иммунной системы. Абсолютная безвредность и польза натуральных средств привели к увеличению инвестиций в научные исследования и резкому росту спроса на лекарственные растения на международных рынках. Ключевые слова: Дикие растения, зафарон, коврак, майчехак, мята, специи, султони. Muammoning dolzarbligi: 2020-yilda dunyo mamlakatlarida dorivor o‘simliklar asosidagi vositalar aylanmasi 100,9 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yillik o‘sish 7,2 % dan iborat bo‘lgan. O‘zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‘simliklarga boy hudud hisoblanib, respublikada tabiiy holda mavjud 4500 turga yaqin yuksak o‘simliklarning 1200 ga yaqini dorivorlik xususiyatiga ega. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivori o‘simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o‘simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko‘paytirish va qayta ishlashni tashkil 69 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 etish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtirish klasterlari tashkil etilib, ular tomonidan moychechak, kovrak, limono‘t, qalampir yalpiz, qizilmiya, zaʼfaron va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ularning faoliyati natijasida o‘tgan 2021-yilda 4 ta xorijiy davlatga 1,7 mln AQSH dollar qiymatidagi dorivor o‘simliklar xom ashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilindi. Bugun sohaga eʼtiborning ortishi hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish natijasida respublikada 100 dan ortiq turdagi dorivor o‘simliklarga rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, ushbu dorivor o‘simliklarning asosiy qismi tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi. Ushbu tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarning xomashyo zahirasi chegaralangan bo‘lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, xomashyo zahirasidan to‘g‘ri foydalanish va ko‘paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun, O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatining ehtiyojlarini dorivor o‘simliklar xomashyosi bilan taʼminlash, mahalliy florani yangi introdutsent o‘simlik turlari bilan boyitish va ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xususan, 2020-yil boshida respublikaning barcha hududlarida jami 11,5 ming ga yer maydonida 27 turdagi dorivor o‘simliklar plantatsiyalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari 162 ta subyektlar tomonidan 15,8 ming ga yetkazilib, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan 45 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklarning 17,3 ming tonna xomashyosi yetishtirildi. Dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarining kengayib borishi va ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan birgalikda sohaning eksport salohiyati kuchaytirilmoqda. 2020-yil yakunida 29 ta xorijiy davlatga 16,0 ming tonnadan ortiq 50,0 mln AQSH dollari qiymatidagi dorivor o‘simliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yil yakuni bilan bu ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilib, dunyoning 37 ta davlatlariga 55 mln dollar qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Eksport geografiyasining AQSH va Yevropa davlatlari hisobiga ortib borishi sohaning imkoniyati katta ekanligidan dalolatdir. Shunigdek, faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar madaniy 70 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 plantatsiyalarini yaratish uchun birlamchi urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish sohaning tub ildizi bo‘lib, bugungi kunda 16 ta subyektlar tomonidan 22 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlari yetishtirilmoqda o‘simliklardan biri ham dorivor, ham ziravor bo‘lgan oziq-ovqat, farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblangan “ziravorlar sultoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘simlik – zaʼfaron bugungi kunda dunyodagi eng qimmat o‘simlik hisoblanadi. Zaʼfaron O‘rta yer dengizi, Yaqin Shar

Доказательный фрагмент

«В настоящее время интерес к лекарственным растениям продолжает расти.»

Образец извлечения

Демо-превью

В настоящее время интерес к лекарственным растениям продолжает расти. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Wild plant, zafaron, kovrak, moychechak, mint, spices, sultoni, yalpiz, O’simlik yovvoyi o’simlik, ziravorlar sultoni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники