Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA MUAMMOLI MASALALAR YECHISHDA.
MASALALAR YECHISHDA.
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026
Аннотация
Bugun Oliy ta’lim tizimida katta islohotlar va yangiliklar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra tabalabalarga har bir fanning mazmunini chuqur singdirish va har bir fan doirasida malakali kadr tayyorlash masalalari ayni ustivor mavzulardan biridir. Ushbu maqolada muallif Oliy ta’lim muassasalarida fizika fanining o‘qitilishi va har tomonalama rivojlantirish, shuningdek, fizikani o‘qitishda induksiya, deduksiya metodlaridan foydalanish haqida batafsil bayon qiladi. Kalit so‘zlar: Oliy ta’lim, ta’lim sifati, induksiya, deduksiya, talaba, texnika va h.k. Kompetensiyaga asoslangan yondashuv talabani shaxsiy maqsadlari va vazifalari bilan ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchisiga aylanadi. Ushbu yondashuv talabani faol, ongli fao-liyatga jalb qilish, axborot, kom-munikativ, ta’lim va bilish qobiliyat-larini, shaxsiy salohiyatini rivoj-lantirish, o‘z-o‘zining qadr-qimmatini shakllantirish, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Talaba qobiliyati uning kompetensiyasi orqali namoyon bo‘ladi. Talaba fazilatlari, motivatsiyasi, qobiliyati kombinatsiyasini quyidagicha vektor shaklida ko‘rsatish mumkin va uning tarkibi, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya to‘plami sifatida tahlil qilinadi. Demak, kompetentlik bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy xususiyatlar yig‘indisidan iborat. Talabalarda kompetensiyalarni shakllantirishni quyidagi uch turga bo‘ladilar: 1. Metapredmet kompetensiyalari (tayanch kompetensiyalar). 2. Predmet-lararo kompetensiyalar. 3. Predmetga oid kompetensiyalar. Metapredmet kompetensiyalar – bu “premetdan oldin”, “predmet ustida” degan ma’noni bildiradi. Buning sababi shundaki, inson jamiyatda muvaffaqiyatli yashashi uchun ma’lum bir turdagi layoqatlarga, qobiliyatlarga, malakalarga ega bo‘lishi kerak. Jumladan, o‘z fikrini ravon tushunarli holda og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olishi, 115 zaruriy axborotlarni izlab topa olishi va undan foydalanishi, jamiyatda faol bo‘lishi, o‘z-o‘zini doimiy rivojlantirishi va h.k. xususiyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar kompetentligi quyidagi uchta yo‘nalishda erishgan natijalariga ko‘ra baholansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) shaxsiy natijalar; 2) tizimli faoliyatiga ko‘ra; 3) o‘quv fanlari bo‘yicha. Bu esa ta’lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida olib borishni taqozo etadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy qilish uchun zarur tizimli ishlarni hal etish lozim bo‘lgan qator masalalar ham mavjud.Talabalarda mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda amaliyotga yo‘naltirilgan “muammoli masala”larni yechish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun fizik bilimlaridan foydalanib, kundalik hayotlarida uchraydigan muammolarni yechish bilan bog‘liq tipik masalarni ajratib olish va ularni yechish metodikasini talabalarga o‘rgatish kerak bo‘ladi. Muammoli masala deyilganda, inson oldiga ma’lum hayotiy vaziyatlarda ko‘p marta qo‘yiladigan maqsad tushuniladi. Insonning kasbiy faoliyatida va maishiy sharoitda fizikadan egallagan bilimlarini qo‘llab yechiladigan muammoli masalalarni quyidagi tiplarga ajratish mumkin:1. Berilgan xossalarga ega bo‘lgan ob’ektlarni hosil qilish. 2. Konkret masalani yechish texnologiyasi (metodi)ni ishlab chiqish. 3. Ob’ekt parametrlarining belgilangan normadan chetlashishini yo‘qotish. 4. Ob’ektni berilgan xossalarini o‘zgartirmasdan saqlash yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish.5. Ob’ektni belgilangan holatda tavsiflovchi fizik parametrlarni topish yoki baholash. 6. Ob’ektning ishlashini, texnologik jarayonni boshqarish. 7. Texnik ob’ektni ekspluatatsiya qilish.Inson kundalik turmushida duch keladigan muammolarda fizikadan egallagan bilimlarini qo‘llab yechadigan muammoli masalalardan ayrimlarini keltiraylik.1. Berilgan xossalarga ega bo‘lgan ob’ektlarni hosil qilish bo‘yicha: 1. Xona o‘simliklari uchun tuproq namligi doimo ma’lum bir me’yorda bo‘lishi kerak. Siz ta’tilga chiqib, dam olish uchun boshqa joyga ketganingizda shu namlikni saqlab turuvchi qurilmaning loyihasini ishlang. 2. Ko‘pgina joylarda elektr energiyasi ta’minotida uzilish bo‘lib turadi. Sovutkichda mahsulotlar buzilmasligi uchun nima qilish mumkin? 3. Kirish eshigini unchalik kuch ishlatmasdan (bolalar uchun) ohista yopiladigan qurilmani o‘ylab toping. 4. Pochta qutisiga gazeta yoki xatlar solinganligi haqida yoqimli ovozda xabar beradigan qurilmani taklif qiling. 2. Masala yechish texnologiyasini ishlab chiqish. 116 1. Ko‘pgina sovutgichlarda muzlatgich qismi qor va muz bilan qalin qoplanib qoladi. Uni tezda muzdan tushirish yo‘lini o‘ylab toping.Ma’lumki, piyoz to‘g‘ralganda ko‘zdan yosh oqadi. Undan qutiladigan metod-larni taklif qiling. 2. Tashqarida yo‘llar muzlagan. Uydan maktab (OTM)ga borib-kelish uchun xavfsizlik metodlarini tavsiya qiling?Uyingizdagi tarozining o‘lchash chegarasi 5 kg. Unda 10 kg li narsani qanday o‘lchash mumkin?Uy ichida og‘ir mebelni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirmoqchisiz. Bunda ishqalanishni kamaytirishning yo‘lini tak
Доказательный фрагмент
«Bugun Oliy ta’lim tizimida katta islohotlar va yangiliklar amalga oshirilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugun Oliy ta’lim tizimida katta islohotlar va yangiliklar amalga oshirilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talaba, deduksiya, texnika va h.k., ta’lim sifati, Oliy ta’lim, induksiya
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021