Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Kadzuo isiguro distopik asarlarida evfemizmlarning badiiy funksiyasi
Сохиба Бегматова (Самаркандский государственный институт иностранных языков)
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 9 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola zamonamizning mashhur adibi Kazuo Ishiguroning distopik romanlarida evfemizmlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi yozuvchining ushbu badiiy usuldan qanday foydalanganini tahlil qilish hamda evfemizmlarning asarlardagi o‘rni vabadiiy funksiyasini o‘rganishdan iborat. Kalit so‘zlar: Kadzuo Isiguro, evfemizmlar, syujet, distopiya, umumbashariy mavzular, salbiyvoqelik,ijobiy ma’no. Yozuvchining mahorati so‘zlarga jon baxsh etadi. Shuni unutmaslik joizki, so‘z o‘z o‘rnida ishlatilsagina so‘zning “yuragi” ura boshlaydi. Birgina kerakli o‘rinda ishlatilgan so‘z voqeani, qahramonning ichki olamini jonlantirib yuboradi. Yozuvchi hayotni xarakterlar va manzaralar vositasida aks ettirar ekan, jonli xalq tili boyliklaridan ham, adabiy til normalaridan ham keng foydalanadi. Yozuvchi asarning mavzusi, voqealarning mohiyati va personajlarning xarakteriga qarab, so‘z va iboralar tanlaydi, gap qurilishi usullaridan, dialektlardan, inversiya, arxaizm, neologizm, jargon va boshqa leksik resurslardan foydalanadi56. Darhaqiqat, yozuvchi o‘z asari shakllanib, adog‘iga yetgunga qadar qahramonlari dunyosi bilan yashaydi va ularning o‘y-xayollarini kitobxonga yetkazish uchun zargarona mohirlik bilan so‘zlarni saralaydi. Tadqiqot davomida Kadzuo Isiguro asarlarida evfemizmlarning mahorat bilan qo‘llanilishi aniqlandi. Tadqiqotning ushbu qismida adibning distopik asarlarida evfemizmlarning qo‘llanilishi va ularning asar jozibadorligini ta’minlashidagi vazifasi haqida so‘zyuritiladi. Shvetsiyalik tadqiqotchi Gabriyella Griffin e’tiroficha, “Kadzuo Isiguroning “Meni qo‘yib yuborma” asari ilmiy aralashuvlar yoki tibbiy muolajalar haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etishga e’tibor qaratmaydi. Asarda kitobxon e’tiborini ilmiy jarayonga jalb qiladigan laboratoriyalar, oq xalatli shifokorlar yoki tibbiyotga doir tasvirlar tafsilotlari yo‘q. Ilmiy amaliyotni amalga oshirish sifatida fan bilan shug‘ullanmaydi, lekin bir jihat borki, muallif ko‘taradigan muammolar jarayon sifatida emas, balki ta’sir sifatida ushbu amaliyot bilan chambarchas bog‘liq57”. “Meni qo‘yib yuborma” romanida ilmiy fantastika yoki distopiya asarlarida keng qo‘llaniladigan, o‘z ilmiyligiga ishora qilish uchun ixtiro qilingan maxsus lug‘atdan yoki neologizmlardan foydalanilmaydi. Bu esa atrof-muhit, ilm-fan o‘zgarishlarini aniqlaydigan mutaxassis bilimlarini, jarayonlarni ifodalovchi neologizmlardan voz kechishga sabab bo‘lgan. Adib distopik asarlarida har qanday salbiy ma’noni anglatuvchi so‘z va holat uchunmaxsus“yumshoq so‘zlar”lug‘atidan foydalangan. Adabiyotshunoslikda “Evfemik ma’no anglashilgan so‘zlar va iboralar adabiyotning qadim adiblari, jumladan, Demokrit, Arastu va Aflotun davrida ham qiziqish uyg‘otgan”58, degan muhim qarash bor. Lekin N. Potapova: “Evfemizmlar dastlab XII-XV asrlarda ingliz tilida paydo bo‘ldi va so‘ngra fransuz madaniyatiga ko‘chdi. Bu hodisalar o‘z navbatida tilda aks-sado berdi”59, degan ilmiy qarashni ilgari suradi. So‘zlarga qo‘shimcha ohang berish, ularni sayqallash o‘quvchiga asar obrazlarini talqin qilishda va ularning ruhiyatini 56БобоевТ.Адабиётшуносликасослари.–Т.:Ўзбекистон,2002.– Б.158. 57 Gabriele G. Science and the Cultural Imaginary: the Case of Kazuo Ishigoro`s Never Let Me Go. Textual Practice23(4),2009.,653.https://doi.org/10.1080/09502360903000570) 58Античнаятеорияязыкознанияистиля.Под.Ред.О.М.Фрейденберга.–СПБ.Питер,1996. 59ПотаповаН.М.Краткийобзорнекотроыхисследованиеэвфемизмов.Язык,сознание,коммуникация.–№ 34.–М.,2007.– C.28. Samarkand State Institute of Foreign Languages 654 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI kashf qilishda yordam beradi. Zero, adabiyotshunos olim Bahodir Karim e’tirof etganidek, badiiy ijodda topilgan va o‘rnida ishlatilgan bitta noyob so‘zning quvvati ham yozuvchi mahoratidan darak beradi60. Evfemizm atamasi grek tilidan olingan bo‘lib, ko‘pchilik mualliflar fikriga ko‘ra, noo‘rin birlikning o‘rinli birlikka almashinuvi sifatida qaraladi61. Evfemizm hodisasini o‘rgana turib, albatta, uning kelib chiqishi bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy muhitni inobatga olishkerak62. Tadqiqotchi Virdjiniya Yeng o‘zining “Kadzuo Isiguroning “Meni qo‘yib yuborma” romanida o‘lim va xotira” nomli ilmiy maqolasida adibning asardagi evfemizmlarni qo‘llash madaniyatiga izoh berar ekan, jumladan, shunday deydi: “Kadzuo Isiguroning ushbu romanida evfemizmlar ikki yirik vazifani bajaradi: ular, avvalo, klonlash korxonasini niqoblash uchun, qolaversa, o‘lim bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda, insonlarning o‘lim va unga bog‘liq tushunchalar haqida so‘zlash tarzini aks ettirib, asarda o‘lim, vafot etish g‘oyalarini ifodalash uchun ijobiy, jarangdor so‘zlarni qo‘llaydi ”63. Darhaqiqat, “Meni qo‘yib yuborma” asarida ilmiy uslubga xos so‘zlarning qo‘llanilishi kuzatilmaydi. Vaholangki, biz bilgan va o‘qigan distopik adabiyotlarda ilmiy til bilan birgalikda neologizmlar ham qo‘llanilganligining k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola zamonamizning mashhur adibi Kazuo Ishiguroning distopik romanlarida evfemizmlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola zamonamizning mashhur adibi Kazuo Ishiguroning distopik romanlarida evfemizmlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- umumbashariy mavzular, syujet, Kadzuo Isiguro, salbiy voqelik, Кадзуо Исигуро, plot, эвфемизмы, позитивный смысл., общечеловеческие темы, euphemisms, positive meaning., universal themes, антиутопия, dystopia, негативная реальность, Kazuo Ishiguro, evfemizmlar, ijobiy ma’no., negative reality, distopiya, сюжет
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025