К содержанию
РецензированоUZ2026

QUROQCHILIK SAN’ATI VA UNGA INNOVATSION YONDASHUV

Eshqorayev Ulug’bek Choriyevich- TISU · psixologiya kafedrasi · Tel. +. Ucheshkarayev@gmail.com · Jumayeva Sarvinoz Musulmonovna-TISU talabasi

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 12 · 2026

Аннотация

This article presents the process of creating a "Transformer Purse" by skillfully and systematically joining square pieces of fabric of the same shape using the chessboard principle - one of the types of patchwork sewing that is commonly used by women of the Surkhan oasis. Xalqimiz o’zining boy badiiy merosi, yuksak milliy hunarmandchiligi an’analari bilan, nafaqat, O’rta Osiyoda balki, butun dunyoda o’z o’rniga, o’z usuliga ega mamlakatdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bejizga quyidagi fikrlarni tilga olmagan: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo’ladi”. Quroqchilik san’ati ham ana shunday xalq amaliy san’ati turlaridan biri hisoblanadi. Quroqchilik qadimiy tarixga va an’anaga ega. O’zbekiston Milliy 6 Ensiklopediyasi kitobining XI jildida quroq haqida quyidagicha fikr yuritilgan: Quroq- mayda bo’laklardan ulab, to’plab bezak yaratishdir va shu usulda yasalgan bezak buyum ham quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum bezak hosil qiladi. Amaliy san’atda keng tarqalgan: ko’rpa, ko’rpacha, choyshab, so’zana, dasturxon, gilam, yostiq jildi, igna qadagich, choynak yopgich va boshqa jihozlar qadimdan shu usulda tayyorlanib, ajoyib san’at namunalari yaratilgan. Surxon vohasi xotin-qizlari ko’p foydalanadigan quroq turlaridan yana biri- Shaxmat quroqdir. Shaxmat quroq – bir xil shakldagi kvadrat mato parchalarini bir biriga tartib va mahorat bilan birlashtirish natijasida hosil bo’ladigan quroq turi. Albatta, bu quroqda faqat oq va qora ranglardan foydalanilmasada, asos shaxmat taxtasiga qiyoslanadi. Shaxmat quroq nafaqat bizning xalqimizda balki boshqa xalqlarda ham qadimdan mavjud bo’lib, bu quroq turidan foydalanilib dasturxon, ko’rpa, sumka, shuningdek, liboslar ham tikilgan. Bu quroqning tayyorlash jarayoni nisbatan oddiyroq ko’rinsada, aslida alohida mahorat va ziyraklik talab etiladi. Chunki, tayyorlanayotgan ishning muvaffaqiyati ranglarni to’g’ri tanlash va o’z o’rnida foydalanishga bog’liq bo’ladi. Shaxmat quroqda yorqin ranglardan foydalanilishi kishiga quvnoqlik va jo’shqinlik kayfiyatini bersa, neytral ranglarning tanlanishi esa kishiga sokinlik tuyg’usini ulasha oladi. Quroq tikish san’ati xalqimizning nafaqat estetik did sohibi, balki isrofgarchilikka yo’l qo’ymaydigan, tejamkor va san’atga oshno qalb egasi ekanligidan dalolat beradi. Shuni a’lohida ta’kidlab o’tish joizki, xalqimiz yaratgan har bir quroq san’ati asari namunalaridagi belgilar, bezaklar va ramzlar so’zlaydi. Chunki, san’at namunalarining hech bir qismi shunchaki emas, ulardagi har bir detal va ko’rinish xalq turmush tarzi, orzu umidlari va an’analarini o’zida aks ettiradi. Ana shunday misollardan biri ikki xil vazifa bajaruvchi qulay ixcham yengil kamxarj hamyonni taqdim qilmoqchimiz. Eng muhimi mato qoldiqlari va bitta zamok bo’lsa bo’lgani, qolgani esa qo’l mehnatidir. Bu hamyonni nomini “Transformer xamyon” deb nomladik. Uch santimetr qilib ikki xil matoni uzun qilib qirqib olamiz. So’ng’ra birlashtirib bir xil qilib tikamiz. Tayyor bo’lgan birlashma matoni 3 sm dan qilib o’lchab kesib olamiz. Qirqilgan bo’laklarni o’lchamini to’g’irlab bir biriga birlashtiramiz. Shunda oq qizil rang bir birini takrorlab ketma ket keladi bu esa shashka va shaxmat doskasini eslatadi. 4 oq 4 ta qizil katakchalar hosil qilib, enini, so’ngra esa bo’yini yasaymiz. 7 1-rasm. Transformer-xamyonning umumiy ko’rinishi Hosil bo’lgan hamma mato birlashmasini tikib bo’lgach, tagini qattiqroq bo’lishi uchun avval flazilin so’ngra esa hohlagan rangli mato bilan qoplaymiz. Mato chetini chiroyli qilib tekislab, ortiqcha joylarini qirqib tashlaymiz. 2- rasm. Transformer-xamyonning shashka doskasiga aylanishi 8 Keyingi vazifamiz zamok qo’yishdir. Moshinaning maxsus zamok tikadigan tishidan foydalanib, zamogimizni bir xil qilib tikib olamiz. E’tibor berishimiz kerakki, zamokning oxirgi mahkamlanadigan qismi tikilmay ochiq qolishi kerak. Shunda xamyonni shaxmat doskasi ko’rinishida yoyganimizda tekis yoyiladi. Shashka o’ynashda noqulaylik tug’dirmaydi. Dazmol yordamida orqa tomonidan yaxshilab dazmollash tavsiya etiladi. Shashka donalarini mato qoldiqlariga mos qilib tayyorlash mumkin. Avvalo transformer so’ziga bir to’xtalib o’tsak. Transformer so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, turli ma’nolarga ega. Umumiy ma’noda, ,,Bir narsani o’zgartiruvchi yoki boshqa shaklga aylantiruvchi narsa”, degan ma’noni bildiradi. Kvadrat shakl va mato qoldiqlaridan ilxomlanib transformer hamyon yaratildi. Hamyonning hech qanday xarajatsiz yasalishi ayni muddao. Biz kundalik hayotimizda juda ko’plab matolar bilan ishlaymiz. Lekin hammamiz ham mato qoldiqlaridan unumli foydalana olmaymiz. Juda ko’plab san’at asarlari nodir qo’l ishlanmalari yaratish imkoniyati bizning e’tiborimizdan chetda qoladi. Kundali

Доказательный фрагмент

«This article presents the process of creating a "Transformer Purse" by skillfully and systematically joining square pieces of fabric of the same shape using the chessboard principle - one of the types of patchwork sew…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the process of creating a "Transformer Purse" by skillfully and systematically joining square pieces of fabric of the same shape using the chessboard principle - one of the types of patchwork sew… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
havas qilsa, qilsa arziydigan, san ati, arziydigan buyuk, amaliy san, shaxmat quroq, ikki xil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5